Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Hissiy ton tushunchasiga ko‘pgina adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning «Umumiy psixologiya” darsligida hissiyot jon sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo‘yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog‘langan hissiyot, deb ta’riflanadi. Professor E.Gʻoziyev tomonidan hissiy ton-u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iboratdir. Q.Turg‘unov lug‘atida hissiy ton - hissiyot sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus emosional bo‘yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan bog‘langan hissiyot. Masalan, og‘riq bir qator qo‘zg‘ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi.
Ko‘pincha emosiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emosiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yulduzni narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Q.Turg‘unov lug‘atida stenik hisga quyidagi ta’riflar uchraydi: stenik hislar - shaxsning hayot faoliyatini kuch-g‘ayratining orttiradigan barcha bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emosiyalarni vujudga keltiradi.
Ba’zi hollarda emosiyalar o‘zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi. Shu sababdan favqulotda shaxsdagi befoyda emosional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.
Odam o‘zini va gavda harakatlarini, shuningdek tovushni ataylab chiroyli qilib ko‘rsatishi mumkin. U garchi «muayyan hissiyotlarni o‘zi kechirmayotgan bo‘lsa ham o‘sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi.
Har bir kishi ham o‘z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada o‘zgartirishi mumkin. Odamlarni kundalik muomalalarida badanning xilma-xil ifodali xarakatlari, imo-ishoralar xususan, ko‘z bilan qilinadigan imo-ishoralar, tovushning ohangi, g‘amginligi muhim ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo‘mrayish, salgina jilmayib kulish, yelka qisish kabi ifodali harakatlar kishining maqsadini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |