Intel Core i7 protsessori Mikrosxema uning past qismida joylashgan 1155-ta chiqish oyoqchalariga ega. Bu oyoqchalarning 286-tasi protsessorni kuchlanish bilan ta’minlash uchun, 360-tasi shovqinni kamaytirish uchun erga ulangan, 447-ta chiqish signallar uchun ishlatilgan, 62-ta chiqish esa zahira uchun qoldirilgan Intel Core i7 protsessori chiqish oyoqchalarining nomlanishi. OMAP4430 protsessori. Texas Instruments (TI) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan OMAP4430 protsessori - bitta kristallga joylashtirilgan tizim - System-on-a-chip (SoC) hisoblanadi. U ARM (Advanced RISC machine) buyruqlar to‘plamini amalga oshira oladi. OMAP4430 protsessori asosan – mobil va o‘rnatilgan tizimlarda, hamda smartfonlarda va planshetli kompyuterlarda ishlatilmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |