sifatida o’rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi. Ilmiy
nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo’lsa, uning qonunlari shuncha
iyerarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo’lgan qonunlar umumiyroq
qonunlarning ayrim ko’rinishlari sifatida amal qiladi va so’nggi zikr etilgan
elektromagnit to’lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o’z
navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan
kelib chiqadi.
Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining
bazis va lokal sharoitlarini farqlash lozim. Bazis sharoitlar qatoriga qonunning
amal qilish sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. Mazkur sharoitlardan tashqarida
qonun amal qila olmaydi (ular yo’q bo’lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim
ham yo’q bo’ladi). Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi
sharoitlar kiradi. Qonun bu sharoitlarning har qanday variasiyasida o’z kuchini
saqlab qoladi, lekin ularning o’zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining
o’zgarishlariga sabab bo’ladi. Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u
bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jism, og’irlik
kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan
Arximed qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo’lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu
yerda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og’irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli
lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal
qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim
hollarda esa – u cho’kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o’zgartirib, ulardan o’zlari
istagan natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.
Yangi bazis sharoitlarni yaratish yo’li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal
qilishini to’xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
Hodisalarning muntazamligi, takroriyligida qonunlarning amal qilishi
(shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog’lanish) qonuniyat-deb ataladi.
Qonuniyatlar – bu qonunlarning namoyon bo’lishidir.
Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog’liq bo’lmagan
holda mavjud bo’lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa
qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o’rinni egallaydi.
Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko’rib
chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: