Boshqa sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham keng islohotlar boshlandi. Eng avvalo, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi. Madaniyat muassasa- larining faoliyatini tashkil etish, madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniyga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun 2017-yilning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-boshqaruv, badiiy rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi. Boshqa sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham keng islohotlar boshlandi. Eng avvalo, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi. Madaniyat muassasa- larining faoliyatini tashkil etish, madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniyga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun 2017-yilning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-boshqaruv, badiiy rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |