Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.
Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
5. Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning yetakchi bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini boshqarish hududiy organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo’ljal-langan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu bo’g’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor
iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aktsizlar, qo’shilgan qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan.
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko’pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo’lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o’sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo’shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning ikkinchi bo’g’inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo’lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat.
7. Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan
holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar moliya
resurslarining ko'paygandagina o'sishi mumkin. Bu, eng avvalo,
ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy
siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o'z
daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni
yaratishga qaratilishi kerak.
Moliyaviy siyosatning tubdan o'zgarishiga mos ravishda moliya
mexanizmi ham qayta qurilmog'i lozim. Moliya mexanizmini qayta
qurishdan asosiy maqsad bozor munosabatlari zaminida ijtimoiy
ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir.
Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar
ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo'jalik tashabbuskor-
ligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida korxonalaming ishlab chiqarish omillaridan
iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish
uchun alohida moliyaviy uslublarni qo'llash zarurati yo'qoladi. Bozor
raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy
resurslardan foydalanish ustidan ichki xo'jalik moliya nazoratini
chuqurlashtirish haqida doimo g'amxo'rlik qilishga majbur etadi.
Shu bilan birga davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy
boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish
korxonalarga soliq solish, qo'shimcha soliqlami (masalan, eksport
va import solig'ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq
solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga
oshiriladi. Xo'jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni
muhofaza qilish bo'yicha talablaming sanitariya norma va
qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga
talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
jamg'armalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida
bajarmaslik yoki to'liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish
ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi
va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj
topmog'i lozim.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash maqsadida
ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xo'jalik mexanizmi
joriy etilgan. Mazkur muassasalarga pulli xizmat ko'rsatish, xo'jalik
faoliyati bilan shug'ullanish, olingan daromadlami mustaqil tasarruf
etish huquqi berilgan.
Davlat moliya mexanizmiga tub o'zgarishlar kiritildi. Davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o'tkazildi, byudjet
buromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay
o'zgardi. Byudjetdan tashqari jamg'armalar tizimi keng tarqaldi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani
tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi:
kooperativ (shirkat) sug'urtasi rivojlanyapti, hissador sug'urta
jamiyatlari vujudga kelyapti, sug'urtaning yangi turiari paydo
bo'layapti.
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani
yaratish bilan birga sodir bo'layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy
faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
8. moliya tizimining davlat moliyasi va mahalliy moliya bo‘g‘ini to‘g‘risidagi
an’anaviy tasavvurlarni kengaytirishi va zamonaviy talablarga muvofiq ravishda
Markaziy bank tizimini ham uning tarkibiga qo‘shishni taqazo etadi.
Davlat krediti iqtisodiy atama sifatida davlat moliyasi, qimmatli qog‘ozlar
bozori, korxonalar va uy xo‘jaliklari moliyasi, iqtisodiyot nazariyasi,
makroiqtisodiy statistika, iqtisodiy tahlil, xalqaro moliyaviy munosabatlar, milliy
iqtisodiyot, moliya huquqi va boshqa iqtisodiy atamalar bilan bog‘liq. Davlat
krediti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini sanaluvchi kreditning tarkibiy qismini
tashkil qiladi. Muddatlilik, qaytarilishi lozim ekanligi, haq olish evaziga berilishi
kabi xususiyatlar har qanday kreditga, jumladan davlat kreditiga ham xosdir.
Ammo shu bilan birga davlat krediti va bank krediti o‘rtasida iqtisodiy hamda
huquqiy jihatdan jiddiy farqlar mavjud.
Davlat krediti iqtisodiy jihatdan kapitalni ishlab chiqarishga qaratilmagan
maqsadlarda, ya’ni davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun ishlatiladi va ishlab
chiqarish harakati doirasida qatnashmaydi. Davlat krediti foizlari odatda soliqlar
yoki yangi davlat qarzlari hisobiga qoplanadi, shu ma’noda, davlat krediti
oldindan olingan soliqlar deyilishi mumkin.
Bank tomonidan beriladigan kredit esa qoida tariqasida, ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etadi, muayyan foyda olinishini ta’minlaydi va shu yo‘l bilan
faqat kreditning o‘zini emas, balki uning foizlarni ham qoplash imkoni paydo
bo‘ladi. Huquqiy jihatdan olganda bank kreditida bank qarz beruvchi, jismoniy va
yuridik shaxslar esa qarz oluvchi sifatida qatnashadi. Davlat kreditida esa davlat
qarz oluvchi, yuridik va jismoniy shaxslar qarz beruvchi sifatida ishtirok etadi.
Agar bank krediti munosabatlari natijasida bank va kredit oluvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilsa va bu munosabatlar fuqarolik
qonunlari bilan tartibga solinsa, davlat kreditiga oid munosabatlar mamlakat ichki
qarzlari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy -huquqiy munosabatlardan iborat bo‘ladi.
Davlat krediti yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘laring davlat tomonidan
vaqtincha ishlatilib turilishiga aytiladi. Davlat krediti vaqtincha davlat tasarrufiga
tushadigan va iqtisodiyotni rivojlantirish, byudjet taqchilligi va boshqa ehtiyojlarning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan qo‘shimcha pul mablag‘larining to‘planishini ta’minlaydi.
Davlat kreditida davlat qarz oluvchi, yuridik va jismoniy shaxslar esa qarz
beruvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat krediti vositasida yuridik va jismoniy
shaxslarning mablag‘larini jalb etish turli shakllarda, avvalambor, davlat
zayomlari, pul majburiyatlari, va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni
joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi va
qimmatli qog‘ozlar bozorining yuzaga kelishi sharoitlarida davlat kreditining
muhim shakli yuridik shaxslar orasida joylashtiriladigan davlat qisqa muddatli
zayomlari hisoblanadi.
Davlat krediti deganda ixtiyoriylik asosida yuridik va jismoniy shaxslar
ixtiyorida bekor turgan pul mablag‘larini vaqtincha foydalanish uchun davlat
ehtiyojlariga jalb etish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari nazarda tutiladi.
Davlat shu yo‘l bilan jalb etilgan daromadlar hisobiga byudjetdagi taqchillikni
qoplaydi, iqtisodiyot tarmoqlarini imtiyozli kredit bilan ta’minlaydi va katta
ahamiyatga ega bo‘lgan ehtiyojlar uchun sarflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |