6-seminar pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar


IJTIMOIY TARBIYANING RIVOJLANISHI



Download 36,15 Kb.
bet5/6
Sana01.01.2022
Hajmi36,15 Kb.
#299229
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-SEMINAR

2.2. IJTIMOIY TARBIYANING RIVOJLANISHI.

Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy xodisa bo‘lib, keyin xulkni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy kismlar-axloqiy ong axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yigindisidir. Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofik; takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bulishi bilan vujudga keldi, tarakkiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘z garib bordi. A.Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan shunday degan edi: tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo sadokat, yo falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu alayxu vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadir, muruvvati aklidandir, nasabi axloqdandir, -demishlar». Ma’lumki inson butun umri mobaynida o‘zgarib. rivojlanib boradi. Lekin bolalik, usmirlik va uspirinlik davridagi usish nixoyatda kuchish kechadi. Bola mana shu ylllar mobaynida ham jismoniy ham ruxiy jihatdan usishi va o‘z garishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofik ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham L .I.Bojovich odam shaxs bulishi uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o‘z ini bir butun inson deb xis qilmogi o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan fark qilmogi kerak degan edi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan o‘z ini mijozi fe’l- atvori. qobiliyati, aqliy rivojlashga darajasi, ehtiyoj va ko‘rsatishlari bilan fark, qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruxiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi talim-tarbiya chukkisiga erishtandan sung. inson shaxs sifatida o‘z ini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atrof muhitda run berayotgan vokea va xodisalarga nisbatan o‘z nuktai nazarga ham ega bulmogi kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farklantiradigan belgilardir. Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrogi har bir xodamning mexnatga. kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshklardan ajratib turadi. Shaxs xaqida gapirilganda tabiiy xolatda shunday savol tugiladi. Har qanday odam shaxs bula oladimi Shaxs bulishi uchun nimalar qilish kerakq Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning Sotsial mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo. ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning Ko‘p yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga kuyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, kuyidan yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi xolatga utish, yangilanish yangining paydo bulishi va eskining ulib borishi, mikdor o‘z garishning sifat o‘z garishga olib keluvchi murakkab harakat jarayoni deb karaydilar. Zero, hayot krnunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai karama-karshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Insonning munosabatlar doirasiga nafakat o‘z ga kishilar bilan alokasi, balki tabiatga, jamiyatga , hayotga, mexnatta bo‘lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘z ining qobiliyatlarini, aklini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o‘z xaqidagi Vataniga, umuman butun borlikdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar fakat tarbiyaning maxsuli bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiyaning natijasi deb qarash mumkin. Shaxsini rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun avvalo uning halkiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi urganmok lozim. Buninguchun turli munosabatlar doirasiga kuyib ko‘z atish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulki ma’naviy kiyofasi, insoniy fazilatlar ruyobga chikadi. «Har bir inson, degan edi Farobiy; o‘z tabiati bilan shunday to‘z ilganki. u yashash va yuksak yetuklikka erishmok, uchun Ko‘p narsalarga maqsad bo‘ladi, u bir o‘z i bunday narsalarni kulga kirita olmaydi va ularga ega bulish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugiladi. Xu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘z aro yordamlashuvchi Ko‘p insonlarning birlashuvi orkaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuv mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning usish va rivojlanish konuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir. Bolalarga shaxsiy farkni ularning ruxiy xolatining turlicha namoyon bulishini, xulki va qarashlaridagi farkni kaysi omil belgilaydi degan tabiiy savol tutiladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi kaysi, biri yetakchi rol uynaydi degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu; savolga turli tarixiy lavrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. Hozirgi kunda ham bu

masalaga turli nuktai nazarlar bildirilmokda. Ochikrogi, fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va Sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasiga munozara Ko‘p asrlardan beri davom etib kelmokda. Ko‘p asirlik mazkur munozara zamirila ikki bir-biriga karama qarshi nuktai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol uynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy vokealar tarbiyaning muhim omil ekanligini takidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha odam bolasining rivojlanishi tugma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa usish va tabiiy tugma xususiyatlarning mikdoriy o‘z garishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona adjida avlod-ajdodlaridan tugma utgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chikadi. Bu nuk;tai nazar namoyonlalari tarbiyaning rolini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo‘nalish deb atatadi. Bu Gtunalishning dastlabki namoyondalari kadimgi yunon olim va faylasuflari Aristotsl, Platon, Sukrot va Demokratlarning pedagogik qarashlarida o‘z aksini topib. ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan xukmron bulishga. biri kambakal, biri boy bo‘lib yashashga va bunda itoat etib. bu olloxning irodasi deb sabr-tokat qilishga da’vat etilgan. Takdir. tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan. Rizk-ro‘z ini. umrini ulchab bsrgan. Shu jumladan insonning kelajakda qanday inson bulishi ham ularning nasliy sifatlariga ko‘p jihatdan boklik, deb kursatganlar. Aytish joizki, xuddi shunga yakin nuktai-nazarni XVI asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» okimi namoendatarining fikrlarida x;am uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar utgan bulsa, fakat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini chegaralab kuyishadi. Inson shaxsi va uning. xulk-atvorning rivojlanishrxa naslning rolini yuksak baholagan yana bir okdm «bixeviorizm» bo‘lib, u XX asr’ning boshlarida keng tarkaldi. Bu okimning ko‘z ga ko‘ringan yirik namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulk-atvori mexaniq stimullari organizmda bevosita tugdiradigan Ko‘plab kulinadigan mexaniq mashklar bilan mustahkamlanadigan sof tashki reaktsiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari. shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, guyo odamning «ko‘z i, tishlari va barmoklari kabi aqliy qobiliyati tabiatan berilgandir Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tutma utib boradi va shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pelagogikasining atokdi vaqili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb izoxlaydilar. Ular rivojlanishni fakat mikdoriy o‘z garishdan iborat deb kursatadilar. Odam nima bilan tugilgan bulsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashkaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darxaqikat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib. tarakkiy etib borishini uta murakkab va karama-qarshi jarayon deb bilali. Uning shaxs sifatida shakllanishida nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham o‘z xoli va o‘z o‘rni bilan muhim rol uynaydi. Bu har uchala omilning kaysi biri yetakchi ekanligini pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz tuplagan tajribalarga suyangan holda ilmiy nuktai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxs ma’lum ijimoiy to‘z ilgana maxsuli. Uning mohiyatini ijimoiy muosabatlarning tashil etadi u yashayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit belgilaydi. shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy ham salbiy ko‘rsatishi mumkin. Zero, odam ota-bobolar tajribasini urganadi, shaxe sifatida rivojlanib boradi, urgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida qo‘llaydilar.. Ana shu yashayotgan sharoit va mexnat qilayotgan sharoit unga bulayotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi, Demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘z i o‘rtasidagi murakkab alokd ta’siri ostida ruy beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yul bilan hayotini o‘z tabatini o‘z gartiradi. Pedagogik va psixologik okimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish bilan birga muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baho berishadi.

Zotan shaxsning kamolga yetishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga o‘z garmas xususiyatlargina o‘tadi deb tushunmaslik o‘zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik kerak. Tarixiy tarakkiyot jarayonid odamning anatomik belgilari. o‘z garishlari avloddan-avlodga mustahkamlanib borishi nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular insonlar orasida yashashi, aloka qilishi muhim rol uynashini unutmaslik lozim. Agar bolada tugma layokatlar bulsayu, lekin, uni ustirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bulmas ekan inson bo‘lib tugilishning xojati ham yukdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola o‘z layokatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shugullansa, layokat erga ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur sharoig bulmasa bor qobiliyat ham yuk bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday nuktai nazar inson layokatining namoyon bulishi va koobiliyat sifatida rivojlanishi tula-tukis hayot sharoitiga bog‘liq. ekanligini kursatadi. Odam bolasidagi krbiliyat ko‘rtaklarining rivojlanishi. avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. Yana shu narsani ham aytib utish kerakki. sharoit kulay va nokulay bulishi ham mumkin. Butun jaxonga ma’lum va mashxur o‘rta osiyoning buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri xandasa, biri muxandis, biri faylasuf bo‘lib tugilmagan, balki, ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti kolaversa oila muhiti ularning mana shunday insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal va vokelik, axloqiy xaqikat burch va borlik, axloqiy hayotda ob’ektivlik va sub’ektivlikning o‘z aro munosabati, bilish va kadr qimmat singari axloqiy sifatlarning uta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chikishida asosiy turtki bo‘ladi. O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari kadr-qimmati. insoniylik yangi va yuksak boskichga kutarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil Xaqdi ravishda tarbiyada inson kadr-qimmatining buyukligi xaqida gapirib shunday deydi; - «Xazrati insonnnng xurmat-yextiromga sazovor ekanligini tan olmagan har knm mal’undir». Darxaqikat bunday insonlar kadriyatlarimiz daxrsi bulishi inom Buxoriy, Farobiy, Axmad Yassaviy, Yusuf Xos xojib, Sufi Olloyor, Abu Rayxon Beruniy, Abu ali ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy Sxeroziy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur. Mirzo Ulugbek, Mirzo Bedil, Axmad Donish va boshqa Ko‘pgina mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat xaqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib olish bugungi kun talabidagi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.


XULOSA

Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etittg va hal qilish, ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug‘ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yo‘qotganlar masalalarini o‘rganadi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish bilan birga, fohishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish ishlariga e’tibor qaratadi. Ijtimoiy «autsayderlar», ya’ni qariyalar, nogironlar, yolg‘iz yashovchilar, iqtisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta’sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi. Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa o‘kuv muassasalarida amalga oshadi.

Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o‘rganish hisoblanadi.

Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi.

  1. Bola (o‘smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o‘rgatib, o‘zaro tushunish hissini uygotish;

  2. Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo‘yish, odamlar bilan muloqot qilishni o‘rganish va hayotda o‘z maqsad va mazmunini aniqtash yo‘llarini ko‘rsatish;

  3. Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;

  4. O‘z sha’ni, mustaqilligi va o‘ziga ishonch kabi tuyg‘ularni rivojlantirish;

  5. Bola (o‘smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruxdarda odamlar bilan muloqot o‘rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu o‘rinda ijtimoiy pedagogdan o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. Shuningdek, bolaga uni o‘rab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy xuquqiy me’yorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni o‘rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu kabi amaliy vazifalarni qiskdcha tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: yaxshilik qilishga o‘rgatish, o‘z hayotini qurishda ko‘maklashish, bilimga qiziqishini orttirish, o‘z individualligini rivojlantirishga imkon yaratib, qobiliyati va layoqatipi takomil- lashtirish.

Ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning o‘zligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, o‘z hayotiga mas’ul bo‘lish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qo‘llab- quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsif- lanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati — xavf ostida qolgan odamga madad qo‘lini cho‘zish, oila va bolaga o‘z hayot yo‘lini topishda ko‘maklashish, o‘z qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shu- ningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar o‘rnatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazi- falaridan biridir. Ma’naviy-ma’rifiy muassasalarning ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etittg, ularning faoliyatidan unumli foydalanish milliy istiqlol goyasi va mafkurasini fuqarolar ongiga singdirishning muhim omilidir. Bunda tashkilotlarda va joylarda milliy g‘oyaga bag‘ishlangan davra suhbatlari, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar uyushtirish kabi ommaviy tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi. Shuningdek, «Kamolot», «Ustoz», «Mahalla», «Ulugbek» kabi jamg‘armalarda yoshlarimizning g‘oyaviy tarbiyasiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini pedagogik vositalar va usullar orqali kuchaytirish lozim. Bu esa diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, vahobiychilik kabi siyosiy-ijtimoiy pedagogik muammolarning oldini oligsda ko‘l keladi.



Demak, jamiyatda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning zamirida har bir fuqaroning manfaatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy pedagogik faoliyat sifatida ma’naviy-mafkuraviy targibot ishlarini olib borish, ya’ni milliy goya prinsiplarini aholi o‘rtasida targibot qilish yotadi.

Bu hakda Prezident IAKarimov «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: «...chukur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tue olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachomgidam kura muhim ahamshgg kasb etmoqda1».

Ijtimoiy pedagogika ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning alohvda sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o‘rtasida milliy istikdol goyalarini targibot -tashviqogini keng olib borish imkoniyatini beradi.


Download 36,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish