Ijtimoiy va ma'naviy sohada:
- umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g'oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquqlariga doir xalqaro me'yorlarni qaror toptirishni;
- ma'naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his-tuyg'ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va tifmirlashni;
o'zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to'liq ro'yobga chiqarishni;
hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni;
hamma uchun ma'qul sifatli tibbiy xizmatni ta'minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni;
- yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, umumiy ta'lim olish, kasbni va tcgishli maxsus tayyorgarlikni o'tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berishni;
Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuv-likni ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir.
1993- yilda nashr etilgan “O'zbekiston — bozor munosabatiga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o'ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o'zgartirishlarning tashabbuskori.
Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baroharligi va hammaning qonunga bo'ysunishi.Bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchilravishda o'tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning “O’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo'lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o'z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo'l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O'zbek modeli» deb qabul qilindi.
Yurtboshjmiz I.A.Karimov ana shunday keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo'ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh-qosh bo'ldi, Mustaqillik nuriga to'lgan O'zbekistonning o'tgan 12 yil davomida siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy islohotlar, yangilanish yo'lidan borib, o'zimiz tasavvur etishimiz ham qiyin bo'lgan ulkan zafarlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |