O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEKISTONDA SUVDAN FOYDALANISH
O‘rta Osiyo Dunyo okeani bilan bog‘lanmagan berk xavza bo‘lib, Yer yuzida suv etishmaydigan qurg‘oqchil zona hisoblanadi. O‘rta Osiyoning tekislik qismida bug‘lanish yillik yog‘in miqdoridan ko‘p va suv oltinga teng deb baholanadi. O‘rta Osiyoning Yer usti va Yer osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishni talab qiladi. Ikki asosiy daryo - Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to‘liq o‘zlashtirilgan va Yer osti suvlari ham tobora ko‘proq ishlatilmoqda. Suvlarning ifloslanishi muammosi ichimlik suvlarining etishmasligini yanada keskinlashtirdi. Daryolar suvining sug‘orishga ko‘plab ishlatilishi Opol dengizining qurishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi yirik sug‘oriladigan dehqonchilik rayonlaridan biri hisoblanadi. Suv resurslari O‘zbekiston va butun O‘rta Osiyo mintaqasining rivojlanishini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. qadimda bu katta hududda mehnat va mo‘l suv talab qiladigan ekinlar-paxta, sholi etishtirib kelingan. O‘zbekiston yerlari asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, qashqadaryo, Surxondaryo, CHirchiq va Oxangapon daryolari suvlari bilan sug‘oriladi. Daryolar suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 50 dan ortiq suv omborlari qurilgan.
2002-2004-yillarda O‘zbekistonda o‘rtacha 55,1 km3 suvdan foydalanilgan. SHundan Yer osti suvlari 0.5 km3ni tashkil qilgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 90,2% sug‘orishga, xo‘jalik-ichimilik maqsadlarida 6,1%, 2.2 % sanoatga, 1.5% baliq xo‘jaligiga sarflangan.
Respublikada shaharlar aholisining 89%(Toshkentdan tashqari) va qishloq aholisining 64,5% markazlashgan vodoprovod suvlari bilan ta’minlangan. 2004 yili kommunal vodoprovodda suv sifatining kimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha namunalarning 16,3%, biologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 5,5% normativlarga to‘g‘ri kelmagan. SHaharlar aholisining 54% va qishloq aholisining 3% markazlashgan kanalizatsiya sistemasi bilan ta’minlangan xolos(Natsionalno‘y doklad, 2005).
Suvlardan isrofgarchilik bilan foydalanish natijasida sug‘oriladigan maydonlar 4,2 mln. gektarga etganida mavjud ishlatiladigan suv zahiralarining tugashi kuzatiladi. Respublikada Yer osti suvlarining 95 ta konlari mavjud bo‘lib, hozirda Yer osti suvlari imkoniyatining 52 foizi ishlatilmoqda.
Suv resurslari qurg‘oqchil O‘zbekistonda hayotiy muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistondagi CHirchiq va Oxangarondan tashqari barcha daryolar transchegaraviy hisoblanadi. O‘zbekistonda ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suvning 8% mamlakat hududida, 92% qo‘shni mamlakatlar hududida shakllanadi. Daryolarning oqimi davlatlararo kelishuvga ko‘ra o‘zaro taqsimlanadi.
Suvlarning ifloslanishi ham dolzarb ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning asosiy daryolari qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hududlaridan ifloslanib keladi. Daryolar suvi chorvachilik komplekslari, kommunal-maishiy oqovalar, sanoat oqovalari va katta hajmda kollektor-drenaj suvlari bilan ifloslanadi. O‘zbekistonda ifloslangan suvlarning 78% sug‘oriladigan yerlarda vujudga keladi, 18% sanoat hissasiga va 4% kommunal xo‘jalikka to‘g‘ri keladi(2001-yil). Eng ko‘p suvlar dalalarda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar, pestitsidlar va boshqa zaxarlar bilan ifloslanadi.
Sanoat oqovalarining 80% Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va Samarqand viloyati sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kommunal-maishiy oqovalarining 50% dan ortig‘i Toshkent va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Suvlarga pestitsidlar va zaharli kimyoviy birikmalarning ko‘plab tushishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida ichimlik suvi muammosi keskinlashib ketdi. Ayniqsa, qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi kasalliklarning ortishiga olib keldi. Buxoro va qashqadaryo viloyatlarining qishloq aholisi yaxshi sifatli suv bilan nisbatan kamroq ta’minlagan.
Oxirgi yillarda Yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi kuzatilmokda. Farg‘ona-Marg‘ilon sanoat rayonida neft mahsulotlari va fenollar bilan Yer osti suvining ifloslanishi REM dan yuz barobargacha ortganligi qayd qilingan. Toshkent viloyatida ham Yer osti suvlarining mahalliy o‘ta yuqori ifloslanishi kuzatiladi. Respublika bo‘yicha ifloslangan oqava suvlar xajmi yiliga 150 mln. m3 ni tashkil qiladi. 2004-yili kollektor-drenaj suvlari oqimi 23478 mln. m3ni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg‘or chet el texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug‘orish, suvlardan takror foydalanish, suv hisoblagichlarini o‘rnatish, oqovalarni tozalash shular jumlasidandir. Suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari faoliyat olib bormoqda. Suv havzalariga tushadigan sanoat oqovalari keyingi besh yil ichida ikki yarim marta kamaygan. Suvlarni me’yoridan ortiq ifloslaganligi uchun jarima va to‘lovlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida". (6 may. 1993 y.) qonuni asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonuni takomillashtirish, suvdan foydalanish to‘g‘risida qo‘shimcha qonunlar, birinchi navbatda «Ichimlik suv to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi zarurdir. Suvlardan oqilona foydalanish va suv havzalarini ifloslanishdan saqlashni ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |