zarur boshqaruv axborotlari tayyorlanadi hamda foydalanuvchilarga
taqdim etiladi.
Savdo
va
sanoat
korxonalarida
integrasiyalashgan
hisobni
avtomatlashtirishning muhim xususiyatlaridan biri, u orqali korxona
byudjetini
turli
muddatlar
uchun
osongina
tuzish
imkoniyatining
mavjudligidir. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim asosida zarur muddat
uchun kelgusi daromad va xarajatlar byudjetini tuzish, amalga oshiriladigan
to'lovlarni doimiy ravishda kuzatib borish, smetalarning bajarilishini tahlil
qilish, korxonani istiqbolli rivojlantirishni nazarda tutuvchi moliyaviy (biznes)
rejalarni ishlab chiqish mumkin.
Integrasiyalashgan hisob tizimida biznes rejalashtirish aniq belgilangan
oraliqda amalga oshiriladi. Biznes rejalashtirishda byudjetlar bir martalik
(asosiy vositalarni sotib olish) va takrorlanadigan (byudjetga soliq to'lovlari,
ijara tolovlarini amalga oshirish) xo'jalik muomalalari asosida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |