6-mavzu: Avtomatik rostlashning vazifalari. Reja Avtomatik rostlov tizimlari tasnifi. Rostlov obektlari xususiyatlari



Download 75,11 Kb.
bet2/2
Sana20.07.2022
Hajmi75,11 Kb.
#825040
1   2
Bog'liq
6-мавзу

2. Rostlov obektlari xususiyatlari.
Rostlov obektlariga sanoat kurilmalari, mashina, apparatlar, texnologik jarayonlar, har xil turdagi texnologik agregatlar kiradi.
Bularda parametrlar malum bir meyorda yoki avtomatik regulyatorlar yordamida malum bir qonuniyat bilan rostlanadi. Obekt holatini aniqlovchi parametrlar sifatida har turli kimyoviy, fizik va boshqa qiymatlar: bosim, harorat, satx, zichlik, tok, kuchlanish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Rostlov obekti umuman olganda bir yoki birqancha rostlanuvchi qiymatlar bilan tavsiflanadi. Paxta tozalash zavodlarida har xil konstruksiyali baraban turidagi quritgich (sushilka)lar qo‘llanadi. Bunda rostlov obekti bo‘lib quritgich baraban hisoblanadi. Unda nam xomashyo-paxta quritiladi. Bu jarayonda rostlanuvchi qiymatlar sifatida agent harorati, paxta namligi, uzatilayotgan paxtaning kelib tushish jadalligi, obektda paxta harakati tezligi (barabanda paxtaning qurish vaqti) va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Paxtaga birinchi ishlov berishda jinlov jarayoni asosiy operatsiyalardan hisoblanadi. Bu jarayonda paxta tolasi va paxta chigiti olinadi.
Agar jinlov jarayoni arrasimon qurilma (pilnoye ustroystvo)da bajarilsa, rostlov qiymati bo‘lib arra silindrining xomashyo valigi aylanish tezliklari, xomashyo valigining zichligi, jinlov arra yuritmasi aylanishi tezligi va boshqalar xizmat qiladi. Rostlov obekti avtomatik rostlov tizimining o‘ta ahamiyatli elementi hisoblanadi. Rostlov obektining asosiy xo‘susiyatlarini ajratib o‘tamiz. Bular obekt sig‘imi, o‘z-o‘zini to‘g‘rilash va kechiqish.
Obekt sig‘imi deganda uning modda yoki energiya to‘plash xususiyati tushiniladi. «G‘alayonlar»ning obektga tasir etishi oqibatida rostlov qiymati o‘zgarishi bilan sig‘im o‘zgaradi. Sig‘im qancha katta bo‘lsa rostlanuvchi qiymat shunchalik sekin o‘zgaradi. Obekt sig‘imlar soniga qarab bir sig‘imli va ko‘p sig‘imli guruhlarga bo‘linishi mumkin. Ko‘p sig‘imli guruh birnechta ketma-ket ulangan sig‘imlardan tashkil topadi. Bir sig‘imli rostlov obektlari birinchi darajali differensial tenglamalar bilan ifodalanadi. Ko‘p sig‘imli rostlov obektlari differensial tenglamalari darajasi o‘zaro ketma-ket ulangan sig‘imlar soniga bog‘liq.
O‘z o‘zini tekislab to‘g‘irlash (samoviravnivaniye) - bu o‘zgarmas qiymatli «g‘alayon» tasir etganda rostlov obektining inson yoki regulyator ishtirokisiz yangi turg‘un holatga o‘tib ishlashi. Bu xususiyat turg‘unlash koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. ning qiymati obekt kirish qiymatining tegishli chiqish qiymatiga bo‘linmasidan topiladi.
Agar , unda rostlov obekti statistik (turg‘un)obekt deb ataladi va u, o‘z-o‘zini turg‘unlovchi hisoblanadi. qiymati qanchalik katta bo‘lsa rostlash shunchalik yengil kechadi. Statik rostlanuvchi qiymat muvozanat holatiga yaqin bo‘ladi va obektni rostlash shunchalik yengil kechadi. Statik avtomatik rostlov obektiga katta rezervuar (xovuz) misol bo‘laoladi, bunda xovuzga bitta quvurdan suyuqlik kelib tushadi, ikkinchisidan chiqib ketadi. Bu obektda rostlanuvchi qiymat bo‘lib xovuz satxi , rostlovchi qiymat bo‘lib esa - kiritilayotgan suyuqlik xajmi Q­n hisoblanadi. Q­n ni keskin ravishda ga (6.2.a-rasm) o‘zgartirsak va shu qiymatni o‘zgartirmasak, suyuqlik satxi va suyuqlik ustuni gidrostatik bosimi ham ko‘tariladi demak, suyuqlik sarfi ko‘payadi. Satx h ning ko‘tarilishi shu vaqtgacha davom etadiki, qachonki obektda yana o‘rnatiluvchi rejim barpo bo‘lmasa, boshqacha aytganda tushayotgan suyuqlik bilan chiqayotgan suyuqlik miqdori tenglashmasa. Bunda rezervuarda yangi h­1 satxi o‘rnatiladi. Shunday qilib o‘zi turg‘unlanuvchi rostlov obektlarida birqancha o‘tkinchi jarayonlardan so‘ng beriladigan va sarflanadigan suyuqlik yoki energii ya muvozanat holiga kelar ekan.
Agar o‘z turg‘unlik koeffitsiyenti nulga tenglashsa, obekt astatik (neytral) yoki o‘zi turg‘unlanmaydigan obektga aylanadi.
Astatik rostlov obektlarida «g‘alayonlik» ta’siri natijasida rostlanuv qiymat o‘zgaruv tezligi «g‘alayon» qiymatiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi. «G‘alayon» yo‘qolsa, astatik obekt o‘zining muvozanat holatini istalgan rostlanuvchi qiymatda saqlab qoladi. Astatik rostlov obektiga misol qilib, isrofi nasos yordamida olinuvchi rezervuarni keltirish mumkin. Kelayotgan suyuqlikning miqdori Q­n ko‘payishi suyuqlik satxi h­ ning o‘zgarmas tezlik bilan ko‘tarilishiga olib keladi (2.b-rasm). Bunda suyuqlik satxi o‘rnatilgan holatga intilmaydi, chunki suyuqlik sarfi rezervuardagi suyuqlik satxiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Turg‘un bo‘lmagan obektlar ham mavjud bo‘lib, ularda istalgan kichiq ta’sir rostlanuvchi qiymatni vaqt bo‘yicha keskin o‘zgaruviga olib keladi.

2 -rasm. Rostlov obektining o‘tkinchi jarayonlari grafiklari; a-statik; b-astatik
Turg‘unsiz holat obektlari yana manfiy qiymatli yoki koeffitsiyentli obektlar deb ham ataladi.
Ba’zibir obektlarda rostlanuvchi qiymat o‘zgaruvchi kirish qismdagi qiymat bilan bir vaqtda kechmaydi. Bu biroz vaqt davomida keyin yuz beradi. Bu vaqt toza yoki transport tufayli kechiqish vaqti deb ataladi. Bunga sabab obekt va rostlovchi organ oralarida katta masofa borligidir.
Nazorat savollari.
1. Avtomatik rostlov tizimlarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash turlarini ayting.
2. Avtomatik rostlov tizimi turi bo‘yicha qanday turlarga bo`linadi?
3. Rostlov obektlari xususiyatlari haqida ma`lumot bering.
Download 75,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish