Ekskursiya texnologik xaritasining namunasi:
Marshrut
|
To‘xtash joyi
|
Ko‘rsatiladig an ob’ektlar
|
Vaqt
|
Mavzuostilar va asosiy yoritiladigan savollar
|
Tashkiliy ko‘rsatmalar
|
Uslubiy ko‘rsatmalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Universitet xiyoboni
|
Yo‘l- yo‘lakay
|
Amir Temur haykali
|
10
daq.
|
Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati va uni shahar taqdirida tutgan o‘rni haqida hikoya qilish
|
Avtobusning sekin harakati davomida hikoya qilinadi.
|
Sharhlash usulidan foydalanib, Amir Temur shaxsiyatiga tavsif beriladi, hikoya va ob’ektni ko‘rsatish uyg‘unligiga rioya
qilinadi.
|
|
|
|
|
Temuriylar sulolasi
maqbarasi
|
Guruh avtobusdan
tushadi, maqbara
|
Shaxzoda Muhammad
Sulton maqbara(madrasa) va
|
Ruhobod ko‘chasi
|
Maqbara yonida to‘xtash
|
Amir Temur maqbarasi
|
30
daq.
|
1) maqbara qurilishi tarixi;
|
darvozasi oldida yig‘iladi.
|
xonaqosi so‘zli rekonstruksiya qilinadi. Tushuntirish usuli yordamida maqbara qurilishi tarixi haqida hikoya qilinadi. Tasvirlash usuli yordamida gumbazning ichki qismi,
devordagi yozuvlar, qandil
|
|
|
|
|
2) maqbaraning devoriy
|
Guruh ichkariga
|
haqida hikoya qilinadi.
|
|
|
|
|
bezaklari;
|
kiritilib, devorlarga
yaqin joylashtiriladi.
|
Ekskursiya ma’lumoti usuli
yordamida Temuriylar sulolasi
|
3) Temuriylar maqbarasi tarixi
|
Barcha qabrtoshlar ko‘rinib turishi uchun guruh qulay
|
haqida hikoya qilinadi.
Amir Temur qabrtoshi va o‘g‘illari, nabiralari va ustozi Mirsaid Baraka qabr toshlari
|
|
joylashtiriladi.
|
ko‘rsatiladi.
|
|
|
|
|
|
|
Taqqoslash usuli yordamida
Ruhobod va Amir Temur
|
Ruhobod ko‘chasi
|
Maqbara yonida to‘xtash
|
Ruhobod maqabarasi
|
20
daq.
|
Shayx Burxoniddin Sog‘arjiy
1) Burxoniddin Sog‘arjiy shaxsiyati
|
Guruhni maqbara gumbazini ko‘rish mumkin bo‘ladigan joyda to‘planadi.
|
maqbarasi taqqoslanadi.
Burxoniddin Sog‘arjiy, xotini va o‘g‘illari qabrtoshi ko‘rsatishda ekskursiya
ma’lumoti usulidan
foydalaniladi.
|
Registon ko‘chasi
|
Registon maydoni yonida to‘xtash
|
Registon maydoni
|
45
daq.
|
Registon maydoni savdo, hunarmandchilik va ilmiy markaz sifatida
Ulug‘bek madrasasi
Sherdor madrasasi
Tillakori majmuasi
|
Guruh avtobusdan tushadi va maydonni panoramali ko‘rsatish uchun maxsus joyda yig‘iladi. Madrasalar quyidagi ketma- ketlikda ko‘rsatiladi
va hikoya qilinadi:
|
Ob’ektlarni ko‘rsatishda quyidagi usullardan foydalaniladi: maydonni panoramali usulda ko‘rsatiladi.
Maydon, madrasaning funksional mohiyatini voqealarni jonlantirish usuli
yordamida yoritiladi.
|
|
|
|
|
|
1.Ulug‘bek.
|
Hikoya qilishning quyidagi
|
|
|
|
|
|
2. Sherdor. 3.Tillakori
|
usullaridan foydalaniladi. Madrasa, hujralarning tashqi ko‘rinishini tasvirlash usuli bilan hikoya qilinadi.
Har uchala madrasaning farqli jihatlarini hikoya qilishda tavsiflash usuli yordamida hikoya qilinadi.
Savol- javob usuli yordamida
ekskursantlar faollashtiriladi.
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
Texnologik xaritaning samaradorligi barcha grafiklarni to‘liq to‘ldirilishiga bog‘liq. Odatda ishlanma hajmi ekskursiya ob’ektlari va mavzuostilari soni, davomiyligi, masofasidan kelib chiqib kompyuterda terilgan 6-12 bet bo‘ladi.
Texnologik xaritaning ekskursiya marshruti grafasida ekskursiya boshlanishi nuqtasi va birinchi mavzuosti tugashi joyi yoziladi.
To‘xtash joyi grafasida marshrutda ekskursantlarni avtobusdan tushishi rejalashtirilgan nuqtasi yoziladi; avtobusdan tushmasdan oynadan ob’ektlarni kuzatish yoki piyoda ekskursiyada to‘xtash nuqtasi yoziladi.
Ko‘rsatiladigan ob’ektlar grafasida to‘xtash joylarida guruhga ko‘rsatiladigan joylar, asosiy va qo‘shimcha ob’ektlar yoziladi.
Ekskursiya davomiyligi grafasida ma’lum ob’ektni ko‘rsatish, hikoya qilish va ekskursantlarning marshrut bo‘ylab keyingi to‘xtash joyigacha sarflanadigan vaqt ko‘rsatiladi. Bu vaqtlar summasi ekskursiyaning umumiy davomiyligini belgilab beradi.
Mavzuostilar va asosiy yoritiladigan savollar grafasi qisqa yozishmalardan iborat. Birinchi navbatda marshrutning shu kesimida, vaqtida yoritiladigan mavzuosti beriladi(uchinchi grafada keltirilgan ob’ektlar bo‘yicha). Shu yerda mavzuostini yorituvchi savollar shakllantiriladi. Mavzuostiga tegishli savollar soni beshtadan ortmasligi kerak.
Tashkiliy ko‘rsatmalar grafasida guruhning harakatlanishi, xavfsizligi, sanitariya gigiyenik talablar, memorial, diniy, tarixiy, madaniy ob’ektlarda o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar yoziladi. Tabiatni asrash va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ekskursantlarga qo‘yilgan talablar ham shu yerda ko‘rsatiladi. Bu grafada ekskursiyani olib borish texnikasiga kiruvchi barcha masalalar kiritiladi. Masalan,
«guruh shunday joylashtiriladiki, barcha ekskursantlar binoga kirish yo‘lini ko‘rishsin», «ushbu to‘xtash joyida ekskursantlarga suratga tushirish uchun vaqt ajratiladi». Shahardan tashqaridagi ekskursiyalarda sanitar to‘xtashlar, tabiatni asrash bo‘yicha tavsiyalar ham shu grafada yoziladi. Ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladigan ekskursiyalarda ish joylardagi texnika xavfsizligi qoidalari,
ekskursantlarga qo‘yilgan majburiy talablar, ob’ektni ko‘rsatish va hikoyadagi tanaffuslar joyi yoziladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar grafasi ushbu hujjatning yo‘nalishini belgilaydi, ekskursiyani olib borish uslubiyati bo‘yicha gidga qo‘yilgan talablarni shakllantiradi, ekskursiya jarayonidagi hikoyasi va ob’ektlarni ko‘rsatishning usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Mantiqiy o‘tishlar variantlari,
«gid portfeli» materiallarini ko‘rsatish hamda ekskursantlar harakatini yo‘naltirish bo‘yicha gidga tavsiyalar beriladi(masalan, «hikoya tugaganidan so‘ng ekskursantlar ob’ektni mustaqil kuzatishlari mumkin», «gid terminlarni
izohlashi kerak» va sh.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |