Demografik ko‘rsatgichlar
3
Demografik belgilar (iste’molchilarning jinslari, yoshi, oilalaridagi a’zolar soni) yetarlicha qo‘llanilayotgan belgilar qatoriga kiradi. Bu ularga berilgan tavsiflarning hammabopligi, ularning vaqt jihatdan barqarorligi hamda ular va talab o'rtasida yaqin o‘zaro aloqaning mavjudligi bilan shartlanadi. Shunday qilib, yosh belgilari bo‘yicha turistik bozorning turlicha turistik mahsulot taklif etilishi lozim bo'lgan quyidagi segmentlarini belgilab olish mumkin: — o‘zlari hamda ota-onalari bilan sayohat qiluvchi bolalar (14 yoshgacha); — yoshlar (15—24 yosh); — asosan, oilalari (bolalari) bilan sayohatga chiquvchi, nisbatan yosh, iqtisodiy faol kishilar (25—44 yosh); — asosan, farzandlarisiz sayohat qiluvchi o‘rta yoshdagi iqtisodiy faol kishilar (45—60 yosh); — «uchinchi yosh» guruhiga kiruvchi turistlar (yosh va undan yuqori). Turizm bozorining muhim segmenti — yoshlar, shinamlik darajasi pastroq bo‘lgan joylashish, transport vositalarida arzon sayohat qilish, kechki dam olish (barlar, diskotekalar, diskussiya klublari, qiziqishlar bo‘yicha uchrashuvlar, lotoreyalar, konkurslar va boshqalar) kabilarni afzal ko‘radilar. Yoshlarning muloqot va o‘rganishga bo'lgan intilishlari hamda bo‘sh vaqtlarining ko‘pligi (masalan, ta’tillar) tufayli bu segmentga yuqori darajadagi turistik faollik xos bo'ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy belgilar —iste’molchilar segmentlarini ijtimoiy va professional mansublik, m a’lumotning umumiyligi hamda daromadlar darajasiga qarab ajratish (belgilash)ni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, iqtisodiy faol va faol bo'lmagan odamlarning turistik xulq-atvori (xatti-harakatlari)da katta farq mavjud. Professional mansublik bo‘yicha segmentlash turistlarni mutaxassisliklarga bog‘liq holda ko‘plab segmentlarga belgilash (ajratish)ni ko‘zda tutadi. Bu professional tarzda ixtisoslashgan turizmni (masalan, bank xodim lari uchun, qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari uchun, sanoatning turli xodimlari uchun turlar) tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.
Turistik xulq-atvorga (oila, oila boshlig‘i, oila biror a ’zosining) daromadlar darajasining ahamiyati (kuchli) ta’sir etadi. Iste’molchilar daromadi darajalarining standart tasnifi mavjud emas. Biroq shuni ham inobatga olish kerakki, turistik talab borgan sayin o‘rtacha yoki nisbatan past darajadagi daromadlarning ham turizmga jalb etilib borishlari hisobiga kengayib borayapti, chunki muhitni o‘zgartirish, sayohat qilishga bog‘liq bo‘lgan ehtiyoj — eng asosiy ehtiyojlardan biriga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |