1.Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy ta’moyillari. Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy metodologik tamoyillariga quyidagilar kiradi: Muvofiqlik tamoyili Ilmiy bilishning mazkur sohasida bilimlarni yangi ta’moyillarini, g‘oyalar konsepsiyalar asosida tizimga solish.
Tо‘ldiruvchanlik tamoyili Tadqiqotning kо‘pgina obyektlari mikrodunyoning zarraga о‘xshash eng oddiy obyektlaridan tortib inson va jamiyat singari murakkab obyektlarigacha qarama-qarshi nazariyalari birlashtirish asosida kо‘ra tavsiflanishi. Verifikasiya tamoyili Mohiyat e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash. Falsafikasiya ta’moyili Bо‘lgan bilim ilmiy bilim bо‘lishi mumkin. Reduksiya ta’moyili Ma’lum yaxlitlik tizim murakkabligini uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari unsurlari orqali bilishdir Yaxlitlik ta’moyili Tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obekitlar bilan о‘zaro aloqada bо‘lish. Kontirreduksiya ta’moyili Elementar zarralardan tortib to ijtimoiy tabiiy tizimlargacha barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan tabiiy tilga amal qilish. 2.Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik ta’moyillari.
3.Pedagogik tadqiqotlarda yondashuvlar
Shaxsiy-faoliyatga yо‘naltirilgan yondashuv yо‘nalishida, izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, shaxsiy- faoliyatga yо‘naltirilgan yondashuvida shaxsning va faoliyatning komponentlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bо‘ladi, chunki bu yondashuv jarayonida shaxs subyekt sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Pedagogik tadqiqotlari amalga oshirishga doir aksiologik yondashuv pedagogik qadriyatlar negizida amalga oshirildi. Refleksiv yondashuv samarali fikrlashning muhim mexanizmi sifatida yuz berayotgan hodisani baholash, vazifalarni hal qilish usullari va operasiyalarini izlab topish; ijodiy vazifalari hal qilish jarayonida о‘zini-о‘zi tahlil qilish, о‘z holati hamda xatti-harakatlarini faol о‘ylab kо‘rishiga imkon beradi. Shu sababli refleksiv yondashuv о‘z-о‘zini baholash va tashqi tomondan berilgan bahoni anglashni talab etadi. Akmeologik yondashuv shaxsning yuqori darajada о‘z-о‘zini anglay olish, о‘z-о‘zini na’moyon eta olishi hamda о‘z-о‘zini shakllantirishiga imkon berishi bilan alohida ajralib turadi.