6. Qonunning amalda bajarilishi uchun tegishli qonunosti hujjatlarini mazmunini tushuntirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari



Download 25,59 Kb.
bet2/7
Sana09.09.2021
Hajmi25,59 Kb.
#169608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdullayev Mirzohid Alijon o'g'li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar,

  • davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari,

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari

    1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga binoan,

    “O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarishi belgilangan ushbu qoida Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risidagi qonunning 10-moddasida ham o`z ifodasini topgan. O‘zbekiston Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida respublika hududida majburiy tarzda amal qiluvchi farmonlar chiqaradi. Prezidentning davlat mexanizmida tutgan qat’iy o‘rni uning farmonlarini normativ-huquqiy hujjatlar tizimida egallaydigan mavqeini, rolini belgilab beradi. Prezident farmonlari huquqiy tizimdagi nufuzli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir. An’anaga ko‘ra, farmon yuridik kuchi va ahamiyati jihatidan qonundan keyingi o‘rinda turadi. Biroq, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi davlat va siyosiy tizimimizga joriy etilgan hozirgi sharoitda farmonni oddiygina “qonunosti akti” deb tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bunday eskicha talqinni tark etish kerak2. Farmon Prezidentning

    Konstitutsiyada belgilangan o‘z vakolatlarini amalga oshirishning huquqiy vositasidir. Shu bois uni “qonunosti akti” emas, balki “konstitutsiyaviy darajadagi huquqiy akt” deb ham atash mumkin. Uning qonun bilan munosabatiga kelganda shuni aytish lozimki, Prezident vakolatiga taalluqli masala bo‘yicha chiqarilgan farmonni qonun bilan ham bekor qilish yoki boshqacha hal etish mumkin emas. Masalan, Prezident farmoni bilan tayinlangan Bosh prokuror yoki vazirni hech bir qonun bilan vazifasidan ozod etib bo‘lmaydi. Bunday lavozimlarga hatto qonun bilan ham biror shaxsni tayinlab bo‘lmaydi. Bordiyu, shunday qilingan taqdirda mazkur qonun Konstitutsiyaga zid bo‘lib, yuridik kuchga ega bo‘lmaydi, chunki bu Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlariga daxl qilish bo‘ladi. Va aksincha,

    Konstitutsiyada qonun bilan tartibga solinishi ko‘zda tutilgan masala bo‘yicha farmon chiqarish mumkin emas. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining qat’iy talabi ana shunday. Farmonlar, umumiy qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga muvofiq va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida chiqariladi. Masalan, hozirgi pandemiya davrida aholining daromadini bir metorda ushlab turish, ularning harid quvvatini oshirish hamda oziq ovqat mahsulotlarining narxini keskin ko`tarilishini oldini olish maqsadida ko`plab prezident farmonlari chiqdi.

    Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi

    “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son3, bundan tashqari 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-son4 farmonlariga muvofiq aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha choratadbirlar amalga oshirildi hamda bu ishlar amalga oshirilmoqda. To`g`ri farmonning o`rniga qonun chiqarilsa ham bo`lar edi. Lekin qonun chiqarish birinchidan uzoq muddat davom etadigan protsess hisoblanadi. Ikkinchidan, pandemiya shiddat bilan kuchayotgan davrda vaziyatni nazoratga olish uchun Prezident farmoni chiqqani maqsadga muvofiq. Uchinchidan, pandemiya davrini nazoratga oladigan yetarli qonunchilikning ham o`zi yo`q edi. Yuqoridagi omillar president farmonning naqadar ahamiyatli ekanligini ko`rsatib beradi.

    Shuningdek, Prezident farmonlari strategik va dasturiy xarakterga ega bo‘lib, ularda Hukumat, u yoki bu vazirlik, davlat qo‘mitasi yirik va murakkab bo‘lgan muayyan masalani qanday hal etishi kerakligining aniq rejasi va yo‘l-yo‘riqlari belgilab beriladi. Farmonlar Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvining boshqa bo‘g‘inlari faoliyatiga rahbarlik qilishning samarali vositasidir. Biroq, farmonlar hukumat qarorlari o‘rnini egallay olmaydi. Har ikki turdagi bu hujjatlar Konstitutsiya va qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chiqariladi. Farmonlar jamiyat hayotining asosiy sohalariga ko‘ra quyidagilarga bo`linadi:



    1. Download 25,59 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish