6-mavzu. Muloqot texnikasiva texnologiyasi Muloqot texnikasi


-topshiriq. Matnni o’qing. Klaster shakllantiring



Download 63,41 Kb.
bet3/5
Sana10.09.2021
Hajmi63,41 Kb.
#170593
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-мавзу (1)

2-topshiriq. Matnni o’qing. Klaster shakllantiring.

O’z-o’zingizni boshqarishni o’rganing

Iloji boricha, ko’proq do’stlar orttiring, chunki, bizning asosiy boyligimiz boshqalarga bog’liq bo’ladi. Hayotda ham siz do’stlar va dushmanlar orasida yashashingizga to’g’ri keladi. Shuning uchun, ham har kuni juda yaqin bo’lmasalar ham, tanish-bilish, oshna-og’ayni va qadrdonlar orttirishga intiling. Vaqt o’tishi bilan ular orasida juda ham yaqin do’stlar orttirishingiz mumkin bo’ladi.

Iloji boricha, odobli, axloq va kundalikturmushdaboshqalarga (shujumladan sizga ham) o’rnak bo’la oladigan insonlar bilan do’stlashing. Ularning ishonchli do’st yoki hamkor bo’laolishisizning tadbirkorlik bilan bog’liq ishlaringizda juda kattaahamiyatgaegabo’ladi, chunki,ular o’zlari olgan ta’lim-tarbiyaga varuhiyatlarigamos ravishda o’ta insofli bo’lgan holatda ish yuritadilar.Iflosinsonlar bilan kurashib, g’olibbo’lgandan ko’ra, axloq-odobda o’rnak bo’la oladigan insonlar bilan kurashish ma’qulroqdir.Yaramasinsonlar bilan kelishib bo’lmaydi, chunki, ular hech qanday tartibvaqonunlarni tan olishmaydi – shuning uchun, ham bunday insonlar orasidahaqiqiy do’stlik bo’lmaydi. G’irrom odamdan iloji boricha uzoqroqyurishkerak, chunki, ulardan hech qachon hech qanday yaxshilik yoki yaxshi amalchiqmaydi.

O’zingiz haqingizda yaxshi yoki yomon gaplar gapirmaganligingiz ma’qul, chunki,Agar, siz o’zingizni maqtasangiz, sizni maqtanchoqlikda ayblashadi, Agar, o’zingizni yomonlasangiz, tilyog’lamalikda ayblashadi. O’zingiz haqingizda gapirishingiz tinglovchilarni juda ham zeriktirib qo’yadi, chunki, har bir tinglovchi o’zini eng aqlli inson deb biladi. Do’stlar orasida ham o’zingiz haqingizda gapirishdantilingizni tiying – ko’pchilik orasida ma’ruza qilganingizda esa bu sizni juda ham kulgili ahvolga solib qo’yishi mumkin. Davradagilir haqida ham yaxshi yoki yomon gaplar gapirish tilyog’lamalikni yoki haqoratni anglatishi mumkinligini unutmang.

Ko’pchilik nazarida juda ham mehribon inson sifatida ko’rinishga intiling, chunki, shuning o’zi ham do’stlar orttirishga imkon beradi. Mehribonlik ko’rsatish juda ham arzon turadi, ammo, u juda yuqori baholanadi. Hurmat qilganni va mehribonlik ko’rsatgan insonni boshqalar ham hurmat qilishadi. Boshqalar bilan dushmanlik qilishga intilmang, chunki, dushmanning bittasi ham ko’p hisoblanadi. Ba’zilar ba’zi birovlarni nima uchundir ko’ra olmaydilar, tez-tez janjal-suron ko’taradilar va boshqalarni haqoratlaydilar hamda nega bundayligini bilmaydilar ham. Ammo, bu holat ruhiyatga kirib olsa, uni yo’qotish juda qiyin bo’ladi. Agar, shunday ahvol yuz bersa, vaqtni o’tkazmasdan, ruhiyatingizni ijobiy ma’noda davolashga harakat qiling.

Barchaga kerakli inson bo’lishga harakat qiling, buning ikki yo’li bor – biri, ishlaringizda muvaffaqiyatga erishish, barchaga kerakli bo’lgan hunar sohibi bo’lish, ikkinchisi, boshqalarga imkon boricha ko’mak berish. O’z egallagan joyiga munosib bo’lgan odamga har doim ham talab bo’ladi. Shuning uchun, insonga mansab emas, balki, mansabga inson ko’proq mos bo’lgani ma’qul. Ba’zilarni ular egallagan mansab bezasa, ba’zilar mansabni bezatadilar. Chunki, bu mansab xuddi shunday aqlli va bilimli insonlar uchun mos bo’ladi.

Hech qachon boshqa birovlarni yomonlamang, chunki, bu ish ko’pchilikka yoqmaydi. Kimdir birovni yomonlar ekan, bu bilan o’z kamchiliklarini yashirishga harakat qilib, buning telbalik ekanini anglamaydi. Shuning uchun, ham ko’pchilik bunday odam bilan aloqani uzishga harakat qiladi.

Axmoqlik qilgan axmoq emas, balki, buni yashira olmagan axmoqdir. Iloji boricha, barcha kamchiliklaringizni yashirishga harakat qiling, chunki, hamma ham xato qiladi. Ammo, aqllilar o’z xatolarini yashiradilar, tentaklar esa, bu bilan maqtanadilar. Sizning insonlar orasida yaxshi nom orttirishingiz ko’proq sizning sukunatingizga bog’liq bo’ladi. Gunohkor ekansiz, endi ehtiyot bo’ling, eng yaqin do’stlaringizga ham bu gunohlaringizni va xatolaringizni oshkor qilmang.

Shikoyat qilishga shoshilmang – oldin yaxshilab o’ylab ko’ring, chunki, shikoyat qilish sizga achinish yoki siz bilan birlik hissini uyg’otmaydi, balki, ko’proq yomon hissiyotlar uyg’otib, dushmanlar sonini ko’paytiradi. Ba’zilar o’tmishda bo’lib o’tgan ishlar uchun yordam olish yoki achinish hissini uyg’otish maqsadida shikoyat qilib, kelajakda o’zlari uchun turli xil muammolar hosil qiladilar. Aqlli inson boshqalar oldida o’zini xafa qilgan insonlar haqida ham, o’z xatolari haqida ham gapirmaydi. Ammo, u boshqalar uchun maqtov so’zlari gapirishni hech qachon unutmaydi. Bu bilan u do’stlarni asrab, dushmanlar yo’liga g’ov qo’yadi.

Har qanday ishni boshlashdan avval, shart-sharoitni yaxshilab o’rganish kerak. Bu ishni ayniqsa, rejalashtirilgan ishning muvaffaqiyati aniq bo’lmagan hollarda amalga oshirish juda ham muhim. Ishni boshlash uchun rozilik berish yoki undan voz kechishni iloji boricha orqaga surib, yaxshilab fikrlab olishga etarli vaqt topish kerak bo’ladi. Shunda to’g’ri qaror qabul qilish uchun kerakli bo’lgan turli xil ma’lumotlar topish va o’ylab olish uchun yetarlicha vaqt topish mumkinbo’ladi.

Eng nozik joyingizni imkoniyat boricha yashirishga harakat qiling, chunki, boshqalar (hamkorlar, hamkasblar yoki dushmanlar) kerakli paytda va kerakli joyda xuddi shu nozik tomoningizga tuzatib bo’lmas zarba berishlari mumkin. Shuning uchun, og’riyotgan joyingiznihech kimsa bilmasin, shunda bu joyingizga zarba berish dushmanlarning hayoliga ham kelmaydi. Ishingizning eng katta foyda keltiradigan sifatini ham hech kim bilmagani ma’qul, aks holda, olayotgan foydangizdan yoki uning kattagina qismidan mahrum bo’lishingiz mumkin.

Suhbat qilish san’ati yaxshilab egallab oling, chunki, suhbatdagina insonning asli kimligi ayon bo’ladi. Xat yozayotganingizda o’ylash uchun ancha vaqt bo’ladi, ammo, suhbat tezkorlik bilan fikrlashni talab qiladi. Suhbatda yoqimli bo’lish uchun hamsuhbatning ruhiyati va aqliga mos kelish kerak bo’ladi. Ammo, suhbatda juda ehtiyot bo’lish kerak bo’ladi, chunki, gap aytish oson, uning uchun javob berish va isbotlash esa qiyin. Gapirgan gap – otilgan o’q deb bejiz aytmaganlar! Mayda-chuyda narsalar haqida gapirib turib, o’zingiz uchun muhim bo’lgan ma’lumot olish uchun imkoniyat qidiring. Suhbat davomida tez- tez to’xtab qoladigan odamni ishontirish oson. Bu esa suhbatda yutib chiqish imkonini yaratadi. Suhbatda chiroyli so’zlardan ko’ra, aql bilan ish ko’rish muhimroq bo’ladi.

Har bir hodisa ketidan nima kelishi mumkinligi haqida fikrlab oling. Ertaga, indinga va bir necha kundan so’ng nimalar bo’lishi mumkinligini bilib olishga harakat qiling. Agar, shunday qilsangiz, og’ir yo’qotishlardan o’zingizni himoya qilgan bo’lasiz. To’g’ri yo’ldan adashmaslik uchun butun umringiz davomida o’ylab ishqiling.

Axmoqlardan uzoqroq yuring, chunki, sizning kimligingizni atrofingizdagi insonlar va oshna-og’aynilaringizga qiyos qilib, bilib olishadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun omadli va hayotda nimagadir erishgan insonlarga yaqin yuring. Juda ham muvaffaqiyatli va omadli bo’lsangiz, ko’proq o’rtacha insonlar bilan muloqot qilganingiz ma’qul. Shunda ko’pchilik orasida obro`-e’tiboringiz va hurmatingiz oshadi.

Ishonishga shoshmang va tez sevib qolmang. Agar, turli xil insonlarga tezda ishonib qolsangiz, keyinchalik afsus-nadomatlarqilishingiz mumkin. Yoddan chiqarmang – nafaqat so’zlar bilan, balki qandaydir ishlar va amallar bilan ham aldaydilar. Do’st tanlashga shoshilmang, chunki, insonni uning do’stlariga qiyoslab, muomala qiladilar. Aqlli inson nodonlar bilan muloqot qilmaydi. Har qanday do’st sinovlarda tekshiriladi. Tasodifiy do’st yaxshi do’st bo’lolmaydi, sinalgan do’st eng yaxshi do’st hisoblanadi. Do’stlik dardni yengillashtiradi va qiyinchiliklarni kamaytiradi. Yaxshi do’st bo’ladiganlar juda kam, ammo, do’st tanlashni bilmaydiganlar uchun do’stlar undan ham kam bo’ladi. Do’st topishdan ko’ra, uni yo’qotish osonroq - shuning uchun, do’stlarni iloji boricha, asrab-avaylang.

Doimo o’zingiz uchun zahira qoldiring, chunki, bu g’alabani ta’minlashning asosidir. Barcha narsangizni, kuchingizni va imkoniyatingizni birdaniga ishlatib yubormang. To’liq g’alabaga erishishda zahira katta ahamiyatga ega, chunki, unishart-sharoitgamos ravishdaaqlbilankeraklivaqtdavakeraklijoydaishlatishmumkin.

Hech nimasi qolmagan va barcha holatda ham hech nima yo’qotmaydiganlar bilan aloqa qilmang va ular bilan kurashmang, chunki, ular barcha narsalarini allaqachon yo’qotganlari uchun, har qanday ishga ham qodir bo’ladilar, ular uchun hech qanday tartib-qoida bo’lmaydi. Ularda ma’naviy tayanchlar va insof-odob tushunchalari yo’qolgani tufayli, umuminsoniy qadriyatlar ham batamom yo’qoladi va sizning ham ular bilan aloqa qilganligingiz uchun omma oldidagi obro`-e’tiboringizga putur tegadi. Kurashga kirishishdan avval raqibingizni chamalang va agar, uning mavqei siz bilan teng bo’lsagina, u bilan bellashishingiz mumkin («shohning dushmani shoh, gadoniki esa gado» - deb bejizaytmaganlar).

Maslahat so’rashdan tortinmang, chunki, bu sizni kamsitmaydi, balki sizga nisbatan e’tiborni orttiradi. Maslahatga quloq solish va shunga mos ravishda harakat qilish aql yetukligidan nishona beradi. Yuqori mansabdagilar bilan juda ham yaqin bo’lish xavfli, pastdagilarbilan juda ham yaqin bo’lish esa, obro`ga putur etkazishi mumkin. Hech qachon yolg’on gapirmang, ammo, haqiqatni ham to’liqgapirmang, chunki, haqiqat bilan juda ehtiyot bo’lib muomala qilish kerak. Bir marta aldasangiz, sizning rostgo’y inson sifatidagi ta’rifingizga tuzatib bo’lmas dog’ tushadi. Aldanganni sodda odam deb bilishadi, ammo, aldoqchini esa firibgarga chiqarib qo’yishadi. Barcha haqiqatni ham gapirib bo’lmaydi, ba’zi haqiqatlarni o’zingizning foydangiz uchun bildirmaganingiz ma’qul bo’lsa, ba’zilarni esa boshqa insonlar foydasi uchun aytmaganligingiz ma’qul. Mansab tashqi ko’rinishga zeb beradi, ammo, bu shaxsning ichki ma’naviy holatiga juda ham kam ta’sir qiladi. Taqdir ba’zi insonlarga katta mansablar berib, ular qalbining kamchiliklarini yo’qotishga harakat qiladi deyish ham mumkin. Mansab egalarining tasavvuri juda ham ilgarilab, o’z imkoniyatlari doirasidan ko’ra ko’proq narsalarga erishishga intiladi va bu bilan tuzoqqa tushib qolishadi («tekinga o’rgansa baliq, qarmoqqa ilinishi aniq» - deb bejizaytmaganlar).

O’jar bo’lmang, chunki, barcha kaltafahmlar o’jar, o’jarlar esa kaltafahm bo’ladilar. Tortishuvda o’jar bo’lsangiz, foydadan ko’ra ko’proq zarar ko’rasiz, haqiqatning tagiga etolmaysiz, hamda ko’pchilik orasida tarbiya ko’rmagan inson sifatida tanilasiz. O’jarlik fikr yuritishingiz tavsifi emas, balki istak-xohishlaringizga intilishda sizning irodangiz tavsifi bo’lishi kerak.

Sizni juda ham maqtaydiganlar va sizga tilyog’lamalik qiladiganlarga ishonmang. Ba’zilar maqtov va yaltoqlik bilan maqtovga o’ch bo’lgan mansabdorlar pinjiga kirib oladilar. Vaqt o’tishi bilan, ishonchga kirib olib, ularga katta zarar keltiradilar. Haqiqiy hurmat burch hisoblanadi, yolg’ondakam hurmat esa firibgarlikning bir ko’rinishidir,xolos. Tilyog’lama insonlar sizning yaxshi tomonlaringizni ko’pirtirib, bu bilan faqatgina o’z manfaatlarini ko’zlaydilar.

Birovning manfaatlarini himoyalayman deb, o’z manfaatlariga erishmoqchi bo’lgan ayyor insonlardan juda ham ehtiyot bo’lish kerak. Ular bir karra aqlli bo’lsa, siz ularndan ikki karra aqlliroq bo’lishga harakat qiling. Agar, ularning qarmog’iga ilinib qolsangiz, kimnidir foydasi deb, o’zingizga katta zarar yetkazib qo’yishingiz mumkin. Dono inson barchadagi yaxshi xislatlarga ahamiyat beradi va yaxshi amal qilish qanchalik qiyinligini ham anglaydi. Aqlsiz inson esa hech kimda biror bir yaxshi xislatni ko’rmay, faqatgina ulardagi yomonliklarni ko’radi, xolos.

O’zingizning kimligingizni, qanday inson ekanligingizni, qanday kamchilik va afzalliklaringiz borligini yaxshi bilib oling. Chunki, sizning obro`-e’tiborli bo’lib, hayotdagi ezgu maqsadlaringizga erishishingiz xuddi shularga bog’liq bo’ladi. Laqma, yolg’onchi, yengiltabiat va firibgar insonlar bilan aloqa qilmang – ular siz bilan juda ham yaqin bo’lib qolganlarida juda ham xavfli bo’lib qoladilar. Bunday insonlarni bilmaganlarning o’zi ham laqma hisoblanadi, ammo, bilib turib, ular bilan aloqa qilganlar esa kaltafahm deb hisoblanadilar.

Hurmat qozonishning eng yaxshi yo’li – yaxshi amallar bilan shug’ullanishdir. Savob amallar qilganingizda ular bilan maqtansangiz, hurmatingizga putur etishi mumkin. Haqiqatni ochiq aytish juda xavfli, ammo, vijdonli inson haqiqatni aytmasdan jim tura olmaydi. Shuning uchun, haqiqatni aytishda uni boshqacha tarzda, misollar vositasida bildirgan ma’qul. Chunki, bunda haqiqatni bilishi kerak bo’lgan kimsalarning ko’ngliga ozor etmaydi va uni aytish ham katta xavftug’dirmaydi.

Yolg’onchi kimsa sifatida nom qozonmang. Undan ko’ra ehtiyotkor inson sifatida taniling. Ko’rinishdan sodda bo’lishga harakat qiling, ammo, laqma bo’lmang. Sinchkov bo’ling, ammo, ayyor bo’lmang. Iloji boricha atrofdagi insonlar sizni ikkiyuzlamachi emas, balki aql-farosatli inson sifatida tanisinlar. Ishonuvchan va soddadil insonlarni yaxshi ko’radilar, ammo, ko’pincha ularni aldashga harakat qiladilar. Eng oliy ayyorlik – ayyorlikni yashirishdir, chunki,,buni yolg’onchilik bilan tenglashtiradilar.

Agar, sher bo’la olmasangiz, tulki terisini yopinib yurganingiz ma’qul. Vaqtida yon bossangiz, yutishga imkon topasiz. Agar, kuchingiz yetmasa, aql-farosat bilan harakat qiling. Kuchdan ko’ra chaqqonlik ijobiy natijaga olib kelishi osonroq. Ko’pincha aqllilar kuchlilarni yengadilar. Buning teskarisi juda kam kuzatilgan.

Boshqalardan juda ham ajralib turishga harakat qilmang, chunki, birinchidan, ko’pchilik buni to’g’ri qabul qilmaydi va ikkinchidan, bu holat o’zingizni noqulay holatga solib qo’yadi. Atrofdagi insonlardan juda ham katta farq qilsangiz, sizdan do’stlaringiz ham yuz o’girishi mumkin. Chiroyli va aqlli so’zlar gapiraman deb, atrofingizdagilarni xafa qilib qo’ymang. Siz bittasiz, dushmanlaringiz esa ko’pchilik - ularga biror bir nimani uqtirganingizcha, ular sizni osongina yengadilar. Barcha ig’vogarlarni yomon ko’rgani bilan, ko’pincha, ularni gapga solib, o’z qiziqishlarini qondiradilar. Ammo, ularga bo’lgan nafrat esa hech qachon kamaymaydi.

Yarim bajarilgan ishni hech qachon ko’rsatmang – ish tugagandan so’ng uni chiroyli qilib ko’rsatganingiz ma’qul. Aks holda, birinchi bor ko’rilgan chala ish barchaning xotirasiga muhrlanib qoladi. Iloji boricha, kechirimli bo’ling. Juda ham zarur bo’lmaguncha, o’zingizni oqlashga harakat qilmang, chunki, juda ham berilib o’zini oqlash jinoyat qilganlik nishonasi deb tushuniladi. Oldindan kechirim so’rash – o’z- o’zini ayblashdir. Haqligingizni bildirish uchun oldindan o’zingizni oqlab, o’zingizga nisbatan shubha uyg’otasiz va qilmagan ishingiz uchun ham sizni nohaq ayblashlari mumkin. Faqat, o’zingiz uchungina emas, balki, boshqalar uchun ham yashashga harakat qiling. Faqat, o’zi uchun yashaydiganlar barcha narsa o’zlariniki bo’lishini istab, do’stlardanajrab qoladilar. Ammo, faqatgina boshqalar uchun yashaydiganlar ham bo’ladi - ular mustaqil hayot kechira olmaydilar. Esingizdan chiqmasin, begonalar sizdan foyda chiqqani uchungina sizga yaqin bo’lishga harakat qiladilar. Shuning uchun, yaxshilikni avvalo o’z do’stlaringiz va yaqinlaringizga qiling.

Yaxshilikni ham oz-ozdan, tez-tez va aql bilanqiling.Sizga bo’lgan minnatdorchilik doimiy bo’lishiga vatugamasligigaharakat qiling. Agar, yaxshilik qilish imkoniyatidan mahrum bo’lsangiz, do’stlaringiz ham buni ko’rib, sizdan uzoqlasha boshlaydilar. Do’stlarni yo’qotib qo’ymaslik uchun ular to’layolmaydiganqarzlarni so’rab o’tirmang, aks holda, do’stlaringizdan tezda ajrab qolasiz. Istalgan odam dushman bo’lib qolishi mumkin, ammo, har kimhamdo’st bo’laolmaydi.Engashaddiydushmanlareskido’stlardanchiqadi,chunki, ular sizning nozik tomonlaringizni juda yaxshi bilishadi. Dushmanlik qilishning oldini oling va uniyaxshitomonga o’zgartirishga harakat qiling. Qasos olishga emas, balki,xafagarchiliklarning oldini olishga intilgan ma’qul.Eng yaxshisi– raqobatchi bo’lishi mumkinbo’lganlarni o’z tomoningizgaog’dira olishingizdir. Ularni minnatdorchilik bildirishga majburqilib,dushmanchilikka imkon qoldirmaganingiz ma’qul.

Barchaga yoqadigan narsalarni (yoki amallarni, odatlarni) yomonlamang. Chunki, ularda biror-bir yaxshi tomon bordirki, ko’pchilik ular haqida ijobiy fikr bildiradi. Ba’zi paytlarda bularni tushuntirish mumkin emas, ammo, bu barchaga yoqadi. Sizning bularning yaxshi tomonini topa olmasangiz ham, ko’pchilikka qarshi chiqmang.

Ko’p sohalardan chala bilim olishga emas, bir sohada chuqur bilim olishga intiling. Chunki, foydali bo’lgan bilimdonlilik son bilan emas, balki, sifat bilan aniqlanadi. Ajoyib narsa bitta bo’ladi va kam uchraydi, ko’p narsaning esa qadri bo’lmaydi. Universal bilimli insonlarning yomon tomoni – ular ko’p narsani bilishga intilib, birorbir sohani chuqur egallab ololmaydilar. Biror bir sohadagi chuqur bilimgina yuqori malakali mutaxassis bo’lishga imkon beradi. Bo’lar- bo’lmas narsalar bilan shug’ullangandan ko’ra, hech nima qilmagan ma’qul. Malakali inson o’ziga emas, balki, ko’pchilikka tegishli bo’ladi. Sizga berilgan imkoniyatlardan eng yaxshisini va o’zingizga mos bo’lganinigina rivojlantiring. Shundagina yuksak cho’qqilarga erishishingiz mumkin.




Download 63,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish