6.2-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi
Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida
ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega
(6.1, 6.2, 6.3, 6.4- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida
ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga
oshiriladi :
1. Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo‘jalik
operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar,
qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko‘p
martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o‘tqaziladi,
ularning jamlangan ma’lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial-orderlarga,
analitik hisob mashinogrammalariga ) o‘tqaziladi.
2.Jurnal-orderlar,
memorial-orderlar,
analitik
hisob
mashinogrammalari,
qaydnomalarning yig‘ma ma’lumotlari Bosh kitobga o‘tqaziladi.
3.Bosh kitob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning
boshqa shakllari tuziladi.
4. Buxgalteriya hisobi informatsion texnologiyalariga asoslangan va
soddalashtirilgan shakllari aharniyati hamda ularning yuritilishi
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga
asoslangan.
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng
qo’llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Buxgalteriya hisobi ishlarini takomillashuviga erishish, ularning samaradorligini
oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining
jadval - avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.
Hisob ishlarida axborot texnologiyalaridan foydalanishda yordamchi quyidagi
imkoniyatlar yaratiladi:
1. Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.
2. Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
3. Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.
4. Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi.
5. Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.
6. Korxonalarning mulkchilikni saqlanishi ustidan nazorati kuchaytiriladi.
7. Hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.
Buxgalteriya hisobining axborot texnologiyalariga asoslangan shakli asosida
buxgalteriya hisobi usulining asosiy elementida hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga
ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash
mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari
hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni
masalan, disketlarda va h.k.
Buxgalterning ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.
Axborot texnologiyalaridan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan
birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi
vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish, natijasida
vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval –avtomatlashtirilgan shakli kompyuter
dasturlaridan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy bosqich
bu - buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan
holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash,
ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi
bosqichlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlarni hisoblash markazi (HM) yoki
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini
oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jumal-orderlar, vedomostlar,
kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni
mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini
soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya
hisobining
qaysi
shakllaridan
foydalanishlaridan
qat’iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli
me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |