Milodiy asr boshlaridan – aholi sonining ko’payishi xo’jalikda dehqonchilikning ahamiya-tini oshiradi.
Milodiy IV asrdan – bahorgi va kuzgi bug’doy o’rniga dukkakli ekinlar ekish yo’lga qo’yildi.
IV asrda – mulkiy tengsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag’allarga ajrala boshladi.
IV-V asrlardan – germanlar keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqiga birlasha boshlagan.
V asr boshlarida – Pireney yarimoroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati – Vestgot qirolligi tashkil topgan.
V asr o’rtalarida – yutlar Kent viloyatini bosib oldi.
486-yilda – Xlodvig franklar davlatiga asos soldi.
VI asr boshlarida – Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtiradi.
VI asr o’rtalarida – Vizantiyaga slavyan qabilalari kelib o’rnasha boshladi.
VI asr oxiridan – franklarning chek yerlari allodga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |