tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga mutlaqo zid bo’lgan imkonsizlikdan butunlay
farq qiladi; obyektiv dunyo qonunlariga zid bo’lgan narsa imkonsizlik hisoblanadi.
Masalan, rasman har bir fuqaro deputat, millioner yoki ko’p bolali bo’lishi
voqyelikka aylanmasligi ham mumkin. Masalan, boqiy dvigatel yasash mumkin
zarur sharoitlar vujudga kelgan real imkoniyat amalga oshirishning oliy darajasiga
ega bo’ladi. Masalan, insonning kosmosga uchish imkoniyati bir paytlar formal
bo’lgan, endilikda u real tus oldi. Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo’ladi.
Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqyelikni esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1»
gacha bo’lgan oraliq qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi.
Ehtimollikning shartli o’qi atrofida imkoniyatning butun doirasini ko’rsatish
mumkin.
Mavxum va muayyan imkoniyat o’rtasidagi
farq – bu mohiyat va mavjudlik
o’rtasidagi, shuningdek predmetning ideal obrazi va uning inson ongiga bog’liq
bo’lmagan obyektiv xususiyatlari o’rtasidagi farqdir.
Masalan, nikohga kirayotgan
yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega
bo’lishi mumkin. Ular oila-nikoh munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini
o’z bo’lg’usi nikohiga ko’p jihatdan tatbiq etadi. Vaholanki, bu manzara mazkur
munosabatlar mohiyatiga umuman olganda mos kelsa-da, lekin ularning butun
boyligi va murakkabligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Nikohga kirgach, yoshlar imkoniyatini o’zlari oldindan ko’ra bilmagan muayyan
voqyelik bilan to’qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi –
nikohning mohiyati va uning mavjudligi o’rtasidagi, mavxum imkoniyat («ular
qo’sha qaridilar va uvali-juvali bo’ldilar») va aksariyat jihatlarini yoshlar hatto
xayollariga ham keltirmagan muayyan imkoniyat o’rtasidagi ziddiyatdir. Ayrim
falsafiy adabiyotlarda muayyan va real imkoniyat bilan formal va mavxum
imkoniyat tenglashtiriladi. Bu holda real imkoniyat uni ro’yobga chiqarish uchun
shart-sharoit mavjudligi bilan, formal yoki mavxum imkoniyat esa – ayni paytda
imkoniyatni voqyelikka aylantirish uchun shart-sharoit mavjud emasligi bilan
belgilanadi.
Murakkab tizimlar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo’llari
mavjud bo’ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish
jarayoni ko’p variantli tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda
kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin. Shu bois prognoz va taxminlar
ishonchsiz yoki yanglish bo’lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur muhitda
evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo’llarning muayyan doirasigina
mavjud bo’lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o’rtasidagi miqdoriy nisbat
matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqyea yuz berishining ehtimollik
darajasi sifatida ifodalanishi mumkin. Inson o’z faoliyatida real imkoniyatlarni
hisobga oladi va ularni voqyelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi.
Bu kategoriyalar borliqning shakllanish jarayoniga urg’u beradi. Ma’lumki,
yo’q narsadan biron-bir yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning
muayyan xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning
borlig’i uning potensial holatida imkoniyat hisoblanadi. Imkoniyatning yetuklik
darajasi imkonsizlikdan voqyelikkacha bo’lgan doirada o’zgarishi mumkin. Bu
jihatdan imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me’yorlarini hisobga olib
amalga oshirish mumkin.