II.BOB. O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAOGIKA FANINI O‘QITISH.
2.1. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi.
Fuqarolar o‘z konstitustiyaviy xuquqlariga, konkret tabiiy, iktisodiy, ijtimoiy–tarixiy, milliy ma’naviy–madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga tula rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan utgan har bir odam–shaxs sifatida shakllanadi.
Ijtimoiy vazifalarni bajarish layokatiga ega bo‘lgan, o‘z ining kizikishi, qobiliyatini ijodiy namoish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavkega erishadi.
Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir–biriga juda yakin, bu yakinlik vazifasiga kura, mazmuniga kura va ish metodiga ko‘ra yuz beradi, ular xech qachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish kismida ta’kidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo‘lgan, bor va bo‘ladi. Bu xavf–xatarini bartaraf etish uchun ma’naviy–ma’rifiy faoliyatni yangi boskichga kutarish, milliy istiklol g‘oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish: differenstiastiyalashgan psixologik–pedagogik dasto‘rni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘kitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini o‘zviy ravishda ko‘shish, ya’ni ma’naviy–mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yulga kuyishda xaqikiy jushkinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri-soha ob’ekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga kaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob’ekti ijtimoiylashtirishga maqsad bo‘lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy,psixik tomondan bo‘z ilishga yul kuyiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga maqsaddir. Ijtimoiy pedagog -fakat o‘qituvchi emas, bola qanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.shuning uchun xaqikiy pedagog fakat o‘z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bulishi muhim ahamiyatga ega.
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob’ekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga–bo‘yinning o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mO‘shak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruhiy o‘zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi–bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o‘laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, halqningt ravnaqi yo‘lida og‘ishsmay, e’tiqod bilan xizmat ilish, imonli bo‘lishi, insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Fan faoliyatinipg bir sohasi u yangi ob’ektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Inson rivojlanishi juda kiyin protsess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashki va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Tashki faktorlarga: Insoni urab turgan tabbiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga karatilgan maqsadli yunaltirilgan faoliyat kiradi. Ichki faktorlar:biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga tasir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi protsessida turli faoliyatlarga duch keladi: uyin ukish, mexnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan mulokotda bo‘ladi ota-onasi, aka ukasi, karindoshlari dustlari va boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan mulokotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko‘nikmalar xosil bula boshlaydi.Bolaning normal rivojlanishi uchun mulokotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global, ekologik faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib kur, sakov ya’ni nuksonli bolalarning Ko‘payishi ko‘z atilmokda Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat bo‘z ilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmokda. Lekin bolani ijtimoiylashtirishda protssssida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiyy faktorlarga: Mikro faktorlar makro faktorlar,mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir Bolaga eng yakin bo‘lgan sotsiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil tugaraklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga utib yurishi mumkin.U fakatgina bu sotsiumdan o‘ziga mos keladigan kulay sharoitni kidiradi va shu kidirish natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi,bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bulishi mumkin. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy makom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi.Ijtimoiy makom tugma,orttirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |