Tayanch iboralar: korxona menejment tamoyillari, korxona menejment qonunlari, korxona menejment qonuniyatlari.
Paxta tozalash, to‘qimachilik va engil sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillarining mohiyati. Asoslanish darajasi, univesalligi, amalga oshirish dastagi va harakat ko‘lami bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillarining turlanishi.
Korxona menejment muammolarini o‘rganishda quyidagi yondashuvlar farqlanadi:
- aniq - tarixiy. Bu korxona boshqaruv munosabatlarini ularga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirida o‘zgarish va rivoj-lanish xolatida bo‘lgan jarayonlar sifatida o‘rganishga imkon beradi;
- majmuaviy. Bu boshqaruv munosabatlarini o‘rganishda iqtisodiy, huquqiy, korxona - psixologik va boshqaruv muno-sabatlari taxliliga boshqa yondashuvlar o‘zaro aloqadorligini nazarda tutadi;
- jihatli. Bu biror bir mahsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va h.k.) tomonidan mahsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida namoyon bo‘ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni, bir xususiyatini o‘rganishga imkon beradi;
- tizimli. Bu ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizimchalarni umumiy maqsadli elementlar bilan birlashgan yagona majmua sifatida qarashga, tizimnmng xususiyatlari, uning ichki va tashqi aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Korxona menejmentning samarali usullariga modellash-tirish (turli ko‘rinishdagi modellar qo‘llaniladi: fizik, grafik, matematik va boshqalar), tajriba-sotsiologik va psixologik (so‘rovlar, testlar, kuzatuvlar va boshqalar), shuningdek, iqtisodiy-korxona usullar (dasturlash, o‘yinlar nazariyasi, axborot nazariyasi va boshqalar) kiradi.
Uslubiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi xodisalar, tizimlar va boshqaruv jarayonlari xaqida bilim olish uchun yanada samarali yo‘llar, yondashuvlar va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
Boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo‘linadi:
- boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar, ya’ni bevosita korxona boshqaruvning sub’ekt va ob’ekti o‘rtasidagi munosabatlar;
- boshqaruvchi tizim ichidagi boshqaruv munosabatlari: boshqaruv pog‘onalari, darajalari o‘rtasida (vertikal aloqa); har bir pog‘onaning boshqaruv bo‘g‘inlari o‘rtasida (gorizontal aloqa);
- rahbar va qo‘l ostidagilar o‘rtasidagi munosabatlar: har bir boshqaruv zvenosida, turli boshqaruv bo‘g‘inlarida.
Undan tashqari, korxona boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo‘linadi:
- soha, region, sohalararo, hududiy - sohaviy, hududlararo;
- tashqi (atrof muhit bilan munosabatlar) va ichki (tizim elementlari hamkorligi munosabatlari);
- tizimlararo va aralash, shuningdek, jamoaviy va individual;
- vaqtinchalik va doimiy, bevosita va bilvosita;
- chiziqli, funktsional va aralash.
Ishlab chiqarishni tashkil etish tizimi alohidalik va butunligi qonuniyatlari: ilmiylilik, butunlilik, fizik additivlik (asoslanganlik). Ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini tartiblashtirish qonuniyatlari: ierarxik tartiblashtirilganlik, kommunikativlik.
Korxona boshqaruv qonunlari tizimida insonlar hoxi-shiga bog‘liq bo‘lmagan korxona va iqtisodiy qonunlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning harakati faqat odamlar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruvchi tizim odamlar mehnatini birlash-tirib, maqsadni aniqlash, uni amalga oshirish yo‘llarini qidirish, erishilgan natijalarni baholashda namoyon bo‘ladigan korxona va iqtisodiy qonunlar talablariga qat’iy rioya qilishi kerak. Masalan, asosiy korxona qonunlarga korxona rivojlanish qonunlari, korxona stratifikatsiya qonunlari va boshqalar kiradi.
«Qonun» tushunchasi ham, «qonuniyat» tushunchasi tegishli bo‘lgan guruhga kiradi. Ham qonun, ham qonuniyatlar o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasidagi umumiy va kerakli aloqalarni o‘rnatadi. Menejment nazariyasida «qonuniyat» tushunchasi qonunning nazariy tadqiqot boshidagi dastlabki shakli sifatida qaraladi.
Korxona menejmentning asosiy qonunlariga quyidagilar kiradi:
- jamiyat rivojlanishining madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar bilan shartlashtirilgan korxona boshqaruv tizimining birligi. Bu uzluksiz boshqaruv munosabatlari zanjirida menejmentning asosiy funktsiya va uslublari qorishmasida namoyon bo‘ladi;
- korxona tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari nisbati. Bu shu tizimchalarning samarali amalga oshishini ta’minlash maqsadida ular orasidagi oqilona nisbatni nazarda tutadi;
- korxona boshqaruv funktsiyalari markazlashuvida optimal munosabat. Boshqaruvning markazlashish darajasi jamiyat rivojlanishi jarayonida o‘zgaradi va bu o‘zgarish korxona boshqaruv qonuni hisoblanadi. Jamiyat rivojlani-shining har bir bosqichi uchun markazlashishning o‘z maqbul darajasi bo‘lishi kerak;
- aholi turli qatlamlarining korxona boshqaruv, uning samaradorligi va ma’suliyatini oshirishda ishtirok etishi. CHunki moddiy va ma’naviy ne’matlarning jamiyat ishlab chiqarishi aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga bo‘ysundirilgan.
Ishlab chiqarishni tashkil etish tizimi amal qilish qonuniyatlari: tarixiylik, o‘z-o‘zini tashkil etish, farqlanish. Ishlab chiqarishni tashkil etish tizim amal qilishining qonuniyatlari: ekvifinallik, salohiyatli samaradorlik, kichiklar faoliyati.
Korxona menejment tamoyillari deganda jamiyatda o‘rnatilgan korxona sharoitlarda boshqaruv organlari rahbarlik qiladigan qonunlar, asosiy holatlar va xulq me’yorlari tushuniladi. Ular korxona boshqaruv tizimi, tuzilmasi, jarayoni va mexanizmiga talablarni qo‘yadi. Xususan, korxona boshqaruv tamoyillari - bu boshqaruv munosabatlari rivojlanishi qonunlarini aks ettiruvchi rahbarlik g‘oyalari. Tamoyillar, qonunlar va qonuniyatlar o‘zaro aloqasini quyidagi ketma-ketlikda ko‘rish mumkin: korxona rivojlanish qonunlari - korxona rivojlanishning mos davrdagi korxona qonunlar - korxona boshqaruv qonun va qonuniyatlari - korxona boshqaruv tamoyillari. Korxona boshqaruv tamoyillari va usullari o‘rtasidagi farq shundaki, boshqaruv tamoyillari tanlanmaydi, ularga amal qilinadi. Tamoyil usullar tizimini shakllantirish va har bir usulni alohida tanlab olish imkonini beradi.
SHunday qilib, korxona menejment tamoyillari quyidagicha bo‘lishi kerak:
Jamiyat rivojlanish qonunlari, uning korxona qonunlari va menejment qonunlarida asoslangan bo‘lishi;
Korxona menejment maqsadlariga mos kelishi, menejmentning asosiy xususiyatlari, aloqa va munosabatlarini aks ettirishi;
Korxona boshqaruv jarayonlarining vaqtinchalik va hududiy jixatlarini hisobga olishi;
Huquqiy rasmiylikka ega bo‘lishi, ya’ni turli me’yoriy xujjatlarda mustahkamlangan bo‘lishi.
Korxona menejmentning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- qaror qabul qilishda birlik va uni muhokama qilishda jamoaviylik tamoyili;
- davlat - ma’muriy, ho‘jalik va korxona - madaniy menejmentning birdamlik tamoyili;
- soha va hududiy korxona boshqaruvning aralashma tamoyili;
- korxona boshqaruvni ilmiyligi tamoyili;
- korxona boshqaruvni bashorat qilish tamoyili;
- mehnatni rag‘batlantirish tamoyili;
- korxona boshqaruv natijalari uchun ma’suliyat tamoyili;
- kadrlarni oqilona tanlash, ularni tayyorlash, joylashtirish va ishlatish tamoyili;
- boshqaruvning tejamkorlik va samaraoddiy tamoyili;
- tizimlilik tamoyili;
- ierarxlik tamoyili;
- zaruriy turli-tumanlik tamoyili;
- qaytma aloqaning majburiyligi tamoyili.
Boshqaruvning bu tamoyillari korxona boshqaruv va jamiyat jarayonlarining rivojlanishi natijasida o‘zgarib boradi. Korxona boshqaruvning tamoyillari butunlay
Nazorat savollar:
1. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchaning birligi va farqi nimada?
2. Korxona menejment qonunlariga aniqlik kiriting.
3. Korxona menejment tamoyillarini xarakterlang.
4. Zamonaviy menejmentda axborot texnologiyalarining roli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |