3. Sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shakli bo'lib, fe’l asoslariga -gan (-kan, -qan), -ydigan
(-adigan ),-(a)yotgan, -(a)r qo'shimchalarni qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi.
Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o'xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar о'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi.Taqqoslang: oq gul - oqar daryo, qizil gul-qizargan gul, aqlli bola-o'qigan bola, eski oyna-eskirgan oyna.
Sifatdoshlar fe’l shakli bo'lganligi uchun fe’lga xos bo'lgan zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, tonggacha ishlagan (odam) - bo'lishli, aniq nisbatda, о'tgan zamonda.
Sifatdoshning -gan (-kan,-qan) qo'shimchasi shaxs-narsalarning o'tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi.Bu qo'shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (o‘qigan , yashagan kabi).
Jarangsiz undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -kan holida talaffuz qilinsa ham,-gan yoziladi (ko'chgan, o'sgan kabi).
Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilganda , -qan, к undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda ,-kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (tiq - tiqqan, tik-tikkan).
Jarangli g' undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilganda,-qan holida talaffuz qilinsa ham,
-gan yoziladi (tug'-tug'gan,sog'-sog'gan).
Hozirgi zamon sifatdoshi fe'l asoslariga -(a)yotgan qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi: yurayotgan mashina, qaynayotgan suv,o'qiyotgan bola.
Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan, -adigan, -(a)rqo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi: о'qiydigan bola, boradigan joy, borar joyimiz.
Sifatdoshning bo'lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvchi qo‘shimchalardan oldin -maqo'shimchasini keltirish orqali yasaladi. Masalan: aytgan – aytmagan, oqayotgan – oqmayotgan, o‘qiydigan - o‘qimaydigan. -(a)rqo'shimchasi yordamida yasalgan sifatdoshlarning bo‘lishsiz shakli -mas qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi. Masalan, kelar-kelmas, aytar-aytmas,oqar– oqmas.
Sifatdoshlar har doim otga bog'lanadi yoki gapning oxirida keladi. Otga bog'lansa, sifatlovchi-aniqlovchi,gapning oxirida kelsa,fe’l kesim vazifalarini bajaradi. Misol: Qoradaryo hamisha to'lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo'lmagan. Keng fe'l, ketmas davlat bersin.
Sifatdosh ham sifat kabi otlashib, otning egalik, kelishik, ko'plik shakllarini qabul qiladi va gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |