4. Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish. Tashkilotga kirimga olinayotgan tovar moddiy zahiralar bo‘yicha aloxida qaydnomalar ochilib barcha amalga oshirilgan xarajtlar boshlang‘ich xujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi.
Masalan kanselyariya qog‘ozi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tashkilotga olindi. Bunda xarajatlar quyidagilardan iborat bo‘ldi: shartnoma bo‘yicha bahosi jami 500000 so‘m (yuk xatiga asosan), mol yetkazib beruvchi tashkilotdan olib kelish uchun transport tashkiloti hizmati ko‘rsatildi 50000 so‘m (bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasiga asosan), tashkilot xodimiga boshqa shaxardan olib kelish uchun xizmat safariga berilgan mablag‘ 20000 so‘m (avans hisobotiga asosan). Jami xarajat summasi 570000 so‘mni tashkil etdi.Demak tashkilot balansiga sotib olingan kanselyariya qog‘ozi 500000 so‘m emas balki 570000 so‘m qilib xaqiqiy tannarxida kirimga olinadi. Qaydnomaga asosan kirim qilingan tovar-moddiy zahiralar M-44 son shakldagi Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga summasi tushiriladi. Bunda qiymati 570000 so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi xarajatlar qaydnomada quyidagicha aks ettiriladi.
Toshkent bank kolledji (Tashkilot nomi) Qaydnoma № Tovar moddiy zahiralar kirimi bo‘yicha Kanselyariya qog‘ozi miqdori 100 kg. sana 07.08.2015 yil.
(TMZnomi) (so‘mda) № Ko‘rsatkichlar nomi Qiymati Asos bo‘lgan xujjat
1 Shartnoma bahosi 500000 Yuk xati2 Transport xarajatlari 50000 Bajarilgan ishlarni topshirish, qabul
qilish dalolatnomasi.
Xizmat safari xarajatlari 20000 Avans hisoboti Jami 570000
Tashkilotni o‘zida tayyorlansa tovar moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqa ochilib barcha xarajatlar turlari bo‘yicha jamlanib boradi va shu asosida xaqiqiy tannarxda M-44 son shakldagi Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga tushiriladi. Buxgalteriyada budjet mablag‘lari yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan (tayyorlangan) tovar-moddiy zahiralarning hisobi miqdor va summa ifodasida materiallarning nomi, sotib olinish (tayyorlanish) manbaalari va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da hamda M-44-son shakldagi material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomada yuritiladi.
Omborlardagi tovar-moddiy zahiralarning hisobi moddiy javobgar shaxs tomonidan M-17-son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida faqat nomi, navi va miqdori bo‘yicha yuritiladi.
Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
- sotish;
- beg‘araz berish;
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
- kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo‘lsa, o‘rtacha bahoda hisobdan o‘chiriladi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim.
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish imkoniyatiga ega. Budjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni qonunchilik asosida amalga oshriladi.
Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan olingan mablag‘lar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli budjet daromadiga;
50 foizi - budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltiriladi.