Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya.
Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya.
Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun solinadigan daromad solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani xarid qilish va sotish orasidagi farqdan hisoblab chiqiladi.
Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan uning aksiyalarini xarid qilishni so‘rash bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi masalalar esa, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Dividend (lotincha dividendus – bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga to‘lanadigan daromad.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |