6-mavzu matni



Download 0,54 Mb.
bet16/17
Sana07.09.2021
Hajmi0,54 Mb.
#167372
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
6-mavzu matni

Standart vektorli drayverlar orqali chop etish (ishning eng ko’p tarqalgan texnologiyasi) plotterga o’rnatilgan standart ranglar politrasidan (odatda 256 dan 16 rangni tanlash mumkin) foydalanib, vektorli grafikani chiqarishda oraqamlik bilan talab etilgan rangni olish imkonini beradi. Uning kamchiliklari:

- fayllar hajmini bir necha megabayt darajasiga ko’paytirishda plotter xotirasini kengaytirish kerak bo’ladi;

- grafikaning murakkabligi oshgani sari fayllar hajmi va vektorlar soni bo’yicha plotterga o’rnatilgan vektor tili interpretatorining fayllar hajmi va vektorlar soni bo’yicha imkoniyatlari juda tez tugaydi (xotirani kengaytirish ham bunda yordam bermaydi);

- rastrli – vektorli grafikani chop etish mumkin emas (masalan, rastrli asosdagi kartani);

- faylni chop etishga tayyorlash vaqti fayl hajmi oshgani sari tez o’sadi va 1-2 soatga yetishi mumkin.

Standart rastrli drayverlar bilan chop etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- xoxlagan o’lchamdagi faylni chiqarish;

- aralash (rastrli – vektorli) grafikani chop etish.

Kamchiliklari:

- amalda to’g’ri rang uzatishni olish mumkin emas – monitor ekranida bir xil ranglar ko’rinib turadi, plotterda esa umuman boshqalari olinadi;

- faylni chop etishga tayyorlash vaqti uning hajmi oshgani sari tez o’sadi va bir necha soatni tashkil etishi mumkin;

- oddiy rastrlash poligonlarning yaxshi to’ldirilishiga erishishni ta’minlamaydi;

fotorealistik sifatga erishish mumkin emas (ranglar chuqurligi va mayda detallardagi aniqlik yetishmaydi).



Plotterga o’rnatilgan PostScript Level2 interpretatoridan foydalanib chop

etish quyidagi ustunliklarga ega:

- standart drayverlar bilan ishlashga nisbatan chop etish sifati sezilarli yuqori;

- ham vektorli, ham rastrli grafika bilan ishlash mumkin.

Kamchiliklari:

- xotirani kengaytirish talab etiladi;

- ishlov beriladigan fayllar hajmi bo’yicha cheklashlar bor (hattoki xotirani maksimal kengaytirishda ham);

- rastrlash algoritmlari bo’yicha ham cheklashlar bor, hattoki ularni takomillashtirish ham mumkin emas;

- ranglarni rostlash jadvali bilan ishlash imkoniyati yo’q;

- ishlov berish tezligi bo’yicha takomillashtirish mumkin emas.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish