ODAMLARDA QON GURUHLARINING NASLDAN-NASLGA O‘TISHI VA KODOMINANTLIK
Qon guruhlarining nasldan-naslga o‘tishi ham ko‘p allel genlar bilan boshqariladi. Odamda 4 xil qon guruhi ma’lum: I (0), II (A), III (B) va IV (AB). Agar A, B yoki AB guruhga ega bo‘lgan qonni 0 guruh qoni bo‘lgan kishiga quyilsa, bu kishi o‘lishi mumkin. CHunki A guruh qoni eritrotsitlarida A-antigeni, B-guruhda B-antigeni bo‘ladi. AB guruh qonida esa antigen bo‘lmaydi. Zardob bo‘yicha bu to‘rtta qon guruhi bir-biridan quyidagicha farqlanadi: 0 guruhda qon zardobida ikkita antitelo α va β, A guruhda antitelo β, V guruhda antitelo α bo‘lsa, AB guruh zardobida esa antitelo bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |