6-mavzu. 1960 yildagi harbiy to‘ntarish va siyosiy o‘zgarishlar



Download 29,21 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi29,21 Kb.
#313335
Bog'liq
6-мавзу-1960 yildagi harbiy to‘ntarish va siyosiy o‘zgarishlar


6-mavzu. 1960 yildagi harbiy to‘ntarish va siyosiy o‘zgarishlar
Turkiya tarixi davomida harbiy to‘ntarishlarni amalga oshirish sabablari va maqsadlari turlicha bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Islom dinini qabul qilishdan oldin harbiy to‘ntarishlar asosan harbiy boshliqlarning taxtga o‘tkazish uchun amalga oshirilgan. Islom dinini qabul qilganda keyin islom diniga tahdid qilgan unsurlarga qarshi harbiy to‘ntarishlar amalga oshirilgan va asosiy maqsad dinni himoya qilish bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Turkiya mustaqillika erishganidan keyin harbiylarning inqiloblari asosan Otaturk ishlab chiqqan tamoyillarni himoya qilish va mamlakatda “Dunyoviy” va “Huquqiy davlat” qurishni o‘z vazifasi deb hisoblaydilar.

1954 yildan boshlab Xalq Demokratik partiyani qo‘llab – quvvatlashni susaytira boshladi. Buning asosiy sababi tashqi bozorlardagi qulay konyukturaning tugashi va iqtisodiyotdagi buzilishlar edi. Tez sur’atlarda yuksalayotgan inflyatsiya, shahar aholisi, armiya va davlat tizimidagilarning moddiy ahvoliga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xalq noroziligiga muxolifat va matbuotning tanqidlari ham qo‘shildi. Demokratik partiyaning harbiylarga tazyiqi, Turk armiyasi 1952 – 1958 yillarda Misr va Iroqda bo‘lgan inqiloblarga e’tibor bermasligi siyosiy rejimning ta’siri tufayli edi. Mamlakatda harbiylardan tashkil topgan guruh paydo bo‘ldi. Uning a’zolaridan faqatgina General Gursel ommaga tanish edi. 1960 yil 27 mayda general Gursel Izmirdan Anqaraga yetib keldi. Anqarada joylashgan to‘ntarishga mo‘ljallangan markazga tashqi ishlar vaziri bosh kotibi Salim Sarper ham yetib keldi Kiril Go‘lu va general S.Kuchuk bilan 1960 yil martda AQSh bilan imzolangan ikki tomonlama kelushuvni muhokama qilishda generallar Turkiya hududida siyosiy parokandalik yuz bergan taqdirda AQShni Turkiyaning ichki ishlariga harbiy kuch bilan aralashishidan havotirda edilar. Selim Sarper generallarni tinchlantirib AQShni Turkiya ichki ishlariga aralashmasligiga ishontirdi. Shuning uchun davlat to‘ntarishi o‘tkazilgan ilk kundanoq Turkiyaning NATO, SENTO va boshqa xalqaro tashkilotlar oldidagi mas’uliyatni his qilishi va talablarni to‘la bajarishi va sadoqati haqida radio orqali e’lon qilinib borildi. Sarper harbiy to‘ntarishni ğarbga tushuntirish sharq tadbirlari va yangi rejimni olinishini taminlashi kerak edi. Gursel va boshqa konservativ generallar tashqi siyosatni tartibga solish va yosh ofitserlar tarkibi tomonidan bo‘ladigan keskin harakatlarga chora ko‘rishga bor e’tiborlarini qaratgan edi. Chetga diplomatik aloqalar tufayli yuborilgan Demokratik partiya diplomatlarining barchasi chaqirib lavozimidan olindi. Mamlakatda mavjud rejim ustida bahslar kuchaydi. Universitetlarning talabalari ko‘chalarga namoyishga chiqdi. 1960 yil 20 aprelda Istambul universitetining talabalari ommaviy jabr – zulmga qarshi norozilik belgisi sifatida miting o‘tkazishdi. Ertasi kuni talabalarning ko‘p kishilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Politsiya ularga qarshi o‘t ochdi. Istanbuldagi tinch namoyishning o‘qqa tutilishi umumiy qahr – g‘azab uyg‘otdi. Mamlakatning hamma tomonlaridan norozilik arznomalari tusha boshladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada keskinlashganligidan favqulodda holat e’lon etildi. Shunday bir beqaror vaziyatda Qurolli kuchlar 1960 yil 27 may kuni davlat to‘ntarishini boshlab yubordi. Inenyu tarafdori bo‘lgan bir nechta general Demokratik Partiyani hokimiyatdan tushirish siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish, mamlakatni va demokratiyani saqlab qolishning voz kechib bo‘lmas asosiy sharti ekanligini anglab, ushbu qarorni qabul qilgan edilar. G‘alayon provinsiyalarga ham tarqala bordi. Mana shunday keskin vaziyatda 1960 yilning 27 mayida harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Yashirin harbiy tashkilot o‘zining sodiq qo‘shinlariga tayanib, barcha gubernatorlarni, prezident Boyarni, bosh vazir Menderesni, hamda Demokratik Partiyaning majlisidagi 400 deputatni qamoqqa oldi. Anqaradagi hukumat binolarini bosib oldi. Istanbul va boshqa shaharlarda Milliy Hamjihatlik Qomitasi tuzildi va bu qo‘mita davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Qo‘mita va u tuzgan Muvaqqat hukumatga Gyursel rahbarlik qildi.

Milliy Hamjihatlik qo‘mitasi 27 mayda kammyunike – bayon qabul qildi va unda to‘ntarish sabablariga quyidagicha ta’rif berilgan edi: “Hurmatli vatandoshlar, bizning jamiyat demokratiya inqiroz ostida qolganligi tufayli bo‘layotgan urushlarni oldini olish uchun, qon qarindoshlarning o‘zaro urushini oldini olish niyatida turk harbiy kuchi mamlakatni boshqarishni o‘z qo‘liga oldi”.

Bayonotda quyidagi vazifalar belgilab berildi: “Fuqarolarning moddiy va ma’naviy hayotni yaxshilash va ko‘tarish uchun barcha choralar ko‘rilsin”. Har qanday siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlansin. Ilgarigi hukumat chiqargan barcha qonunlar bekor qilinsin.

Tashqi siyosat masalasida bayonotda prinsip va maqsadlar quyidagicha belgilangan: “Biz ittifoqchilarimiz va do‘stlarga, qo‘shnilarimizga va barchaga murojaat etamiz! Bizning maqsadimiz BMT ustaviga sodiq qolish, ulug‘ Otaturk ishlab chiqqan qonunlarga sodiq bo‘lish.

Shunday qilib, 1960 yilning 27 mayida armiya boshchiligida Otaturk prinsiplariga qaytish shiori ostida davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatli bajarildi. Hokimyat to‘ntarish o‘tkazgan yangi tashkilot — Milliy birlik qo‘mitasi (MBQ) qo‘liga o‘tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitulsiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, MBQ oliy qonun chiqaruvchi organ deb e'lon qilindi. Unga J. Gursel raislik qildi va u vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. Bu to‘ntarish 37 ta harbiylar rejasi asosida amalga oshirildi. Generallar hokimiyatni qo‘lga olib o‘zlarining qatorlarini mustahkamlash bo‘yicha tezda chora ko‘rishdi. 1960 yil noyabrda to‘ntarish qatnashchilari, Turkesh bilan bir qatorda Milliy Birlik Qo‘mitasi ichidagi J. Gursulning radikal – milliy muxolifatini fuqarolik boshqaruviga o‘tish fikrlariga qarshi bo‘lganligi tufayli Milliy Birlik Qo‘mitasidan chiqarilib yuborildi va iste’fo berildi, keyin esa chet elga diplomatik ishga jo‘natildi. Qolaversa, A. Turkesh 1963 yilga qadar Dehlidagi turk elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlashga majbur edi. 1960 yilgi to‘ntarish tashabbuskorlari yosh ofitserlar edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ulardan bir qanchasi ko‘ppartiyaviylik tizimiga qarshi bo‘lishgan, ochiqdan – ochiq avtoritar hokimiyatni afzal ko‘rishgan. Ma’lumki, turk ofitserlar korpusi an’anaviy ravishda davlatini harbiy kuch bilan tan oldirishdi, ofitserlar o‘zlarini “milliy erkinlik”ni bajaruvchilari deb hisoblashgan. Kommunizmga va islomga qarshi ularning qarashlarini tashkil qilgan muhim elementlardir.

Biz barcha ittifoqlarga va majburiyatlarga sodiq qolamiz va ularni bajaramiz. Biz NATOga va SENTOga ishonamiz va unga sodiqmiz. Bizning ideal – mamalakat ichida tinchlik, butun dunyoda tinchlik”.

Porsal rahbarligidagi Muvaqqat hukumat yangi saylovlarga tayyorlana boshladi. Buning uchun yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga va yangi saylash qonunini ishlab chiqishga tayyorlana boshlandi. Bu loyihalarni ishlab chiqish maqsadida alohida komissiya tuzildi. Unga Istanbul Universitetining rektori rahbarlik qildi.

1960 yilning 12 iyunida eski konstitutsiya bekor qilindi va muvaqqat konstitutsiya e’lon qilindi. 1961 yilning 9 iyulida yangi konstitutsiya qabul qilinguniga qadar bu konstitutsiya amalda bo‘ldi.

Milliy hamjixatlik qo‘mitasi 38 kishidan iborat edi (5ta – general va 33 ta – ofitserdan).

Qonunlar ham chiqardi. Hukumat Milliy hamjihatlik qo‘mitasi a’zolaridan hamda partiyasiz bo‘lgan fuqarolardan tuzilgan edi.

Yangi hukumat Boyar va Menderes rejimiga qarshi bo‘lgan siyosiy mahbuslarni turmalardan chiqartirdi, amnistiyalar e’lon qilindi. 1960 yilning 1 sentabrida antikonstitutsion va anitidemokratik faoliyat olib borgan Demokratik partiyaning faoliyati taqiqlandi.

1960 yilning 14 oktabrida hukumatning sobiq a’zolaridan bosh vazir A. Menderes hamda sobiq prezident J. Boyar ustidan sud jarayoni boshlandi. Ularga konstitutsiyani buzganliklari, xalq namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirganliklari va 1955 yilning sentabrida Istanbulda greklarga qarshi qilingan harakatni tashkil qilganliklari kabi ayblar qo‘yildi.



Vaqtinchalik hukumatni shakllantirishda MBQ nazorati ostida 28 may kuni 3 general va 15 ta oddiy fuqaro hukumatga kirdi. Jamol Gursul bosh vazir lavozimini egalladi va milliy mudofaa vaziri bo‘ldi. Tez orada yangi kostitutsiya matnini tuzish bo‘yicha komissiya tuzildi. Generallar mashhur va obro‘li professorlarni to‘plashdi, bu komissiya konstitutsiya loyihasini tayyorlashdi. Shu orada harbiy o‘qishda yig‘ilganlar hukumatning sobiq a’zolari, sobiq deputatlar o‘zlarining qatnashishi qarorini kutishardi. 27 maydagi to‘ntarishdan keyin prezident Jalol Boyar, bosh vazir Adnan Menderes, hukumat a’zolari va muhim qo‘mondonlardan biri bo‘lgan Alu Fuat Jebesoy ham bo‘lgan Demokratik Partiya deputatlari, partiya boshqaruvchilari, askarlar va ba’zi yuqori darajadagi jamoat tashkilotlari vakillari qo‘lga olinib Yassi oroliga olib boriladi. Qamoqdagilardan biri bo‘lgan Demokratik Partiyaning sobiq deputati G‘iyosiddin Emre boshiga tushganlarni shunday izohlaydi: “Harbiy aeropotda samolyotdan tushyapmiz. Ovqatlanayotganda gaplasholmasdik. Gaplashgani uchun kaltak yeganlar ko‘p bo‘ldi. Har kun ertalab qum solingan, kechqurun esa tosh solingan ovqat berishardi”. Qamoqdalik paytida Demokratik Partiya a’zolaridan Yusuf Salman, Lutfi Kirdar, Gazi Yigitbashi, Yumnu Uresin, Nuri Yamut va Kenan Yilmazlar halok bo‘lishdi. Pastki qavatdagi kuchli qo‘riqlanayotgan alohida xonada Boyar, Menderes va Koraltanlar bor edi. Ulardan biri, ichki ishlar vaziri Namiq Gedik 29 may kuni oqshomda o‘z joniga qasd qiladi. O‘sha binoning uchinchi qavatida u bilan birga bo‘lgan boshqa asir Menderesning so‘zlariga qaraganda, u singan oynaning ovozidan uyg‘onib ketgan va tezda tushunganki uning hamrohi oynadan o‘zini tashlab yuborgan, hatto oynani ochishga harakat ham qilmagan. Bu yerda qamoqdagilarga og‘ir azob va qo‘pol muomala qilinganligi taxmin qilinadi. Og‘ir azob va bunday muomala natijasida Jemil Kelesheog‘lu va Namiq Gedik o‘z jonlariga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi. Demokratik Partiya advokatlaridan bo‘lgan Husamettin Jindoruk Namiq Gedikning o‘limi shubhali ekanligi aytib o‘tdi: “Namiq Gedikning o‘limida zo‘rlik alomatlari bor. Uning oilasi uning o‘z joniga qasd qilganiga umuman ishonishmadi”.Keyinchalik esa uning xayrlashuv xati aniqlandi. Qamalganlar orasida ko‘prog‘ini (600 ga yaqin) yuristlar tashkil qilgan, ulardan keyin savdogarlar, keyin yer egalari, doktorlar, ma’murlar, harbiylar, jurnalistlar, diplomatlar va boshqalar. Tez orada qamalganlar Marmara dengizidagi Yassi oroliga harbiy turmaga jo‘natiladi. Kechroq 9 – iyun oqshomida Yassi oroliga yuqori darajadagi harbiylar qo‘riqlashi ostida Jalol Boyar va Adnan Menderes jo‘natiladi. Ularning orasida ko‘pchiligi o‘lib ketishadi. Jalol Boyar o‘zini o‘zi o‘ldirishga urinib ham ko‘radi. Yassi orolida sud 1960 yil 14 oktabrda boshlanadi va 1961 yil 15 sentabrgacha davom etadi. 15 ta o‘lim hukmi chiqariladi. Ularni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, MBQ 1961 yil 16 sentabrda jamoatni qisman yumshoqlikka chaqirish maqsadida Boyarning o‘lim hukmi va boshqa 11 ta kishiniki umrbod qamoq jazosiga o‘zgartiriladi, lekin Menderes va sobiq ichki ishlar vaziri Fotix Rushtu va moliya vaziri Xasan Polatkanning hukmlari o‘z kuchida qoldiriladi va keyinchalik amalga oshirildi.

Milliy hamjihatlik qo‘mitasi keskin kelishmovchiliklar tufayli 1960 yilning noyabrida tarqatib yuborildi va 23 kishidan iborat yangi tarkibni tuzdi. 1961 yilning 6 yanvarida Anqarada 272 deputatdan iborat Ta’sis majlisi chaqirildi. Davlat rahbari J. Gyursel tomonidan deputatlarning bir qismi ta’minlandi.

Milliy hamjihatlik qo‘mitasi ikkinchi palata – senat bo‘lib qaraldi. Jami Ta’sis majlisi 295 deputatni o‘z ichiga oldi. Ta’sis majlisi yangi konstitutsiyani qabul qilishi uchun, saylovlar qonunini yangilash maqsadida, yangi byudjetni qabul qilishi va qonun chiqaruvchi organ bo‘lib faoliyat olib borish maqsadida chaqirildi.

1961 yilning 27 mayida Ta’sis majlisi konstitutsiyaning yangi matnini qabul qildi va uni referendumga qo‘ydi. Referendum 9 iyulda amalga oshirildi va unda 10.3 mln kishi qatnashdi. Yangi konstitutsiya Senatni tikladi. Endi Turkiya Buyuk Millat Majlisi ikki palatadan iborat bo‘ldi – Milliy palatadan va Senatdan. Milliy palata – 450 kishidan iborat. Senat 150 a’zodan iborat bo‘ldi. Senatning asosiy vazifasi – Milliy palata ustidan nazorat olib borish edi. Barcha Milliy palata chiqargan qonun loyihalari senat tomonidan ko‘rib chiqilar edi. Ijro etuvchi hokimiyat respublika prezidentiga, vazirlar kengashiga va mahalliy organlarga qarar edi. President 7 yillik muddatga saylanardi va Milliy palata deputatlari orasidan 40 yoshga to‘lgan va oily ma’lumotga ega bo‘lishi shart edi. Prezident katta kuchga ega edi. U ikki palata qabul qilgan qonunni ikkinchi bor ko‘rib chiqish uchun qaytarishi mumkin edi; bosh vazirni ta’yinlar edi; qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni hisoblanardi; konstitutsiyaga binoan Milliy palatani tarqatish va yangi saylovlar qabul qilish huquqiga va boshqa huquqlarga ega edi. Vazirlar Kengashi Milliy palata oldida kollektiv ma’suliyatga ega edi. Bosh vazir Milliy palataga o‘z programmasi haqida hisobot berardi va Milliy palata unga ishonch bildirardi. Yangi konstitutsiyaga binoan Konstitutsion sud joriy etildi. Uning vazifasiga majlis qabul qilgan qonunlar konstitutsiyaga muvofiq bo‘lishini nazorat qilish, prezident ustidan sud nazoratini o‘rnatish hamda vazir va boshqa davlat arboblari ustidan nazoratni tashkil etishdan iborat edi. Konstitutsiyaning alohida bo‘limlaridan davlat majburiyatlari belgilab berildi. Bu majburiyatlar quyidagilardan iborat edi:



    • ishchilarni normal mehnat sharoiti bilan ta’minlash;

    • bolalar va ayollar mehnatini himoya qilish;

    • bayramlarda va har yilgi pullik dam olishlarni ta’minlash;

    • konstitutsiya va ishchilarga profsoyuzlar tuzish huquqini berdi;

    • namoyish o‘tkazish huquqi va boshqalar.

Yangi konstitutsiya maqullanganidan so‘ng Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) saylovlariga tayyorgarlik boshlandi. Saylovlar 1961 yil 15 oktabrda o‘tkazilishi belgilandi. Saylovlardan oldin Yassioda orolida sobiq Boyar – Menderes hukumati a’zolari ustidan sud jarayonlari yakunlandi. 15 ta maxbusdan 12 tasi bir umrga surgun qilindi, bosh vazir Menderes, tashqi ishlar vaziri Zorlu va moliya vaziri Po‘latkan osib o‘ldirildi.

1960 yilda Turkiya juda katta to‘lqinga ega bo‘lgan siyosiy tebranishlar girdobida qolgan edi. 27 mayda amalga oshirilgan harbiy davlat to‘ntarilishi mamlakatning barcha jabhalariga o‘z ta`sirini o‘tkazdi. 37 nafar quyi lavozimdagi zobitlar rejasi asosida amalga oshirilgan ushbu siyosiy harakat Turkiya siyosiy tarixida sezilarli iz qoldirgan. Mamlakatning barcha sohalarida islohotlar amalga oshirildi. Respublika prezidenti va hukumat a`zolari qo‘lga olinadi, 235 general va 3500 atrofida zobit istefoga chiqariladi. 520 sudya ishdan bo‘shatilib adliya nazorat ostiga olinadi. Mamlakatni 37 zobit va nafaqadagi general Jamol Gursel boshchiligidagi Milliy Birlik Qo‘mitasi qo‘liga o‘tadi. 1960 yil 14 oktyabrdan 1961yil 14 sentyabrgacha 592 kishi jazolanadi. Demokratik partiya a`zolaridan 228 kishiga o‘lim jazosi talab qilinadi, biroq Adnan Menderis, Fatih Rushtu, Hasan Po‘latkanlargagina o‘lim jazosi amalga oshirildi. Jalol Boyar va yana 11 kishi umrbod qamoqqa mahkum etildi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Harbiylarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishlarining sababi nimada.? Hokimiyatni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan generallar tashabbusimi, yoki mamlakat taqdiridan xavotirlanishmi? 1960 yil 29 sentyabrda harbiy to‘ntarishni keltirib chiqargan islohotlar ijodkori bo‘lgan Demokratik partiya yopildi. Otaturk asos solgan Respublika xalq partiyasidan tashqari boshqa barcha partiyalar yopildi. Har bir to‘ntarishdan so‘ng, yangi konstitutsiya qabul qilingan. Siyosiy hayot isloh etilar ekan, yangi partiyalar va yangi kadrlar rejalashtiriladi. 1961 yilda yangi konstitutsiya qabul qilinib mamlakatni siyosiy isloh etish boshlandi. Mamlakat vaqtinchalik harbiylar qo‘lida edi. Davlat Rejalashtirish tashkiloti va Konstitutsiyaviy Sud o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatdagi ushbu jarayonlar shubhasiz, siyosiy partiyalar faoliyatiga ta`sir o‘tkazdi. Aslida harbiy to‘ntarishning asosiy sababi hukmron partiyaning (Demakratik partiya) mamlakat asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning siyosiy g‘oyalaridan chekingani edi. 1961 yilgi konstitutsiya bilan Turkiyada siyosiy partiyalar konstitutsiyaviy kafolatga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning 56 va 57 moddalari siyosiy partiyalar faoliyatiga tegishlidir. Mazkur moddalarda fuqarolarning siyosiy partiyalarga birlashishi va partiyalarni tashkil etishi shaxsiy huquq sifatida kafolatlangan. 1961 yil konstitutsiyasidagi mazkur band ahamiyatga molikdir. “Siyosiy partiyalar, xoh hukumatda bo‘lsin, xoh muxolifatda, demokratiyaning voz kechilmaydigan unsuridir.” Bundan tashqari, siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asosini yaratish ehtiyoji tufayli 1965 yilda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Mazkur huquqiy asos davlatning siyosiy partiyalar ustidan nazoratini taminladi. Bundan keyingi siyosiy jarayonlarda Demokratik partiyaning ishtiroki yo‘q edi. Barcha islohotlar Respublika xalq partiyasi yetakchiligida amalga oshirildi. Ma`lumki, har bir siyosiy partiyaning tarixiy asosi va kelajakdagi vorisi bo‘ladi. Demokratik partiyaning tarixiy asosi Respublika xalq partiyasi bo‘lgan bo‘lsa, uning davomchilari ham birin – ketin vujudga kela boshladi. Ragip Gumushpala tomonidan tashkil etilgan liberal va konservativ g‘oyalarni targ‘ib etuvchi Adolat partiyasi (AP) Demokratik partiyaning vorisi sifatida faoliyat olib bordi. 1961 yildagi saylovlarda 34.8% ovoz bilan Respublika xalq partiyasi bilan birga Turkiya tarixidagi ilk koalitsion hukumatni tashkil etdi.

1961 yil 6 oktabrda MBQ va Vakillar majlisidan iborat Majlis tashkil qilinadi. Keyinroq esa Enver Ziyo Karal va Turhan Feyziog‘lu boshchiligida 20 kishidan iborat qo‘mita tuziladi va yangi konstitutsiya tuzish uchun harakatlar boshlanadi. Yangi tayyorlangan konstitutsiyada 1924 yilgi konstitutsiyadan farqli ravishda xalqchillik, davlatchilik va inqilobchilikka o‘rin berilmadi. 1961 yil 9 iyundagi referendum natijasida 1961 yilgi konstitutsiyani yoqlab 61,7 foiz ovoz yig‘ilgan bo‘lsa – da, ba’zi akademiklar va mutaxassislarning 40 foizga yaqini rad javobini berdilar va bu javobda jon borligini isbotlashga urindilar. Konstitutsiyaning jamiyatning muhim qatlami tomonidan qo‘llab – quvvatlanmaganligini bahona qilib ko‘rsatishdi. 1961 yilgi konstitusiya amalda 1924 yilgi konstitutsiyadan farq qilardi. U davlat va jamiyatdagi o‘zgarishlarni aks ettirardi, Siyosiy erkinliklardan foydalanish uchun (garchi cheklangan bo‘lsa – da) imkoniyatlar ochib, bir necha o‘n yilliklar davomida sodir bo‘lgan, fuqarolarning oddiy burjua huquqlari, albatta, borgan sari eskirayotgan edi. Yangi Konstitutsiya Turkiya Respublikasini siyosiy partiyalar va boshqa demokratik erkinliklarni barpo etish huquqini tasdiqlovchi, milliy demokratik, dunyoviy, ijtimoiy va huquqiy – davlat deb e'lon qildi. Shunday qilib, boshqaruv shaklini respublika, dunyoviy, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mustaqilligini, vakillik organlarining tanlanishini va o‘zgarishini tasdiqladi. Konstitutsiya chinakamiga demokratik emas edi, masalan, milliy ozchiliklarning muammolarini hal qilmagan edi, hammasidan oldin kurdlarnikini, siyosiy Islom va radikal turkchilikning huquqiy faoliyatiga yo‘l ochdi. Biroq, unda e'lon qilingan huquq va erkinliklar mamlakatning demokratik kuchlariga ayrim ijtimoiy va boshqa huquqlari uchun kurashish imkonini berdi. Unda alohida dunyoviylik tamoyillari sanab o‘tilgan: ta'lim olish huquqi, ibodat qilish huquqi o‘zining diniy his – tuyg‘ularini e'lon qilish yoki qilmaslik kabi. XIX asrda siyosiy va shaxsiy maqsadlar uchun diniy his – tuyg‘ulardan foydalanish ta’qiqlangan edi. Konstitutsiya ijro hokimiyatini kuchaytirib yubordi, TBMM tuzilishini o‘zgartirdi, eng muhimi, hozirgacha Konstitutsiyaviy sudiga noma'lum Turk qonunini berdi. Ayniqsa, Turkiya davlatining kapitalistik rivojlanishining davlatning iqtisodiy tamoyillari batafsil sanab o‘tdi va ijtimoiy – iqtisodiy tuzilishini shakllantirishda davlatning hal qiluvchi roli ekanini ko‘rsatib o‘tdi. Mulkchilik masalalariga, iqtisodiyotga davlat aralashuvi alohida bo‘limga berildi. 1961 – yilgi Konstitutsiyasining 36 – moddasida "har kim mulk egasi bo‘lish va meros huquqiga ega." deyilgan. Davlatning Iqtisodiy hayotga aralashuvidagi belgilanmagan cheklovlarni bu hujjat o‘z ichiga olmagan, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari, 53 – moddada belgilanganidek, "o‘zining iqtisodiy rivojlanish va moliyaviy manbalari ko‘lami"ga muvofiq keladi. Ijtimoiy – iqtisodiy hayotga davlatning keng aralashuvini e’tirof qilish – shubhasiz Turkiya rivojlanish darajasining klassik shakldan farq qilishidan dalolatdir, ya’ni o‘zida g‘arb burjua tizimini namoyish etgan. 1961yilgi konstitutsiyaning o‘ziga xosligi shundaki, Turkiya sharoitida ijtimoiy qatlamda byurokratiya va chinovniklarning barcha darajalarini qanaqa bo‘lganliklarini ko‘rsatib o‘tgan. Hujjat, shuningdek, davlat ma’muriyatining turli xil bosqichlari va davlat xizmatchilarining ma’qomi va javobgarligi haqidagidagi holatni ham o‘z ichiga olgan. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga davlat aralashuvi instituti 1961 yilgi mamlakat konstitutsiyasida, birinchi etatizmni himoya qilganlar, konstitutsiyaviy qoidalarni butun tizimida tarqatilishi edi. Mamlakatda 1961 yil 24 sentyabr Majlisga saylovlarga rasman to‘rtta partiya saylovoldi kampaniyani boshladi, qaysiki ishtirok etish uchun ruxsat etilgan nufuzli Xalq respublika partiyasi (JXP) va Adolat Partiyasi (Ap), va kam sonli – Yangi Turkiya Partiyasi (YTOP) va Respublika qishloq Milliy Partiyasi (RQMP). Boshqa partiyalarga saylovoldi kampaniyalarini tashkil qilish muvaffaqiyatsiz tugadi. Saylov natijalari JXP Milliy Assambleyada 173 o‘rin va faqat Senatda 36 o‘rin egallashini ta'minladi. Demokratik Partiyaning vorisi bo‘lgan Adolat partiyasi quyi palatada 158 o‘rin va yuqori palatada esa 70 o‘rinni egalladilar. Qolgan o‘rinlar esa, uzoq muddat mavjud bo‘lmagan va oqibatda boshqa partiyalarga qo‘shilib ketgan YTP va RQMP o‘rtasida taqsimlandi. Partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar uzoq muddatga koalitsion hukumatni shakllantirishga yo‘l qo‘ymadi. Prezident va boshqa rahbarlarni saylash bilan bog‘liq qiyinchiliklar paydo bo‘ldi. Faqatgina harbiylar aralashuvidan keyin J. Gursul Turkiya prezidenti etib saylandi, hukumat raisi lavozimiga JXP rahbari I. Inenyu tayinlandi. Harbiy elita va G‘arb hamkorlar nazorati ostida jamiyatni rivojlantirish yo‘llarini topish, sovuq urush sharoitida, o‘tkir ichki ziddiyatlar va tashqi nizolar kuchayib ketishi sharoitida sodir bo‘ldi. Siyosiy kurash urbanizatsiyaga ta’sir ko‘rsatish, mayda burjuaziya, ishchilarga bo‘lgan talabning o‘sishini, byurokratiyaning o‘z ta’sirini yo‘qotishidan qo‘rqishini, g‘arb tushunchalari va ommaviy madanaiyatning ta’siri ortishini, islomchilar reaksiyalarini kuchaytirib yubordi. Bu narsa 1960 yillardagi turk jamiyati holatini ifodalovchi rasm edi. 1964 yilda Gumushpala vafotidan keyin partiya rahbarligi Saadettin Bilgich va undan so‘ng Sulaymon Demerelga o‘tdi. 1965 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan Adolat partiyasi Inenyu boshchiligidagi hukumat o‘rnini egalladi. 52.9% ovoz bilan birinchi raqamli partiyaga aylandi. 1969 yildagi saylovlarda partiyaning ovoz olish darajasi tushgan bo‘lsada saylov tizimi o‘zgargani tufayli partiyaning parlamentdagi deputatlari soni ortdi. 1970 yilda partiyadagi ba`zi kelishmovchiliklar sababidan, shuningdek deputatlar va senatorlarning ovozi bilan Slaymon Demerelning ikkinchi hukumati ag‘darildi. Farrux Bozbayli boshchiligidagi Demokratik partiya tashkil etildi. Ko‘ppartiyaviylik tizimida hokimiyatda ikki partiya Respublika xalq partiyasi va Demokratik partiya vorisi Adolat partiyasi (1961 yil tuzilgan) mavjud edi. 1961 yilgi saylovda RXP ğalaba qozondi va hukumatni tuzdi. Muxolifat bu payt NATO va SENTO dagi ishtirokini qo‘llab quvvatlar edi. Chunki NATO nafaqat mudofa maqsadida balki G‘arb sivilizatsiya prinsiplarini yoyilishida erkin fikrlash demokratik institutlarni kengaytirish va himoya qilish kabi masalalarni o‘z ichiga qo‘shib qo‘ydi. RXP Turkiyaning Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo‘lish harakatlarini boshlab yubordi. 1961 – 1965 yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo‘li xususida keskin siyosiy kurashlar yillari bo‘ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Va nihoyat, 1965 yildagi parlament saylovida Adolat partiyasi g‘alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel bosh vazir lavozimini egalladi. Bu hukumat davrida harbiy harajatlarning yanada o‘sishi budjet taqchilligini keskin ko‘paytirib yubordi. U 1970 yilda 3,5 mlrd. lirani tashkil etdi. Davlat qarzi esa 72 mird liraga yetdi. 1965 yil 10 oktyabrdagi saylovda Adolat partiyasi ga`laba qozondi. Bu partiya bug‘doyning narxi ko‘tarilmasligini dehqonlarga va`da qildi, diniy qatlamning ko‘magi ostida kurd qabilasining qo‘llab quvvatlashiga erishilgan edi. 1966 yil martda prezident Gurselning betobligi tufayli uning o‘rniga yangi prezident etib AQSH va NATO bilan harbiy hamkorlik tarafdori bosh shtab boshlig‘i Jevded Sunay tayinlandi. 1965 yil oktabr oyida Sulaymon Demiril boshchiligidagi Adolat partaiyasi bir partiyaviylik hukumat bilan xususiy mulkchilikni shakllantirish va g‘arb kapitalini jalb qilishga harakat qildi. Adolat partiyasining 1965 – 1971 yillardagi hokimlik davri iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazardan Turkiyaning eng porloq davrlaridan biri bo‘lib tarixga kirdi. Bu davrda respublika iqtisodiyoti taraqqiy etdi, inflyatsiya tushdi va sanoatlashuv jarayoni tezlashdi. Qishloq xo‘jaligiga sarmoyalar ortdi, energetika masalalariga muhim ahamiyat qaratildi. Ancha mustaqil va erkin tashqi siyosat amalga oshirildi. 1960 yillarning oxirlarida butun dunyoda bo‘lganidek, Turkiyada ham talabalar harakatlari, ishchi mitinglari keng qanot yozdi. Bundan tashqari mamlakat ichki siyosatiga Amerikaning aralasuvi kuchaydi. Mamlakatning ham iqtisodiy, ham siyosiy sohalarida taranglik vaziyati yuzaga keldi. Bu jarayonlar natijasida mamlakat va Otaturk g‘oyalarining himoyachisi bo‘lgan armiya yana mamlakatning boshqaruv masalasida o‘z so‘zini ayta boshladi.

Harbiy to‘ntarishdan harbiylar xohlaganicha hukumat tuzilgan bo‘lsa ham kelishmovchiliklar hali ham tugamagan edi chunki harbiylarning ichida ham turli qarashdagilari mavjud edi. Masalan harbiy maktab boshlig‘i Ta’lat Aydemir bir necha bor 60 yillarda harbiy to‘ntarish qilishga harakat qiladi lekin buni boshqa harbiy tashkilotlar tomonidan to‘xtatib qo‘yiladi. Harbiy to‘ntarishni amalga oshirgan harbiylar hech qachon jazoga tortilmas edi. Ular nafaqaga chiquncha ishlar va nafaqaga chiqanidan keyin siyosiy partiyalarda o‘z faoliyatini davom ettirar edi. Harbiylarning o‘zaro bunday kelishmovchiliklari yana bir bor mamlakatda harbiy to‘ntarish bo‘lishini aniq qilib qo‘ydi.
Download 29,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish