6 mavzu: Standart namunalar, o‘lchashlarni bajarish metodikasi va normativ xujjatlarning ekspertizasi Reja: 1. Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari.
2. O‘lchashlarni bajarish metodikasi.
3. Me’yoriy hujjatlarning ekspertizasi.
Tayanch suzlar va iboralar: Modda va materiallar, qiyoslash, kalibrlash, normativ.
1. Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari. Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari Standart namunalar (SN) O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘zO‘BTT) ning tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘lchash birliligini ta’minlash maqsadlarida SN quyidagilar uchun qo‘llaniladi: • O‘lchash vositalari (O‘V) ni qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash, darajalash, shuningdek ularni sinashda, shu jumaladan turini tasdiqlash maqsadida metrologik tafsilotlarini tekshirish uchun; • O‘BM ni metrologik attestatlash; • O‘BM dan foydalanish jarayonida ularning xatoliklarini o‘zlarida o‘rnatilgan algoritmlarga muvofiq tekshirish; • metrologik tekshiruvning boshqa turlari uchun qo‘llaniladi. O‘lchashlarning ba’zi turlarida SN tekshirish sxemasi tarkibiga etalon (O‘lchashlar namunaviy vositasi) sifatida kirishi va mos qiyoslash sxemasida o‘rnatilgan tartibda birlikning o‘lchamini uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin. Standart namuna tan olish darajasi va qo‘llanish doirasiga qarab quyidagi toifalarga ajraladi: • davlatlararo SN (DASN); • davlat (sertifikatlashtirilgan) SN (DSSN); • ishlab chiqaruvchining SN (KSN). • Davlat (sertifikatlashtirilgan) standart namunalari quyidagicha belgilanadi: • O‘z DSN – O‘zbekiston davlat standart namunasi. • Ishlab chiqaruvchining standart namunalari uchun: • O‘z ICHSN – O‘zbekiston ishlab chiqaruvchining standart namunasi
2. O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘lchashlarni bajarish metodikasi – bu hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib, ularni bajarish kafolatlangan aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta’minlaydi. O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O‘z DSt 8.016:2002 "O‘z O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o‘rnatilgan. O‘lchashlarni bajarish metodikasi metrologik attestatsiyaga tortiladi. O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘zstandart tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o‘tgandan keyin qo‘llaniladi. O‘lchashlarni bajarish metodikasi - metrologik nazorat va tekshiruv ob’ektlari hisoblanadi.