Buxoroyi Sharif (Sharofatli Buxoro) — qadimgi Buxoroning keng
tarqalgan nomlaridan biri. O‘rta asrlarda jahondagi 7 shahar: Makka, Madina,
Quddus, Buxoro, Bag‘dod, Damashq, Mozori Sharifga diniy markaz sifatida shuhrat
qozonganliklari uchun «Sharif» unvoni berilgan edi. Buxoro qadimdan turli nomlar
bilan atalib kelingan. Ayniqsa, Arab xalifaligi va Somoniylar davrida shahar
yuksalgan.
Buxoroning
nomlaridan
«Foxira»
(«Faxrli
shahar»)
atamasi
Narshaxiynnt ta’rifi bo‘yicha, islom dinining barqarorligi yo‘lida qon to‘kkan
shahidlar sharafiga nisbat qilib berilgan. Shahar islomni targ‘ib qilish va qaror
toptirish yo‘lida ham muhim rol o‘ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining
yirik targ‘ibotchilari va tasnifchilari (Imom Buxoriy va b.) etishib chiqdi. Islom
huquqshunosligining Buxoro maktabi tashkil topdi. Buxoroning islom dini,
musulmon axloqi,
madaniyati va huquqshunosligining Sharqdagi kuchli
markazlaridan biriga aylanishi tufayli unga IX asr boshlaridayoq «Qubbat ul-
islom» —«Islom dinining gumbazi» degan sifat ham beriladi. Narshaxiyning
guvohlik berishicha, mashhur fiqhshunos (huquqshunos) olim Xoja imom Abu
Xafsi Kabir Buxoriy tufayli Buxoro «Qubbat ul-islom» deb atalgan.
O‘rta asrlarda Buxoro faqat islomiyatdagina emas, balki ilmu ma’rifat va
madaniyat tarqatishda ham Movarounnahrda yirik markaz sifatida shuhrat topdi.
Buxoroda turli asrlarda bino qilingan 200 ga yaqin madrasalarda o‘z davrida minglab
tolibi ilmlar diniy va dunyoviy bilimlarni olib, butun O‘rta Osiyo bo‘ylab ziyo
tarqatganlar. Shayx Sayfiddin Boharziy faoliyati tufayli Buxoroning shuhrati islom
olamida yana ham ko‘proq tarqaldi. Shu sababli XIII asrdan boshlab unga yana bir
sifat — «sharif» so‘zi qo‘yilib, u Buxoroyi sharif, ya’ni Sharofatli Buxoro nomi
bilan yuritiladigan bo‘ldi.
Abu Bakr Muhammad Narshaxiy(899 – 959) Abu Bakr Muhammad ibn
Ja’far ibn Zakariyya al – Xattob ibn Sharik an – Narshaxiy – tarixchi olim.
Buxoroning (hozirgi Vobkent tumanida) Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Tarjimai
holiga oid ma’lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943 –
944 yillarda «Buxoro tarixi» nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri
Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943 – 954)ga bag‘ishlagan. Asar qo‘lyozma
nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda «Tarixi Narshaxiy»,
«Taxqiq ul–Viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro
haqida xabarlar») kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan
atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki
asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha etib kelgan qismi 1128 yilda Quva
shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al – Quboviy arab
tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham
Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va
so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini
qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning
«Hazoiq ul –ulum», Ibrohimning «Axbar–i Muqanna» kabi asarlaridan foydalanib,
uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan
keyingi, 1178 – 1179 yillardan 1220 yillarga qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar
kirib qolgan.
«Buxoro tarixi» asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan va hozirgi
kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi.
Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid
ma’lumotlar
keltirilgan.
Movarounnahr
va
Xuroson
aholisining
arab
bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan
ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy
tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning
hokimiyatga chiqishini qoralagan.
Imom al – Buxoriy(810.21.7, Buxoro – 870.31.8, Samarqand yaqinidagi
Xartang qishlog‘i) Buxoriy, Imom al – Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil al – Buxoriy) – islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk
muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Buxoriy
umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih
(to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. U jami 600 mingga yaqin
hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih»
hadisni yoddan bilgan.
Imom al – Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari
bizgacha etib kelgan. Imom al – Buxoriy ilmiy merosi ham boy bo‘lib, bunga
kuyidagilarni aytish mumkin:
Imom al – Buxoriyning «Al – Jomi’ as – sahih» («Ishonchli to‘plam») deb
nomlangan («Sahihi Buxoriy» nomi bilan ham ataladi) 4 jild (juz) dan iborat
hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari
orasida eng ishonarli va mukammalidir.