Аuditning maqsadi – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bogʼliq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi toʼgʼrisida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etishdir.
Аudit fanining predmeti xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va ularning faoliyatlari hisoblanadi. Maʼlumki korxonalar oʼz ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan foydalaniladi. Korxonaning resurslari doimo daromadga, foyda olishga qaratilgan boʼlishi kerak. Аuditning predmetiga moliyaviy hisobotning toʼgʼriligi, hisob siyosatiga toʼliq amal qilinishini tekshirish ham kiradi. Аuditning predmeti va obʼekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bogʼliq boʼladi.
Аuditning obʼektlari Mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bogʼliq boʼlgan operatsiyalar
Moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi koʼrsatkichlar (xarajatlar, daromadlar, foyda va zararlar)
Valyuta operatsiyalari
Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi sarmoyalar, tovar birjalari
Hisob-kitob operatsiyalari (debitorlik, kreditorlik qarzlari)
Qimmatli qogʼozlar bilan bogʼliq jarayonlar
Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi);
inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi);
buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).