3.PISA tadqiqoti reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar biologiya ta’limining ilg‘or tajribalarini o‘rganish PISA - dasturi o‘quvchilarning katta hayotga tayyorgarlik darajalarini motivatsiyalash, ishontirish va bilimlarini mustahkamlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi dastur hisoblanadi.
2000-2015 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning o‘rta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
Estoniya va Finlyandiya Yevropadagi pedagoglar va siyosatchilar uchun mashhur sayohat yoʻnalishiga aylandi. Bu mamlakatlarda oʻquvchilar 6 yoshga toʻlgandan keyin maktabga boradi va boshqa mamlakatlarga qaraganda bir oʻquv yilida mashgʻulotlarga kam vaqt sarflaydi. Ammo oʻn besh yoshida bu oʻquvchilar oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy statuslariga qaramay dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biriga erishadilar. Va amalda bu mamlakatlar maktablar oʻrtasidagi oʻzlashtirishda hech qanday tafovutlarsiz aʼlo darajadagi taʼlim sifati va barcha maktablar taʼlim tizimidagi taʼlim imkoniyatlari tengligini rivojlantirishning uddasidan chiqmoqdalar.
PISA ilk raundlari davomida yuqori samaradorlikka ega va tez takomillashayotgan taʼlim tizimlarining koʻpchiligi Sharqiy Osiyoda ekani maʼlum boʻldi. Bu natijalar Gʻarbda hammaga rasm boʻlib qolgan, koʻpincha bu Osiyo mamlakatlaridagi muvaffaqiyatni oʻquvchilarga yuqori bosim oʻtkazishga va oʻquv materialini yuzaki, tushunmasdan yodlab olishga qaratilganiga yoʻyadigan fikrga qarshi chiqdi.
PISA reytingida gʻalabaga erishish uchun yod olish kamlik qiladi. 2012-yilda muammolarni hal qilish boʻyicha ijodiy koʻnikmalarni baholash uchun PISA oʻzining dastlabki testlarini taqdim etdi. Koʻp kuzatuvchilar, ular reyting jadvallarini ostin-ustun qilib yuboradi yoki, hech boʻlmasa, Sharqiy Osiyoning ancha-muncha past natijalarini namoyish etadi, deb bashorat qilishdi. Ammo birinchi oʻringa bir avlod yetishib chiqqan davrdayoq rivojlanayotgan mamlakatdan zamonaviy industrial davlatga aylangan Singapur chiqdi. Garchi bizning tasavvurimizda Singapurdagi fuqarolik jamiyati hozirgacha fuqarolarning siyosiy jarayonlarga aralashuvi cheklanganligi bilan ajralib tursada, Singapurdagi taʼlim Gʻarbda deyarli sezilmagan tinch revolyutsiyani boshidan kechirdi. Hozirgi paytda mamlakat oʻz taʼlim muassasalarining sifati boʻyicha ham, innovatsion taʼlim strategiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishda pedagoglarning ishtirok etish darajasi boʻyicha ham peshqadamlik qiladi.
Yaponiya PISA boʻyicha eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan mamlakatlardan biri boʻldi, biroq tadqiqotda oʻquvchilar odatda oʻquv fanining mazmunini asliday aytib berish talab qilinadigan masalalarni juda yaxshi uddalashlariga qaramay, tadqiqot oʻz bilimini yangi sharoitlarda qoʻllashni talab etadigan ochiq turdagi topshiriqlarni ancha yomon bajarishlarini koʻrsatdi. Yaponiya taʼlim sifatini baholash milliy tizimiga PISA topshiriqlariga oʻxshash ochiq javobli topshiriqlar kiritildi. Bu kiritilgan yangilik oʻquv jarayonining oʻzgarishida ijobiy aks etdi. 2006-yildan 2009-yilgacha Yaponiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo mamlakatlar ichida ochiq topshiriqlardan iborat boʻlim natijalarida eng tezkor yaxshilanish yuz berdi. Qoʻshma Shtatlarda, aksincha, PISAning birinchi tadqiqotlariga nisbatan kam eʼtibor qaratildi. Ammo bu vaziyat 2006-yilda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari eʼlon qilinganidan soʻng oʻzgardi. Amerikalik taʼlim rahnamolari oʻz hamkasblari – eng samarali jahon taʼlim tizimi vakillari bilan hamkorlik qilish uchun sayohat qila boshladilar. Faqat 2009-yildagina 2009-yildan 2015-yilgacha Taʼlim vazirligini boshqargan Arne Dunkan uning natijalariga astoydil eʼtibor qaratdi. Vazirning Race to the Top (“Choʻqqi tomon poyga”) deb nomlangan tashabbusi Amerika shtatlari oʻrtasidagi raqobatni kuchaytirishga emas, shtatlar rahbarlarini eng samarali jahon taʼlim tizimlarini oʻrganishga undashga qaratilgan edi.
Germaniyada hatto PISA dasturiga bagʻishlangan juda mashhur telekoʻrsatuv ham paydo boʻldi. Bu koʻrsatuv professional bahs-munozaraning taʼlim, jamiyat va iqtisodiyot muammolarining ommaviy muhokamasiga aylanishiga imkon yaratdi.
2000-yildagi tadqiqotlarning birinchi davrida qatnashgandan keyin toʻqqiz yil oʻtib Braziliya oʻqish savodxonligi sohasida eng katta oʻsishni namoyish qildi. Meksikada ham xuddi shunday tajriba oʻtkazildi.
1960-yillarda AQSHda maktabni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar soni juda koʻp boʻlib, u taʼlim sohasida yetakchi mamlakat edi. Umumtaʼlim maktablariga kiritilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy rivojining garovi boʻldi. Ammo 1970-1980-yillarda boshqa mamlakatlar AQSH dan oʻzib keta boshladi. 1990-yillarga kelib maktab bitiruvchilarining koʻrsatkichlari boʻyicha AQSH birinchi oʻrindan oʻn uchinchi oʻringa tushib qoldi. Bunda Qoʻshma Shtatlarning taʼlim koʻrsatkichlari shiddat bilan orqaga qaytmadi, biroq rivojlanish dinamikasini saqlab qololmadi. Aksincha, 1960-yillarda Janubiy Koreyadagi turmush darajasini bugungi Afgʻonistonning turmush darajasi bilan qiyoslasa boʻlar edi, mamlakat juda past taʼlim darajasiga ega edi. Hozir Janubiy Koreyada maktabni muvaffaqiyatli tugatgan oʻsmirlarning ulushi eng yuqori. Janubiy Koreya oʻzini yuqori texnologiyali iqtisodiyotga ega mamlakatga aylantirdi va bunga taʼlim tizimi mustahkam asos boʻldi.