3. Hozirgi jahon taraqqiyotida xalqaro siyosiy munosabatlar va
ularning rivojlanish xususiyatlari
Xalqaro siyosiy
munosabatlar taraqqiyoti siyosiy faoliyat natijalariga
bog’liq. Davlatlarning vujudga kelishi ular o’rtasidagi munosabatlarning
shakllanishiga ham sabab bo’lgan. Bu ob’ektiv xarakterga ega. Hech bir
mamlakat jahon hamjamiyatidan ajralgan holda rivojlanishi mumkin
emas.
Xalqaro
siyosiy
munosabatlar xalqaro
munosabatlarning
tarkibiy
qismidir. Bu munosabatlar davlatlarning vujudga kelishi va ular
o’rtasidagi aloqalarning shakllanishi asosida ro’y bergan. O’tmishda eng
qadimgi davlatlar: Misr, Vavilon, Eron, Urartu, Yunoniston, Rim va
boshqa davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi shunday kechgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |