6-mavzu: miologiya. Tana muskullarining sinflanishi. Mavzu rejasi: Gavdaning orqa muskulari



Download 2,19 Mb.
bet3/3
Sana23.07.2022
Hajmi2,19 Mb.
#844316
1   2   3
Son muskuli: Bu muskul 3 guruhga ajratiladi:
1) Sonning oldingi guruh muskullari
2) Sonning ichki guruh muskullari
3) Sonning orqa guruh muskullari
Oldingi guruh muskullari
I Sonning to’rt boshli muskuli (m. quadriceps femoris)- bu muskulning har bir boshchasi alohida muskuldan tashkil topgan.
1) Sonning to'g'ri muskuli (m. rectus femoris)- chanoq suyagining spina iliaca anterior inferior o’simtasidan boshlanib, katta bolder suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: oyoqni chanoq-son bo’g’imida bukib, tizza bo’g’imida yozadi.
2) Lateral keng muskuli (m. vastus lateralis)- son suyagining linea intertrochanterica sohasidan va son suyagining orqa yuzasidagi chizig’ining lateral sohasidan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: tizza bo’g’imida boldirni yozadi.
3) Medial keng muskuli (m. vastus medialis)- labium mediale linea aspera femoris chizig’idan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: tizza bo’g’imida boldirni yozadi.
4) Oraliqdagi keng muskuli (m. vastus intermedius)- son suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: tizza bo’g’imida boldirni yozadi.
Bu to’rttala muskul paylarining pastki uchlari o’zaro qo’shilib, umumiy to’rt boshli muskul payini hosil qiladi. Bu pay tizza qopqog’ining ustidan o’tib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: oyoqni tizza bo’g’imida bukadi.
II Tikuvchilar muskuli (m. sartorius)- chanoq suyagining spina iliaca anterior superior o’simtasidan boshlanib, tasma shaklida sonning medial tarafiga yo’naladi va katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: oyoqni tizza bo’g’imida bukadi.
III tizza bo’g’imining muskuli (m. articularis genus)- to’rt boshli muskul payining ostida joylashadi. Vazifasi: tizza bo’g’imini yozadi va bo’g’im xaltasini yozish paytida bo’g’im yuzasidan uzoqlashtiradi. Bu muskullarning hammasi n. femoralis orqali boshqariladi.
Sonning orqa guruh muskullari
1) Yarim pay muskuli (m. semitendinosus)- o’tirg’ich suyagining tuberositas ischii bo’rtig’idan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: tizza bo’g’imini bukadi va oyoqni chanoq-son bo’g’imida yozadi.
2) Yarim parda muskuli (m. semimembranosus)- o’tirg’ich suyagining tuberositas ischii bo’rtig’idan boshlanib, katta boldir suyagining condylus medialis bo’rtig’iga, tizza bo’g’imining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: tizza bo’g’imini bukadi va oyoqni chanoq-son bo’g’imida yozadi.
3) Sonning ikki boshli muskuli (m. biceps femoris)- bu muskulning uzun boshchasi o’tirg’ich suyagining tuberositas ischii bo’rtig’idan boshlanadi. Kichik boshchasi son suyagidagi labium laterale linea chizig’idan boshlanadi. Har ikkala bosh o’zaro qo’shilib, kichik boldir suyagining boshchasiga birikadi. . Vazifasi: tizza bo’g’imini bukadi va oyoqni chanoq-son bo’g’imida yozadi.
4) Taqim muskuli (m. popliteus)- son suyagining epicondylus lateralis o’sig’idan boshlanib, katta boldir suyagi ustki uchining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: tizza bo’g’imini bukadi. Bu muskullarning hammasi n. tibialis orqali boshqariladi.
Sonning ichki guruh muskullari
1) Taroqsimon muskuli (m.pectineus)- qov suyagining yuqori ravog’idan boshlanib, son suyagining linea pectinea chizig’iga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtiradi, chanoq-son bo’g’imida bukadi va tashqariga buradi.
2) Uzun yaqinlashtiruvchi muskuli (m. adductor longus)- qov suyagining ravog’idan boshlanib, son suyagining labium mediale linea chizig’iga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtiradi, chanoq-son bo’g’imida biroz bukish va tashqariga buradi.
3) Kalta yaqinlashtiruvchi muskuli (m. adductor brevis)- qov suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, son suyagidagi linea aspera chizig’ining medial qismiga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtiradi, chanoq-son bo’g’imida biroz bukish va tashqariga buradi.
4) Katta yaqinlashtiruvchi muskuli (m. adductor magnus)- qov hamda o’tirg’ich suyagi ravog’idan va o’tirg’ich suyagi bo’rtig’idan boshlanib, son suyagining labium mediale linea chizig’iga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtiradi, chanoq-son bo’g’imida biroz bukish va tashqariga buradi.
5) Nozik muskuli (m. gracilus)- qov suyagining pastki ravog’idan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: sonni o’zaro yaqinlashtirib, tizza bo’g’imida bukadi va ichkariga buradi. Bu muskullarning hammasi n. obturatorius orqali boshqariladi.
Son kanali - Canalis femoralis
Sog’lom odamlarda bu kanal bo’lmaydi, balki biriktiruvchi to’qima, limfa tugunlari, tomirlar bilan to’lgan bo’ladi. Son churrasi paydo bo’lgan taqdirdagina kanal hosil bo’ladi. Kanal hosil bo’lishida quyidagi devorlar bo’ladi: tashqi-lateral devorni son venasi, oldingi devorning sonning serbar fassiyasining yuza varog’i hosil qiladi, orqa devorni serbar fassiyasining chuqur varog’I hosil qiladi; ichki-medial devoir har ikkala varoqning birikishi natijasida hosil bo’lgan taroqsimon muskul fassiyasi hisobiga hosil bo’ladi. Son kanalining devorlaridan tashqari, kirish va chiqish halqalari bo’ladi. Kirish halqasi yoki son halqasi tomir lacunasi ning ichki tarafida joylashadi va sog’ odamlarda biriktiruvchi to’qima, limfa tomirlari va tugunlari bilan to’lib turadi. Son halqasining lateral qismini son venasi, ichki medial sohasidagi boylami, oldingi devorini esa chov boylami hosil qiladi. Orqa devoir taroqsimon boylamdan hosil bo’ladi. Son halqasining kengligi erkaklarda 1 sm bo’lsa, ayollarda 1,8 sm bo’ladi. Ayollarda halqaning kengroq bo’lishi ular chonog’ining kengligi hisobiga bo’ladi.
Son uchburchagi -Trigonum femorale
Sonning oldingi yuzasi yuqori sohasida bo’ladi, bu yuza yuqoridan chov boylami, lateral tarafdan tikuvchilar muskuli, ichki tarafdan esa uzun yaqinlashtiruvchi muskul bilan chegaralanadi. Bu uchburchak tubini yonbosh-bel muskuli va taroqsimon muskul hosil qiladi. Son uchburchagining pastki uchidan yaqinlashtiruvchi kanal boshlanadi. Yaqinlashtiruvchi kanal sonning pastki yuzasida bo’lib, taqim osti chuqurchasiga ochiladi.
Boldir muskuli
Bu muskul 3 guruhga bo’linadi:
1) Oldingi
2) Orqa
3) Lateral
Boldirning oldingi guruh muskuli
1) Oldingi katta boldir muskuli (m. tibialis anterior)- Katta boldir suyagi- condylus lateralis bo’rtig’I va son yuzasidan boshlanib, oyoq panja suyaklarining medial ponasimon suyagiga va I kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: boldir-oshiq bo’g’imida yozadi, oyoq kaftining medial sohasini ko’taradi.
2) Barmoqlarni yozuvchi uzun muskuli (m. extensor digitorum longus)- katta boldir suyagining condylus lateralis bo’rtig’idan, kichik boldir suyagining boshchasidan va oldingi yuzasidan boshlanib, muskul paylari II – V barmoq ustki yuzasiga birikadi. Vazifasi: oyoq barmoqlarini yozadi.
3) Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskuli (m. extensor hallucis longus)- kichik boldir suyagining ichki yuzasidan boshlanib, bosh barmoq distal falanga suyagiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. Bu muskullarning hammasi n. peroneus profundus orqali boshqariladi.
Boldirning lateral guruh muskuli
1) Kichik boldirning uzun muskuli (m. peroneus longus)- kichik boldir suyagining boshchasidan va yuqori uchining yon yuzasidan boshlanib, lateral to’piqni orqa sohadan va ostidan aylanib o’tib, medial ponasimon suyakka va I kaft suyagiga birikadi. Vazifasi: oyoq kaftini bukadi va ichkariga buradi.
2) Kichik boldirning kalta muskuli (m. peroneus brevis)- kichik boldir suyagi yuqori uchining yon yuzasidan boshlanadi, lateral to’piqni aylanib o’tgan holda V kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: oyoq kaftini bukadi va ichkariga buradi. Bu muskullar n. peroneus superficialis orqali boshqariladi.
Boldirning orqa guruh muskuli ( Yuza muskul)
1) Boldirning uch boshli muskuli (m. triceps surae)- bu muskul payi tovon suyagining bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: oyoqni boldir-oshiq bo’g’imida bukadi. Bu muskul alohida ikki muskuldan tashkil topgan:
a) m. gastrocnemius- son suyagining taqim yuzasidan, son suyagi pastki uchining bo’rtiqlaridan boshlanib, pastki uchi umumiy payga davom etadi va tovon suyagining orqa yuzasiga birikadi. Muskulda caput laterale va caput mediale boshchalari bo’ladi. Vazifasi: oyoq panjasini bukadi hamda tashqariga buradi va tizza bo’g’imida bukadi.
b) m. soleus - kambalasimon muskuli kichik boldir suyagining boshchasidan, yuqori uchining orqa yuzasidan boshlanib, pastki sohada uch boshli muskul payiga davom etadi va tovon suyagining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: oyoq panjasini bukadi hamda tashqariga buradi.
2) Kaft muskuli (m. plantaris)- son suyagining condylus lateralis bo’rtig’idan boshlanib, tovon suyagining bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: Vazifasi: oyoq panjasini bukadi hamda tashqariga buradi.
3) Taqim muskuli (m. popliteus)- son suyagining lateral do’ngligidan boshlanadi, katta boldir suyagining taqim osti yuzasiga birikadi. Tizza bo’g’imi xaltasining orqa yuzasida joylashib, bukishda qatnashadi. Bu muskullar n. tibialis orqali boshqariladi.
Chuqur muskul
1) Barmoqlarni bukuvchi uzun muskuli (m. flexor digitorum longus)- katta boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanadi, muskul paylari medial to’piqni aylanib o’tib, II – V barmoqlarning tirnoq falangalariga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni va oyoq kaftini bukadi va tashqariga buradi.
2) Katta boldirning orqa muskuli (m. tibialis posterior)- katta va kichik boldir suyaklarining orqa yuzasidan boshlanib, ichki to’piqni aylanib o’tadi va oyoqning kaft sohasida qayiqsimon suyak do’mbog’i, uchta ponasimon suyak va II - V kaft suyaklari asosiga birikadi. Vazifasi: oyoq kaftini boldir-oshiq bo’g’imida bukadi.
3) Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskuli (m. flexor hallucis longus)- kichik boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanadi, muskul paylari bosh barmoqning tirnoq falangasisa birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni va oyoq kaftini bukadi hamda tashqariga buradi. Bu muskullar n. tibialis orqali boshqariladi.
Oyoq panjasi muskuli
Bu muskul 2 guruhga ajratiladi:
a) oyoq panjasining ustki yuzasida joylashgan muskul.
b) oyoq panjasining ostki yuzasida joylashgan muskul.
Ostki muskul o’z navbatida 3 ga bo’linadi:
1) Medial muskuli 2) Lateral muskuli 3) O’rta muskuli
Medial guruh muskuli
1) Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskuli (m. abductor hallucis)- tovon suyagining medial o’simtasidan, qayiqsimon suyak bo’rtig’idan boshlanib, bosh barmoqning proksimal falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi.
2) Bosh barmoqni bukuvchi kalta muskuli (m. flexor hallucis brevis)- medial ponasimon suyakdan boshlanib, bosh barmoqning proksimal falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni bukadi.
3) Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskuli ( m. abductor hallucis) - kubsimin va lateral ponasimon suyakdan, II – V kaft suyaklaridan boshlanib, bosh barmoq proksimal falanga suyagiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi. Bu muskullar n. plantaris medialis orqali boshqariladi.
Lateral guruh muskuli
1) Kichik barmoqni uzoqlashtiruvchi muskuli (m. abductor digiti minimi)- tovon suyagining lateral chekkasidan boshlanib, kichik barmoqning proksimal falanga suyagiga birikadi. Vazifasi: kichik barmoqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi.
2) Kichik barmoqni bukuvchi kalta muskuli ( m. flexor digiti minimi brevis) - V kaft suyagining asosidan boshlanib, kichik barmoq proksimal falanga suyagiga birikadi. Vazifasi: kichik barmoqni bukadi. Bu muskullar n. plantaris medialis orqali boshqariladi.
O’rta guruh muskuli
1) Barmoqlarni bukuvchi kalta muskuli (m. flexor digitorum brevis)- tovon suyagi bo’rtig’idan boshlanib, II – V barmoqlarning o’rta falangalariga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni bukadi.
2) Oyoq kafti kvadrat muskuli (m. quadrates plantae)- tovon suyagidan boshlanib, barmoqlarni bukuvchi uzun muskul paylariga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni bukadi.
3) Chuvalchangsimon muskuli (m. lumbricales)- II – V barmoqlarni bukuvchi uzun muskul paylaridan boshlanib, II – V barmoqlarning proksimal falangalariga birikadi. Vazifasi: proksimal falangalarini bukadi.
4) Suyaklararo muskuli (m. interossei)- bu muskul oyoq-kaft suyaklari orasini to’ldirib, kaft sohasidagi va ustki yuzasidagi muskullar guruhiga ajraladi:
a) m. interossei plantaris- III – V kaft suyaklarining medial yuzasidan boshlanib, III – V barmoqlar proksimal falangalarining medial yuzasiga birikadi. Vazifasi: III – V barmoqni II barmoqqa yaqinlashtiradi.
b) m. interossei dorsales- II – V kaft suyaklaridan boshlanib, II – IV barmoqlarining proksimal falangalariga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni o’zaro uzoqlashtiradi. Bu muskullar n. plantaris lateralis orqali boshqariladi.
Kaft oldimuskul
1) Barmoqlarni yozuvchi kalta muskuli (m. extensor digitorum brevis)- tovon suyagining ustki yuzasidan boshl;anadi, II – IV barmoqlarning distal falangalarining ustki yuzasiga birikadi. Vazifasi: II – IV barmoqlarni yozadi.
2) Bosh barmoqni yozuvchi kalta muskuli (m. extensor hallucis brevis) - tovon suyagining ustki lateral yuzasidan boshlanadi, bosh barmoqning distal falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. Bu muskullar n. peroneus profundus orqali boshqariladi.
Bosh muskullari:
Lunj muskuli - Yupqa to`rtburchak shakldagi muskul. Og`iz burchagi yaqinidagi shilliq qavatga birikadi, yupqa va pastki labga, og`iz aylana muskulining chuqur tutamlariga ham yopishadi. Lunj muskuli og`iz burchagini orqaga tortadi.Yuqori labni ko`taruvchi muskul - Yuqori jag` suyagining ko`z kosasasi osti qirrasidan boshlanib, yuqori lab terisiga birikadi. Qisqarganda Yuqori labni ko`taradi, burun katagini kengaytiradi.Yonoq katta va kichik muskuli - yonoq suyagidan chakka suyagining yonoq o`sig`idan boshlanib, og`iz burchagining terisiga (Yuqorigi tomonidan) va lunjning shilliq qavatiga yopishadi. Bu muskullar og`iz burchagini yuqori va yon tamonga tortadi, natijada Yuz tabassum qiladi.Og`iz burchagini ko`taruvchi muskul yuqori jag` suyagining oldingi yuzasidagi kuldirgich chuqurchasidan boshlanib, lab terisiga birikadi. Qisqarganida og`iz burchagini yuqoriga va tashqariga tortadi.Kulgu muskuli - chaynov fassiyasidan boshlanib, og`iz burchagi terisiga birikadi. Qisqarganda og`iz burchagini tashqariga tortadi.
Quloq suprasi muskullari odamda kam rivojlangan. Umuman quloq suprasiga oldindan orqa va yuqori tomondan kelib yopishuvchi muskullar bo`lib, rudimentar holdadir. Bular o`z funksiyasini butunlay yo`qotgan desa bo`ladi. Quloq suprasini qimirlatadigan odam kamdan-kam uchraydi.
Chaynov muskullari to`rtta bo`lib, ular kalla suyagidan va pastki jag` suyagining turli qismlariga yopishadi. Chaynov muskullarining vazifasi pastki jag` suyagini yuqori jag` suyagiga yopishishini taminlaydi. Chaynov muskullariga quyidagilar kiradi: chaynov muskuli, chakka muskuli, ichki qanotsimon muskul, tashqi qanotsimon muskul.
Bo`yin muskullari bo`yindan o`tadigan a`zolar atrofini o`rab turadi va quyidagi guruhlarga bo`lin
I-Yuza muskullar.
II-til osti suyagi sohasidagi muskullar.a) til osti suyagidan Yuqoridajoylashgan muskullar.
b) til osti suyagidan pastdajoylashgan muskullar
III- chuqur muskullar.
a) Yon tomondagi qovurg`alarga birikuvchi muskullar (narvon muskullar)
b) umurtqa oldi muskullari.
Bo’yinda 5ta fassiya farqlanadi.
Yuza fassiyalari- bo’yinning teri osti qismini o’rab turadi. Bevosita yuzga ko’krak qafasiga ham ulanib turadi.
Xususiy fassiya- Bunda ikki xil fassiyani tushuninsh mumkin bir qismi chakka suyagining so’rg’ichsimon o’simtasidan boshlanadi va pasttan to’sh suyagi va o’mrovning ichki medial yuzasiga birikadi. Ikkinchi qisim esa orqadan umurtqaning ko’ndalang o’simtalarini birbiriga bog’lab turadi. 1- va 2- qisimlar oldi tomonda birlashib bo’yinning oq chizig’ini hosil qiladi.
Chuqur fassiya – asosan til osti suyagidan boshlanib to’sh suyagi va o’mrov suyagini bog’lab turadi. II- III – umurtqa atrofidagi fassiyada oraliq bo’lib unda vena chigali bo’ladi.
Ichki fassiya – visseral va pariental varoqlargabo’linadi bo’yin qismidagi ichki azolarni o’rab turadi.
Bo’yin umurtqa oldi fassiyalari – bo’yinning ko’ndalang o’simtalari orasida bo’lib bo’yinning chuqur guruh fassiyalarininustidan qoplab turadi.
Bo`yinning Yuza muskullari.
Bo`yinning teri osti muskuli -Yupqa, yassi muskul bo`lib, bevosita bo`yin teri ostida yotadi. Bu muskul ko`krak fassiyasining II-qovurg`a sohasidan boshlanib, pastki jag`ning qirg`og`iga yopishadi. Qisqarganda bo`yin terisini ko`tarib Yuza venalardan qon oqishini yaxshilaydi.
To`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskul -to`sh suyagining oldingi sathidan, o`mrov suyagining to`sh suyagiga qaragan uchidan boshlanib, chakka suyaginingso`rg`ichsimon o`sig`iga yopishadi.
Til osti suyagida joylashgan muskullar.
Ikki qorinli muskul -o`zaro oraliq pay bilan birikkan oldingi va orqa qorinchalardan iborat. Har ikkala qorin o`rtasidagi pay qismi fibroz to`qima yordamida tilosti suyagi katta shohining asosiga yopishgan. Shuning uchun ham muskul Yuqoriga pastki jag`ga qaragan yoyga o`xshaydi.
Bigiz - til osti muskuli -chakka suyagi bigizsimon o`sig`idan boshlanadi, pastga va oldinga yo`nalib til osti suyagiga birikadi.Jag` til osti muskuli-keng yassi muskul. Pastki jag`dan boshlanib, tilosti suyagining tonusuga yopishadi.Engak — til osti muskuli jag` til osti muskulining ustida joylashgan. Engak o`sig`idan boshlanib, til osti suyagiga birikadi Til osti suyagidan Yuqorida joylashgan to`rtala muskul qisqarganda til osti suyagini yuqoriga tortadi.Kurak til osti muskuli - kurakning yuqori chetidan boshlanib, til osti suyagining tanasiga yopishadi. Muskul ikki qorinli bo`lib, pastdan yuqoriga yo`naladi.To`sh til osti muskuli — to`sh suyagi dastasini orqa yuzasidan o`mrov suyagining to`sh uchi va orqa to`sh o`mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagining pastki chekkasiga birikadi. Qisqarganda til osti suyagini pastga tortadi.To`sh qalqonsimon muskul — to`sh suyagi dastasini orqa yuzasidan va I qovurg`a to`g`ayidan boshlanib, hiqildoqning qalqonsimon to`g`ayi qiyshiq chizig`iga birikadi.Qalqonsimon til osti muskuli - qalqonsimon tog`ay qiyshiq chizig`idan boshlanib, til osti suyagi tanasi va katta shohiga birikadi. Til osti suyagi qimirlamay turganida qisqarsa, hiqildoqni yuqoriga tortadi.Bo`yinning chuqur muskullari tashqi va umurtqa oldi guruhlariga bo`linadi.Tashqi guruhga uchta: oldingi, o`rta va orqa narvonsimon muskullar kiradi.Oldingi narvonsimon muskul — III-IV bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`sig`ining oldingi do`mbog`idan boshlanib, I-qovurg`aning oldingi narvonsimon do`mbog`iga birikadi. O`rtadagi narvon muskul - barcha bo`yin umurtqalarining ko`ndalang o`siqlaridan boshlanib, I qovurg`aga birikadi.Orqa narvon muskul - IV-VI bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`siqlarining orqa do`mboqchalaridan boshlanib, II qovurg`aning yuqorigi chekkasi va tashqi yuzasiga birikadi.
Bo`yinning umurtqa oldi muskullari. Bo`yinnning uzun muskuli -Yuqorigi uchta ko`krak va pastki uchta bo`yin umurtqalari tanalarining oldingi Yuzasidan, III-V bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`siqlarining oldingi do`mboqlaridan boshlanib, Il-IV bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`siqlarining oldingi do`mboqlariga va atlantning oldingi do`mboqchasiga birikadi.
Boshning uzun muskuli - III-VI bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`siqlarining oldingi do`mboqchalaridan boshlanib, ensa suyagi asosiy qismini pastki yuzasiga birikadi.
Bo`yining umurtqa oldi muskullariga yana boshning oldingi to`g`ri muskuli va boshning tashqi to`g`ri muskuli kiradi.
Orqaning yuza mushaklari
1.M.trapezium – trapetsiyasimon mushak a) Trapetsiyasimon mushakning tushuvchi qismi – ensa suyagining bo’rtig’idan VII bo’yin umurtqasinng qirrali o’simtasidan boshlanadi. Birikish soxasi: o’mrov suyagining laterial qismi va kurak suyagining acromion o’simtasining medial yuzasiga to’g’ri keladi.b) trapetsiyasimon mushakning ko’tariluvchi qismi- ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalaridan boshlanadi. Kurak suyagining spina scapulae o’simtasiga birikadi.Vazifasi: kurak suyagini va yelkani pastga tortadi,uni laterial tarafga buradi.
2. Orqaning serbar mushagi.Boshlanish ohasi – pastki 4ta ko’krak va bel umurtqalarining qirrali o’simtalaridan , dumg’aza suyagining o’rta o’simtasidan , yonbosh suyagi qirrasining orqa qismidan orqa sohasidan boshlanadi. Birikish sohasi: yelka suyagi kichik bo’rtig’ining qirrasiga birikadi. Vazifasi yelka sohasini yozadi va ichkariga buradi. Qovurg’alardan boshlanganligi uchun nafas olishda qatnashadi.
3. Katta va kichik rombsimon mushaklar Boshlanish sohasi : ikki pastki bo’yin umurtqasi va 4ta yuqorigi ko’krak umurtqasi qirrali o’simtalaridan boshlanadi. Birikishi: kurak suyagining medial sohasiga birikadi. Vazifasi kurak suyagini ichki tarafga buradi va yuqoriga ko’taradi.
4. Orqaning yuqori tishsimon mushagi: Boshlanishi : yuqorigi 2ta bo’yin va yuqorigi ikkita ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalaridan boshlanib II va V qovurg’alarda tugaydi. Vazifasi qovurg’ani yuqoriga tortadi.
5. Orqaning pastki tishsimon mushagi: Boshlanishi: pastki ikkita ko’krak va yuqorigi ikkita bel umurtqalarining qirrali o’simtalaridan boshlanib IX- XII qovurg’alarda tugaydi. Vazifasi yuqoriga antagonist.
Orqaning chuqur guruh mushaklari.
Qirrali va ko’ndalang o’simtalar orasidagi mushaklar. Bu mushaklar tarkibida qayishsimon mushaklar ham bo’ladi
Qirrali va ko’ndalang o’simtalar orasidagi mushaklar.
1.Kallaning va bo’yinning qayishsimon mushagi. Pastki 5ta bo’yin 6ta ko’ktak umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanadi va ensa suyagi va chakka tomoni qisqarganda mushak joylashgan tarafga bursa , ikkinchi tomoni qisqarganda kallani orqaga tortib bo’yin muskullarini yozadi.
2. Gavdani tikkalaydigan mushak
Dumg’aza suyagining orqa yuzasidan , bel umurtqalarining qirrali o’simtalaridan yonbosh suyagining qirrasidan boshlanib , ensa suyagiga yo’naladi va birikish sohasiga nisbatan 3 guruhga bo’linadi.
Hamma qovurg’alarning burchagiga birikadi.
Chakka suyagining so’rg’ichsimon o’simtasiga birikadi.
Umurtqalarning qirrali o’simtalariga va ensa suyagining bo’rtig’iga birikadi.
3. Qirrali o’simtalar orasidagi mushaklar
Bo’yin va bel sohasida uchrab umurtqa sohasini yozadi.
4. Belning kvadrat mushagi Boshlanish sohasi: chanoq suyagidan va
yonbosh suyagining qirrasining ichki labidan boshlanadi Birikish sohasi- oxirgi qovurg’aning pastki qirrasiga va I- IV bel umurtqasining ko’ndalang o’simtalariga birikadi.Vazifasi tanani yon tomonga bukish va ohirgi qovurg’ani tushurish.
5. Qovurg’alarni ko’taruvchi mushaklar:
Boshlanishi: 7-11 ko’krak umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanadi. Birikish sohasi: kalta qovurg’alarni ko’taruvchi mushaklar ostidagi qovurg’alar burchagiga birikadi. Vazifasi: Qovurg’alarni ko’taradi umurtqa pog’onasini bukadi.
Oldi guruh mushaklari :
1. Ko’krak

Yuza

katta ko’krak mushagi

Kichik ko’krak mushagi

O’mrov osti mushagi

Oldingi tishsimon mushak.

Autaxton

Tashqi qovurg’alar aro mushak

Ichki qovurg’alar aro mushak

Qovurg’a osti mushagi

Ko’krakning ko’ndalang mushagi

2. Qorin mushaklariga bo’linadi
1. Ko’krak o’z navbatida:
Ko’krakning xususiy mushaklari nafas olish jarayonida qatnashadi.
Tashqi qovurg’alar aro mushaklar ko’krak qafasini kengaytirib , nafas olishni taminlaydi. Qolgan autaxton mushaklar ko’krak qafasin toraytiradi va nafas chiqarishni taminlaydi.

Diafragma muskuli:


Ko’krak –qorin to’sig’ini hosil etuvchi anatamik hosila , mushaklar fassiya va serroz pardalardan tashkil topadi.Diafragmaning markaz qismi serbar paydan tashkil topgan bo’lib , ko’krak qafasi bo’shlig’iga qarab chiqqan bo’ladi. Diafragmaning tashqi sohalari , mushak to’qimasidan hosil bo’lib joylashgan sohalari bo’yicha 3 qisimga bo’linadi
Bel qismi, 2 Qovurg’a qismi,3 To’sh suygiga to’g’ri kelgan qismi.
Diafragma mushagining va qisimlari orasidagi uchburchaksimon hosila, uning orasida yanada kattaroq uchburchak hosila markazidagi pay qismida , pastki kovak vena o’tadigan teshik hosil bo’ladi. Diafragma ko’krak qafasi tarafga qarab chiqqanligidan , uning mushaklari qisqarishi natijasida diafragma yassilanib, ko’krak qafasi hajmi kengayadi va nafas olishda qatnashadi.
2. Qorin mushaklari: 1.Qorinning tashqi qiyshiq mushagi boshlanishsohasi :Ko’krakqafasiyonsohasidagipastki 8taqovurg’adan , pastkitutamlariesayonboshsuyagiqirrasiningtashqilabidanboshlanadi. Qorinningo’rtachizig’idagimuskullargabirikadi.
2. Qorinningichkiqiyshiqmuskullari. Boshlanishiyonboshsuyaginingo’rtachizig’idan, orqatutamlaribelsohasidanbumushaktashqiqiyshiqmushakningostidajoylashibo’zigaqaramaqarshishunomlimushaklarbilanqorinningo’rtachizig’idatutashadi.
3. Qorinningto’g’rimushagi: Boshlanishsohasi: V, VI, VIIqovurg’alarningtog’ayqismivato’shsuyagininghanjarsimono’simtasi . Birikish sohasi : Qov suyagining bo’rtiq qismi.


4.Piramidasimon mushak – qorin to’g’ri mushagining pastki sohasidan , qov suyagining o’zaro birikish chegarasida uchburchak shakilli kichik mushak sanaladi.
Vazifalari :Qorin mushaklari tanani bukadi, qovurg’alarni pastga tortib nafas chiqarishda qatnashadi, qorin bo’shligidagi bosimni oshiradi.
Odamtanasi skelet muskullarining orqadan ko'rinishi.
1— rombsimonmuskul;
2— umurtqapog'onasiniyozuvchimuskul;
3— orqaningtishsimonmuskuli;
4— dumbaningkichikmuskuli;
5 — sonningikkiboshlimuskuli;
6— boldirninguchboshlimuskuli;
7— Axillpayi;
8— tovon;
9— dumbaning katta muskuli;
10— orqaning seibar keng
Qillar, fassiyalar, paylar, tarkibida mahsus suyuqlik saqlovchi haltachalar, g`altaklar va sessamasimon suyaklar. Bular barcha muskullarning birgalikda va muskul ishida va tayanch markazlarining hosil bo`lishida ishtirok etadi.
Paylar — har bir muskulning suyakka kelib birikuvchi mustahkam payi bo`ladi. Pay muskullarning go`shtdor qismida o`zining yaltiroqligi oq yoki sarg`ish rangi bilan ajralib turadi.
Fassiyalar - muskullarni biriktiruvchi to`qimadan iborat parda o`rab turadi, u fassiya deyiladi. Fassiya bir muskulning ikkinchi muskuldan ajratib turadi. SHuning uchun ham u har quysi muskulning alohida qisqarishini ta`minlaydi.
Fassiyalar qaysi qavatdagi muskullarni o`rab yotishiga qarab chuqur o`rta va Yuza fassiyalarga bo`linadi. Fassiyalarni bilish juda muhim, chunki qon tomirlar va nervlar ular orasida joylashgan.
G`altaklar - suyaklarda tog`aydan yoki zich biriktiruvchi to`qimadan iborat do`nglar bo`ladi, ana shu g`altaksimon do`ngdan muskullarning payi aylanib o`tadi. G`altak muskulning qisqarish samarasini oshiradi.
Ichida moysimon suyuqlik saqlovchi haltachalar - bu haltachalaming shakli turlicha bo`lib katta — kichikligi ham hilma-xildir. SHilliq haltaning devori hiyla yupqa bo`lib, ichkariga qaragan tomonida yapaloq biriktiruvchi to`qima hujayralari bo`ladi-ki ular qopcha ichidagi suyuqlikni ishlab chiqarsa kerak deb tahmin qilinadi.
Pay qinlari — qo`l oyoq muskullaridagi uzun paylarni o`rab yotuvchi fibroz qinlardir. Ular sinovial haltachalardan uzun silindrsimon shakli bilan farq qiladi.
Sessamasimon suyaklar — kichkina yumaloq no`xotsimon suyakchalar bo`lib, ular odatda muskullar payining tagida joylashadi va payni bir oz ko`tarib, uning aylanish burchagini o`stiradi, harakat effektini kuchaytiradi.
Gavdaning oldingi tomonidagi muskullarga ko`krak va qorin muskullari kiradi. yana gavdaning oldingi tomonidagi muskullarga bo`yinni til osti suyagiga biriktiruvchi muskullar, shotisimon muskullar, ko`krakning ko`ndalang muskullari. Ko`krakda qovurg`alararo muskullar, ko`krakning ko`ndalang muskullari va diafragma, qorin qismida esa qorining qiyshiq, ko`ndalang va to`g`ri muskullari kiradi.
Ko’krak muskullari kelib chiqishi va faoliyatiga asosan ikki guruhga: 1) Ko`krak qafasidan boshlanib yelka kamari va yelka suyagiga birikuvchi muskullar ya`ni ko`krakning serbar muskullari. 2) k`okrak qafasining o`ziga hos (autoxton) muskullariga bo`linadi.
Katta ko`krak muskuli — o`mrov suyagining medial yarmidan, to`sh suyagining oldingi yuzasi II-VII qovurg`alar tog`ayidan, qorin to`g`rimuskuli qorining oldingi devoridan boshlanadi. Muskul tolalari tashqi tomonga yo`nalib yelka suyagi katta do`mbog`i qirrasiga birikadi. Qisqarganida qo`lni gavdaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi.
Kichik ko`krak muskuli — uchburchak shaklida yassi muskul katta muskulni orqasida yotadi. II — V qovurg`arlarning oldingi uchidan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o`sig`iga birikadi, qisqarganida kurakni oldinga tortadi.
O`mrov osti muskuli — I qovurg`a tog`ayidan boshlanib, o`mrov suyagining akromial uchining pastki yuzasiga birikadi. Bu muskul o`mrov suyagi bilan I qovurg`a oralig`ida joylashadi. Qisqarganida o`mrov suyagini pastga va oldinga tortadi, to`sh -o`mrov bo`g`imini mustaxkamlaydi.
Oldingi tishli muskul keng to`rtburchak shaklidagi muskul. 8 -9 tish bilan yuqorigi qovurg`alaridan boshlanadi va kurakning ichki chekkasiga va pastki burchagiga birikadi.
Ko`krak qafasining autoxton muskullari.
Tashqi qovurg`alararo muskullar — har tamonda 11 tadan bo`lib, ustki qovurg`aning pastki chekkasini qovurg`a egati tashqarisidan boshlanadi. Tolalari pastga va oldinga yo`nalib, pastki qovurg`aning yuqori chekkasiga birikadi. qisqarganda qovurg`alarni ko`tarib, nafas olishda ishtirok etadi. Ichki qovurg`alararo muskul - pastki qovurg`aning Yuqori chekkasidan boshlanib, ustki qovurg`aning pastki chekkasiga qovurg`a egatidan ichkariga birikadi. Qisqarganida qovurg`alarni tushiradi va nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Qovurg`a osti muskullari. - X-XII qovurg`alarning burchagi yaqinidan boshlanib, yuqori va tashqariga yo`naladi bu muskul bitta ikkita qovurg`a tashlab, yuqoridagisiga birikadi. Qisqarganida qovurg`alarni tushurib nafas chiqarishda ishtrok etadi.
Ko`krakning ko`ndalang muskuli - to`sh suyagi tanasining pastki qismi va
hanjarsimon o`sig`idan boshlanib, tashqariga va Yuqoriga yelpig`ichsimon tarqaladi va XI qovurg`alar tog`ayiga birikadi. Qovurg`alarni tushiribnafaschiqarishda ishtirok etadi.
Uning boshlanish sohasiga qarab uch:bel,qovurg`a va to`sh qismlari farq qilinadi.Uning bel qismi bel umurtqalarininq oldingi yuzasidan o`ng va chap oyoqchlalar bilan birikib yuqori tomonda oyoqchalar o`zaro aorta teshigini hosil qiladi. Diafragmaning to`sh qismi to`sh suyagining orqa yuzasidan boshlanadi. Faoliyat jihatidan diafragma asosiy nafas muskuli hisoblanadi.
Richard L. Drake A. Wayne Vogl Adam W. M. Mitchell Human Biaology, Tenth EditionCecie Starr and Boverly McMillan
Qorin — ko`krak qafasining pastki qirg`og`i teshigi chanoqning ustki qirg`og`i orasida joylashgan soha bo`lib, bu yerdagi muskullar qorin boshlig`ini chegaralab, qorin devorini hosil qiladi. qorin devorini hosil qiluvchi muskullarni oldinga lateral, oldingi va orqa guruhlarga bo`lish mumkin.Qorinning lateral devori muskullariga: qorinnnig tashqi qiyshiq muskuli, qorinnning ichki qiyshiq muskuli, qorinning ko`ndalang muskuli kiradi.
Qorinning oldingi devoir muskullari ikkiga: qorinning to`g`ri muskuli va piramidasimon muskulga bo`linadi.
Qorinning orqa devor muskullariga: belning kvadrat muskuli, qorinning o`q chizig`i, qorin to`g`ri muskulining qini, chov kanali kiradi.
Orqa muskullari odatda ikki guruppaga, ya`ni Yuza va chuqur muskullarga bo`lib o`rganiladi. Orqa muskullari asosan tananing orqa Yuzasida dumg`aza va yonbosh suyaklari qirrasida kalla asosigacha bo`lgan sohani egallaydi.
Orqaning yuza guruh muskullariga yelka kamari sohasiga va yelka suyagiga kelib birkuvchi muskullar - trapesiyasimon, orqali serbar muskuli kurakni ko`taruvchi muskul, rombsimon muskullar kiradi.
Kurakni ko`taruvchi muskul - yuqoridagi to`rtta bo`yin umurtqasining o`sig`idan boshlanadi va kurakning Yuqori burchagiga yopishadi. Bu muskul qisqarganda kurakni Yuqoriga ko`taradi.
Qovurg`aga yopishuvchi muskullar — bular yuza va o`rta qavat muskullari ostida uchinchi qavat bo`lib joylashgan. Ular orqaning tishli muskullari deyilib ikkita bo`ladi.
Orqaning yuqori tishli muskuli - pastki umurtqaning qirrali o`siqlaridan boshlanib II-V qovurg`alarning orqa tamoniga yopishadi. Bu muskul qovurg`alarni ko`taradi.
Orqaning pastki tishli muskuli - pasti ikkita ko`krak va yuqoridagi ikkita bel umurtqalarining qirrali o`siqlari sohasidan boshlanib, IX—XII qovurg`alarning orqa yuzasiga yopishadi. U qovurg`alarni pastga tortadi.
Orqaning chuqur muskullari — umurtqalarning qirra o`siqlari bilan qovurg`alar burchagi orasidagi uzunasiga ketgan ariqchalardajoylashgan. Orqaning chuqur muskullari uch: Yuza, o`rta va chuqur qavat bo`lib joylashadi.
Yuza qavatda: bo`yin va boshning tasmasimon muskullari — pastki beshta bo`yin va yuqorigi oltita ko`krak umurtqalarining qirrali o`siqlaridan boshlanadi.
Umurtqa pag`onasini tiklovchi muskullar dumg`azaning orqa sohasidan, bel umurtqalarining ko`ndalang o`siqlaridan boshlanadi.
Uzun muskullar -barcha ko`krak va uchta pastki bo`yin umurtqalarining ko`ndalang o`siqlaridan boshlanib, barcha ko`krak va yuqori bo`yin umurtqalarning ko`ndalang o`siqlariga, II-XI qovurg`alarini bosh qismiga yopishadi.
Qirrali muskul - yuqori ikkita bel va pastki ikkita ko`krak umurtqalarning qirrali o`siqlaridan boshlanib, II-VII ko`krak II-V bo`yin umurtqalarining qirrali o`siqlariga va ensa suyagiga yopishadi.
O`rta qavatda: ko`ndalang qirrali muskul umurtqalarining ko`ndalang va o`tkir qirrali o`siqlari o`rtasidagi egatda bir necha qavat bo`lib joylashgan. Yuqoridagi umurtqalarning qirrali o`siqlariga birikadi.
Qirralararo muskullar umurtqa pag`onasining harakatchan qismlari bo`yin va belda yaxshi taraqqiy etgan bo`lib, ko`krak qismida bo`lmaydi.
Bo`yinning orqa tamonida chuqur joylashgan kalta muskullar bu guruh bir juft qiyshiq va bir juft to`g`ri muskullardan iborat.
Boshning orqa katta to`g`ri muskuli — II bo`yin umurtqasining qirrali o`sig`idan boshlanib pastki ensa chizig`iga birikadi.
Boshning pastki qiyshiq muskuli — II bo`yin umurtqasining qirrali o`sig`idan boshlanib, I bo`yin umurtqasining ko`ndalang o`sig`iga yopishadi.To‘sh, o‘mrov, so‘rg‘ichsimon muskullari

KEYS
Sportchining jismoniy ish qobiliyatchanli muskullar tizimiga asoslanib tushuntiring?


Nazorat uchun savollar:
Muskullar qachon takomil etadi?
Muskullarning yordamchi apparatlarini sanang?
Muskullarning dinamik va statikishlaria misollar ayting?
Til osti suyagiga birikuvchi muskullar.
Qovurgalararo muskullar, ko‘krakiing ko‘ndalang muskuli.
Diafragma, oldingi, o‘rta va keyingi narvonsimon muskullarning birikishi va funktsiyalari.
Gavda muskullari. Orqa va ko‘krak qismidagi muskullari.
Trapetsiyasimon muskul, orqaning keng muskuli, rombsimon, ko‘krakni ko‘taruvchi,
Katta va kichik dumaloq va oldingi tishli muskullari.
Nafas olish va chiqarish muskullari.
Ko‘krak fatsiyasi, barcha muskullarning birikishi va vazifalari.


Uygatopshiriq: Mavzuga oid qiziqarlima’lumotlar topish va savollar tuzish
Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish