Investitsion loyihalarni moliyala-shtirishga mo`ljallangan biznes rejalar biror-bir loyihani amalga oshirish maqsadida korxonaga investitsiyalar yoki kreditlar jalb etish maqsadida tuziladi. Biznes-reja biznes g`oyalarini kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi aniq kalendar yilidagi korxonaning taraqqiyot dasturi bo`lib, shu yil uchun korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish reja ko`rsatkichlariga asosan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |