2-asosiy savol bayoni: Yirik xalqlar – Er yuzidagi soni 100 mln dan oshgan xalqlar. Til oilalari – etnik jihatdan kelib chiqishi bir bo’lgan tillarni birlashtiruvchi tushuncha. Jahon tillari – Dunyo xalqlari tomonidan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda keng ishlatiladigan tillar.
Davlat tili – muayyan davlatning barcha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar uchun qabul qilgan rasmiy tili. Diniy tarkib – aholi o’rtasidagi kishilarning diniy e’tiqodga mansubligini ifodalovchi miqdor. Jahon dinlari – Er yuzida geografik jihatdan keng tarqalgan va ko’pchilik aholi e’tiqod qiluvchi dinlar. Milliy dinlar – muayyan davlatda istiqomat qiluvchi xalqning tarixiy rivojlanishi davomida shakllangan din.
Mazhablar – muayyan din tarkibida turli siyosiy, ijtimoiy maqsadlarda vujudga keluvchi oqim.
Ayrim mamlakatlar va dunyo aholisining milliy tarkibini aniqlash murakkab ishdir. Bu ishning murakkabligi shundaki, xalqlarning ro’yxatini tuzishda turli davlatlar hududida yashovchi xalqlarning qaysi kategoriyaga tegishli, ya’ni alohida millatmi yoki biror millatning tarkibiga kiruvchi guruhmi ekanligini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Turli etnografik guruhlar o’z yashash tarzi, urf-odatlari bilan biror millatga o’xshamagni holda tili hududdagi biror millatga o’xshash bo’lishi mumkin. Dunyo xalqlari haqida aniq tasavvur faqat dunyo mamlakatlarida aholi ro’yxatlari o’tkazilganidan so’ng hosil bo’ladi.
Milliy tarkibni aniqlashda turli davlatlarda millat yoki, xalq tushunchalari o’rtasidagi tafovutdir. Masalan ingliz, frantsuz va ispan terminologiyasida “millat” tushunchasi “davlat” tushunchasi bilan bir xil talqin qilinadi, “millatga tegishlilik” tushunchasi esa “fuqarolik” tushunchasi bilan bir xildir.
XX asrning ikkinchi yarmigacha Evropa davlatlari tomonidan mustamlaka qilingan bir qancha Osiyo va Afrika mamlakatlarida turli qabilalarning birlashuv jarayoni to’xtab qolgan edi. Ayni vaqtda mustaqil davlatlarda milliy birlashuv – etnik integratsiya jarayoni jadal kechmoqda.
Xalqlarning rivojlanishi tarixiy – ijtimoiy hodisadir. Har bir xalq (etnos) o’z shakllanish tarixida bir qancha bosqichlarni bosib o’tgan. Etnik jarayonlar turli xalqlarning tarixida alohida o’rin egallaydi.
Masalan: o’zbek millatining shakllanishi tarixini ayni bir davrdan boshlab bo’lmaydi, chunki hozirgi O’zbekiston hududida ming yillar davomida til, turmush tarzi, urf-odati va hatto dini jihatidan farq qiluvchi etnoslar va qabilalarning assimilyatsiya jarayoni kechgan. Turli bosqinchilik urushlari bu jarayonni tezlashtirdi va rang-baranglik baxsh etdi.