6-mavzu. Raqobat, monopoliya va narx siyosati reja


Raqobat vositasi vazifasi



Download 111,04 Kb.
bet18/22
Sana15.02.2023
Hajmi111,04 Kb.
#911571
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
6-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o`z raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o`zgartirib turish usuli raqobatda keng qo`llaniladi.

  • Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo`yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat byudjeti va turli xayriya mablag’lari hisobiga moliyaviy ta`minlanadi.

    Bozor iqtisodiyotiga o`tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o`tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste`molchilik tovarlari bilan minimal darajada ta`minlash maqsadida ham qo`llaniladi..
    Xulosalar

    1. Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo`lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo`lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo`ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi.

    2. O`z miqyosiga ko`ra raqobat eng avvalo ikki turga – tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo`linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to`rtta shakli alohida ajratilib ko`rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir.

    3. Sof raqobat va sof monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko`p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas.

    4. Raqobat – xo`jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo`jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta`minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqeiga erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir.

    5. Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo`lgan juda murakkab jarayondir. O`zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko`plab tarmoqlarda xukmron mavqega ega bo`lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.

    6. Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi sub`ektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha moslashuvchan bo`lishi darkor.

    7. Narx o`zida faqat naflilik yoki ijtimoiy mehnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi ko`rinishini ifoda etadi. Demak, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.

    8. Narxning darajasiga ta`sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, pulning qadr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo`lib xizmat qiladi.

    9. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta`minlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi; raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi.

    10. Narxning juda ko`p turlari mavjud bo`lsada, ularning barchasi bir-biri bilan o`zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o`z ifodasini topadi.


    Download 111,04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish