V.R.Kitlovskaya proektiv testlar yordamida xavotirlanishning Yosh dinamikasini o‘rganib, bog‘cha Yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng ko‘p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi ma’lum bo‘lgan. O‘smirlar bo‘lsa begona katta odamlar va o‘qituvchilar bilan kamroq, ota-onalari va tengdoshlari bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi aniqlangan. Ilk o‘spirinlar esa barcha sohadagi muloqotda eng yuqori xavotirlanish namoyon bo‘lgan, ayniqsa ota-onalar va ular bog‘liq bo‘lgan kattalar bilan muloqotda kuchli xavotirlanish namoyon bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |