Eslatma: Birgina qo‘shimchaning zamon.mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalay olishi buyruq-istak mayli qo‘shimchalariga xos.
FE’LLARNING YASALISHI
QO‘SHIMCHALAR YORDAMIDA FE’L YASASH
Fe’llar ham boshqa mustaqil so‘z turkumlari kabi tub va yasama bo'ladi. Masalan, kel, yur, o’qi singari fe’llar tub fe’llar; ishla, o’yna, jonlan, tasdiq qildi, kasal bo'ldi kabi fe’llar yasama sanaladi.
Yasama fe’llar yasashga asos qismga ma’lum yasovchi vosita qo‘shish yordami bilan hosil qilinadi. Yasovchi vosita qo'shimcha yoki so‘z bo'lishi mumkin. Jumladan, yuqorida keltirilgan misollardan oxirgi ikkitasi yasashga asos qismga (tasdiq, kasal) so'z holidagi yasovchi vosita (qildi, bo’ldi) qo'shish yordamida hosil qilingan. Boshqalari esa qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan yasalgan. Shunga ko'ra, fe’l yasalishi ikki guruhga bo'linadi:
1) qo‘shimchalar qo‘shish yo'li bilan (affiksatsiya);
2) so‘z qo'shish yo’li bilan (kompozitsiya).
Birinchi yo'l bilan yasalgan fe’llar sodda fe’llar, ikkinchi yo‘l bilan yasalgan fe’llar qo'shma fe’llar hisoblanadi.
Fe’l yasashning eng keng tarqalgan turi qo'shimchalar qo'shish yo‘li bilan fe’l yasash sanaladi. Bunday usul bilan fe’l bo'lmagan so'zlardan fe’l yasaladi. Hozirgi o'zbek tilida eng faol fe’l yasovchi qo'shimcha -la qo'shimchasidir. Bu qo‘shimcha fe’l va sondan boshqa barcha so‘z turkumlariga qo'shilib fe’l yasay oladi (yarimlamoq so’zi bundan mustasno). Masalan:tekisla, terla, о’yla, voyvoyla, senla, tozala, taqirla kabi.
l. –la qo‘shimchasi otlarga qo'shilib fe’l yasaganda, quyidagi ma’nolarni bildiradi:
a) yasashga asos qismdan anglashilgan narsa-predmet bilan ta'minlash: о‘g’itla, moyla;
b) yasashga asos qismdan anglashilgan narsani yuzaga keltirish ma’nosini bildiradi: urug‘la, bolala; d)narsa-qurol bildiruvchi otlarga qo'shilib, shu asbob bilan bajariladigan harakatni bildiradi: qaychila, arrala, egovla, kelmonl.
2. Sifat va ravishlarga –la yasovchi qo‘shilganda yasashga asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi: tekisla, silliqla, to'g'rila, tezla, tozala.
3. –la qo‘shimchasi undov so'zlarga qo'shilib, yasashga asos qismdan ifodalangan his-hayajon, buyruq-xitoblarning bajarish harakatini bildiradi: hihila, ufla, dodla kabi.
4. –la qo‘shimchasi taqlid so'zlarga qo'shilib, yasashga asos qism ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi.
Sifat, ravish, undov va taqlid so‘zlarga -la yasovchi qo'shimchasi qo'shilib fe’l yasalganda, yasovchi qo'shimcha qil,et, de singari ko'makchi fe’llari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi va ularni ko'pincha biri o'rnida ikkinchisini qo'llash imkoniyati bo'ladi. Masalan, tekisla-tekis qil, silliqla-silliq qil, ufla-uf de, dodla-dod de, gumburla-gumbur et, taraqladi-taraq etdi kabi. Lekin doimo emas. Masalan: tezlaso‘zini tez qil so‘ziga almashtirib bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |