6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Sivilizatsiyalar to`qnashuvi konsepsiyasi



Download 270,96 Kb.
bet20/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Sivilizatsiyalar to`qnashuvi konsepsiyasi. Amerikalik yana bir siyosatshunos – S.Xantington «sovuq urush» tugaganidan so`ng, o`zgargan dunyoda ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga, zamonaviy dunyoda ixtiloflarning bosh manbaini aniqlashga yo`naltirilgan yangi paradigmani yaratishga harakat qildi. U «sivilizatsiyalar to`qnashuvi» modelini ilgari surdi38.
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va «uchinchi dunyo»dan tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g`arbona, konfutsian, yapon, islom, induizm, pravoslav-slovyan, lotinamerikasi va afrika sivilizatsiyalarini o`z ichiga olgan yangi tizimga o`tmoqda. Raqobat qiluvchi harbiy bloklar, uning fikricha ushbu sivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli ekanligi bilan farqlanadi. Oxir oqibat kishilar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaatlar emas, balki e`tiqod va oila, qon-qarindoshlik va ishonch, ya`ni kishilar o`zlarini qanday anglashlari, nima uchun kurashishlari va halok bo`lishlarini bilish muhimroqdir. Ammo Xantington madaniy-tarixiy maktabning asoschilari (SHpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sorokin)dan farq qilib, sivilizatsion o`zlikni anglashning yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol-yarog`, ayniqsa ommaviy qirg`in qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan bog`liq jahonshumul muammolarni uzil-kesil hal etilishi edi. Sivilizatsiyalar o`rtasidagi chegara aynan shu muammolarning hal etilishiga qarab aniqlanadi. Bunda G`arb bir tomonda, qolgan sivilizatsiyalar, ya`ni qolgan dunyo esa boshqa tomonda joylashadi.
Xantington g`arb sivilizatsiyasining yaxlit bir butunlik sifatida, sistemalararo ixtiloflar davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi haqidagi tezis bilanchiqdi. Xantington konsepsiyasiga binoan, kelajakda geosiyosatdagi markaziy muammo G`arb vaqolgan sivilizatsiyalar o`rtasidagi ixtilof bo`lib qoladi. «Sivilizatsiyalar to`qnashuvi jahon siyosatining belgilovchi omiliga aylanadi. Sivilizatsiyalar orasidagi uzilish chizig`i G`arb va qolgan dunyo o`rtasidagi munosabatlar orqali o`tadi»39. SHundan kelib chiqib, u G`arbdagi hukmron doiralarga g`arbiy sivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa, AQSH va Evropa o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarda G`arbning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning imkoniyatlarini kuchaytirish zarurligi haqidagi g`oyalar bilan murojaat qiladi.
«Sivilizatsiya to`qnashuvi» modeli sivilizatsion bag`rikenglikka rahna soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda G`arb va boshqa mamlakatlar o`rtasidagi ixtilof – geosiyosatning markaziy o`q chizig`i bo`lib qolishligini isbotlashga qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o`rtasida, balki turli mamlakatlar, xususan, islom dunyosidagi siyosiy doiralarda ham turlicha, ba`zan salbiy munosabatga sabab bo`lmoqda. Masalan, Eron Islom Respublikasining sobiq Prezidenti Sayyid Muhammad Xotamiy tashabbusi bilan sivilizatsiyalar o`rtasidagi muloqot masalasi YUNESKOning 1999 yildagi sessiyadagi va BMTning 2000 yildagi 53-Bosh Assambleyasida muhokama etildi. Mazkur ming yillik sammitida XXI asr – sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb e`lon qilindi40.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish