6-mavzu: Samarqand. O`rta Zarafshon shaharlari. Reja


Yangi davrda Samarqand o‘rganilishi va tadqiqi



Download 19,33 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi19,33 Kb.
#559529
1   2
Bog'liq
2 5226929805722654295

Yangi davrda Samarqand o‘rganilishi va tadqiqi. Samarqandni arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari 19-a.ning oxirlarida boshlangan edi. 1895 yilda Sharqshunos olim V.V.Barsholdshsht tashabbusi bilan tuzilgan „Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi“ a’zolari Samarqanddagi Afrosiyobni ko‘p asrlar xazinasi deb qarab, unda keng ko‘lamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiypar o‘tkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin Samarqand chekkasida joylashgan Ulug‘bek rasadxonasining o‘rnini aniqladi va qazish ishlarini o‘tkazdi. Natijada rasadxona harobasi hamda uning er ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. O‘sha davrdan boshlab O‘rta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. 1912—13, 1929—30 yillarda V.L.Vyatkin, 1912 y. M.E.Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 yillarda S 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.
1950y.lardan boshlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazishmalar o‘tkazish, ayniqsa, 1958 yildan V.A. SHishkin rahbarligida, 1966 yildan boshlab esa Ya.G‘.G‘ulomov boshchiligida faollashdi. Afrosiyobni o‘rganish ishlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida, 1966 yilda doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etildi. 1970 yilda Samarqandda O‘zbekiston FAning mustaqil Arxeologiya in-ti tashkil etilishi Samarqanddagi arxeologik qazishmalarni yanada keng ko‘lamda olib borishga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazishmalar natijasida Samarqandning yoshi aniklandi va 1970 yilda shaharning 2500 y.lik yubileyi keng nishonlandi. 1971—77 yillarda SH. Toshxo‘jaev, 1978—85 yillarda G.V. SHishkina qazishma ishlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va i.t. ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akad., Sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene, o‘zbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov, A.Anorboev va tadqiqotchi A. Otaxo‘jaevlar bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni o‘rganish jarayonida er sathidan 10–15 m chuqurlikda mil. av. 9—7-a. o‘rtalariga oid ashyolar topildi. Bular qo‘lda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 m qalinlikdagi mudofaa devori qoldiklaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor bilan butunlay o‘rab olingan. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib ko‘rilganda quyi qatlamlaridan shunga o‘xshash va mil. av. 9—8-a.larga oid ashyolar topildi.
Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida o‘rganilib, ular mil. av. 8-a.ga, aniqrog‘i 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi.
Samarqand bunyod bo‘lganidan buyon u O‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega bo‘lib keldi. Shaharning Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashganligi, bu erda qadimdan hunarmandchilikning shoyi to‘qish, mashhur Samarqand qog‘ozi i.ch., kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki bo‘ldi. Samarqandda qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, maSamarqand „So‘zangaron“ (igna tayyorlovchilar), „Kamongaron“ (o‘qyoy yasovchilar) va boshqa nomlar hozirgi kungacha etib kelgan.
Samarqand qadimiy tarixi va me’moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982 yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, o‘rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar va 19—20-a.larda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va o‘lkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiyme’moriy muzeyqo‘riqxonasi“ tuzildi. O‘sha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.
Samarqandning me’moriy-tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YUNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25sessiyasida Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Samarqandda 73 ta yirik tarixiy me’moriy yodgorlik: Registon ansambli, SHohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqandda Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan CHokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand shahridagi CHokardiza kabristoniga dafn etilgan). Samarqandning markaziy maydoniga Amir Temur haykali o‘rnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi o‘zining go‘zalligi bilan e’tiborni o‘ziga tortadi. Samarqandga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat ko‘rsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“, „Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasining Samarqand bo‘limi xodimlari xizmat ko‘rsatadilar.
Download 19,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish