8-sinf Davlat va huquq asoslari 1- variant
1. . Davlat boshqaruv shakliga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A.Demokratiya va nodemokratiya
B.Unitar va federativ
C.Monarxiya va respublika
D.Federativ va anarxiya
2. ’’Respublika’’ so’zining ma’nosi?
A.Umumiy ish B.Xalq hokimyati C.Uyushma D.Birlashma
3. Davlat tuzilish jihatdan qanday turlarga bo’linadi?
A.Oddiy va murakkab B.Tarqoq va uyushgan C.Federativ va konfedrativ D.Parlamentar va konstitutsiyaviy
4. Komil fuqarolardan,axloqiy,huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat nima deyiladi?
A.Odil jamiyat B.Konstitutsiyaviy jamiyat
C.Fuqarolik jamiyati D.Adolatli jamiyat
5. Muayyan hududda yashovchi,o’z ehtiyoj va manfaatlariga ko’ra birlashgan kishilar jamoasi nima deyiladi?
A.Jamiyat B.Birlashma C.Uyushma D.Ittifoq
6. .”Konfederatsiya so’zining ma’nosi nima?
A.Murakkab B.Oddiy C.Ittifoq D.Umumiy
7. Davlat huquqqa bo’lgan munosabatiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A.Qonuniy,noqonuniy B.Demokratik, g’ayridemokratik
C.Qonun chiqaruvchi , ijro etuvchi D.Huquqiy,etatik
8. .”Prezident” so’zining ma’nosi?
A.Davlat boshlig’I B.Oldinda o’tiruvchi C.Yo’l ko’rsatuvchi D.Amaldor
9. Qonunchilik palatasi va Senatning muddati necha yil?
A.2 yil B.3 yil C.5yil D.4yil
10. Hokimyatning bo’linishi nima?
A) Odil sudlov va prokuratura organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi;
B) Ma’muriy va huquqni muhofaza qilish organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi;
S) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud organlari vakolatlarining ajratib qo’yilganligi;
D) Oliy va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining ajratib qo’yilganligi;
11. Qaysi javobda “huquq”ning to’g’ri ta’rifi berilgan?
A) Davlat tomonidan belgilangan yoki maqullangan va uning majburlrov kuchi bilan ta’minlangan, barcha uchun majburiy hulq-atvor normalari tizimi;
B) Yuridik normalar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar tizimi, odamlarning xaqiqiy (real) hulq atvori;
S) Hukumron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan va mazmuni jamiyat hayotining moddiy sharoitlari bilan belgilanadigan irodasi;
D) Odamlarning o’z huquq va burchlariga psixologik munosabati;
12.O’zbekiston davlatining tashqi funksiyalarini aniqlang?
A)Tashqi iqtisodiy aloqalar,mamlakat mudofasi,diplomatik aloqalar.
B)Nufuzli halqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish
S)CHet el sarmoyalariga yo’l ochish,tashqi siyosiy aloqalar
D)Mamlakat mudofasini rivojlantirish .
13. Konfederatsiya nima?
A) Suverenitetga ega bo’lgan, ichki va tashqi ishlarda mustaqil sub’ekt hisoblangan muayyan maqsad uchun birlashgan, davlatlar ittifoqi;
B) Oliy hokimiyat organlari orqali shakllantiriladigan davlat;
S) Muayyan suverenitetga ega bo’lgan, siyosiy tuzilmalarga asoslangan davlat
yoki milliy davlat tuzilishining shakli; D) Boshlig’i bu amalni meros qilib olgan davlat.
14. O’zbekistonda qaysi organ davlat hokimiyatining oliy vakillik organi hisoblanadi?
A) Prezident; B) Oliy Majlis; S) Oliy sud; D) Vazirlar Mahkamasi.
15. Qaysi organ odil sudlovni amalga oshiradi?
A) Notarial; B) Sud; S) Prokuratura; D) Advokatura.
16. Unitar davlat belgilarini ayting?
A) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatining ikki tizimi;
B) Asosiy tashqi siyosiy faoliyatni federatsiya organlari amalga oshiradi.
S) Bitta konstitutsiya, davlat hokimiyati va qonun chiqaruvchi organlarning bir tizimi; yagona moliya va soliq tizimi, yagona qurolli kuchlar;
D) Yagona qurolli kuchlar, yagona moliya, soliq va pul tizimlari;
17. Forobiy shahar-davlatni qanday davlatlarga bo'ladi?
A) Fozil va johil; B) Adolatli va adolatsiz;
S) Baxtli va baxtsiz; D) Fozil va maqsadga muvofiq emas;
18. Quyidagilardan huquq tarmoqlarini aniqlang.
A) Ma'muriy, fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat; B) Davlat, ma'muriy, mehnat qilish, dam olish, oila;
S) Ma'muriy, dam olish, jinoyat, oila, fuqarolik; D) Davlat, saylash, saylanish, oila, mehnat, jinoyat ;
19. Fuqarolik huquqiy layoqat nima?
A) Yashash, mol-mulkka ega bo'lish huquqi; B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bo'lish;
S) Yashash, fikrlash huquqi; D) Sud, tergov organlarida javobgar bo'lish;
20. Fuqarolik muomala layoqati nima?
A) Harakatlari bilan huquqiy munosabatda bo'lish; B) O'z harakatlari orqali oldi-sotdi ishlarni bajarish;
S) O'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish;
D) O'z harakatlari asosida u yoki bu ishni bajarish;
21. .“Davlat va jamiyatning qonuniy manfaaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart” – ushbu so’zlar konstitusiyaning nechanchi moddasida mustahkamlangan?
A) 15-modda B) 16-modda C) 14-modda D) 20-modda
22. Quyidagilardan qaysi biri davlatning ichki fuksiyalariga kiradi:
1. fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash; 2. aholining ijtimoiy himoyasi; 3. tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash; 4. mamlakatda siyosiy sohadagi rivojlanishini ta’minlash; 5. tashqi xavf xatardan mudofaa; 6. mulkchilik asoslarini himoyalash;
A) 1,2,3 B) 3,5,6 C) 2,4,6 D) 1,2,6
23. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalshgan davlatlar Qadimgi SHarqda qaysi davga to’g’ri keladi?
A) mil. avv. IV-III asrlar B) mil. avv. I ming yilliklar
C) mil. avv. VII-VI asrlar D) mil. avv. IV-III ming yilliklar
24. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti konstitutsiyaga muvofiq Respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan nimalar chiqaradi?
A) Qonun, qaror,farmon B) Qaror, farmon, farmoyish C) qaror, buyruq, farmoyish D)qonun,qaror, farmoyish
25. Davlat funksiyasi nima?
A) Davlat organlarining normativ huquqiy hujjatlar chiqarishga doir faoliyati
B) Davlat faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib, ularda davlatningmijtimoiy jihatlari ro’yobga chiqariladi
C) Davlatnig o’z fuqarolari huquqlarini kafolatni amalga oshirishga doir faoliyati
D) davlat organlarining qonun ustunligini ta’minlashga doir faoliyati
26. Amir Temur davlatida amaldorlar sudi qanday qozi deb atalgan?
A) Xizmatchilar qozisi B) Islom qozisi C) Aholi qozisi D)Lashkar qozisi
27. Abu Ali ibn Sinoning yashab o’tkan yillari?
A)988-1048 B) 980-1037 C) 873-910 D) 987-1030
28. Quyidagilardan huquqiy davlat belgilarini aniqlang;
1. qonun o’rnini ko’pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi; 2. inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi; 3. hokimiyatning qonuniyligi 4. davlat va fuqaroning bir-biri oldida o’zaro ma’suliyati; 5.davlat organlari va mansabdor hsaxslariga haddan tashqari ko’p vakolatlar berildi
A) 1, 3 5 B) 2, 5 ,4 C) 2,3,4 D) 1,4,5
29. O’zbekiston Respublikasining qaysi moddalari Oliy Majlis haqidagi moddalarni o’z ichiga oladi?
A) 76- 86 moddalar B) 56- 68 moddalar C) 76-88 moddalar D) 89-99 moddalar
30. O`zbekiston Respublikasining eng oily qonun chiqaruvchi davlat organi qaysi biri hisoblanadi?
A) Prezident B) Oliy Sud C) Oliy Majis D) Vazirlar Mahkamasi
Do'stlaringiz bilan baham: |