6-Mashg’ulotga oid savollar savollar
1. Muomala odobining axloqiy asosi nimada?
Bilamizki hozirgi zamonda muomala madaniyati hayotning asosiy uzaglaridan biri hisoblanadi. Chunki insonlar bir biriga qanday muomala bilan murojat qilishi uni qanday tarbiya kurganidan darak beradi. Hozirgi zamonda bu haqda har hil iboralar, maqollar mavjud. Masalan yaxshi gap bn ilon inidan chiqadi, yomon gap bn pichoq qinidan. Bunday frazalardan juda kup. Inson bu hayotda ya'ni o'tkinchi hayotda bir biriga mehrli bulishi va hushmuomala bulishi darkor. Shunda hammasi joyida hech qanaqa muommo tug'ulmaydi. Bulsayam osonlik bn yechiladi va Hal qilinadi. Men shunday o'ylayman.
Ziyolilik va madaniyatlilik tushunchalari o'rtasidagi farqni izohlang.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko‘ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy, ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin. 2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra: 310 — shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish; — milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo'stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolar; — mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar; — umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bo‘lish mumkin.
Bugungi kun yoshlarining axloqiy dunyoqarashiga xos qadriyatlarni tushuntiring.
Hozirgi kunda ro‘y berayotgan ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar xulq-atvorning yangi ijtimoiy me’yorlari va andazalari paydo bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda. Madaniy-tarixiy qadriyatlar tizimining o‘zgarishi esa o‘z navbatida, insonning yetakchi qadriyatlari mazmun-mohiyatida aks etadi. Turli tizimlardagi odat va an’analarning to‘qnashuvlari natijasida vujudga keladigan ijtimoiy-normativ mavhumlik to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik, qonun va axloq, erkinlik va mas’uliyat o‘rtasidagi chegaralar buzilishiga olib keladi. Ideal olamning abadiy qadriyatlari bilan bir qatorda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan lokal “bir kunlik”, “yanglish qadriyatlar” paydo bo‘lmoqda. Hozirgi kun voqeligi shundayki, ma’lum geografik koordinatalarga ega konkret joyda istiqomat qilayotgan inson turli qutbli madaniy an’analar bosimini his qiladi. Ijtimoiy olamning aksiologik manzarasi bunday qarama-qarshi yo‘nalganlikni insoniyat tarixida ilk bor paydo bo‘lgani bois, “kim bo‘lmoq”, “qanday bo‘lmoq” tanlovi hudud va an’analardan holi ko‘rinishni qabul qilmoqda. Olamning aksiologik manzarasidagi o‘zgarishlar qadriyatlarni tadqiq etish muammosining dolzarblik darajasini oshiradi. Shaxs pedagogik-psixologik qadriyatlarining shakllanishi, rivoji va o‘zgarishlariga oid masalalar faylasuflar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, psixofiziologlar, pedagog va psixologlar diqqat markazidadir
Yoshlar axloqiy tafakkuriga tahdid soluvchi illatlarni ko'rsating.
XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera, ya’ni texnikaviy muhit paydo boldi, insoniyat «tabiat-jamiyat-inson-texnika» munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Texnika qudrati oshgan sayin unga moslashish, u bilan hamkorlik ham murakkablashib bormoqda. Avtomatlashtirilgan aqlli mashina bilan hamkorlik jarayonida ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarib bormoqda. Yaqin-yaqingacha inson texnikani nazorat qilardi, ammo u murakkablashib borgan sayin ishlash prinsipini tushunish qiyinlashib, harakatlarini bilish murakkab bo‘lib bormoqda. Kompyuter, mobil telefonlar paydo bo‘lganidan buyon inson jahldor va asabiy bo‘lib borayotgani tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanmoqda
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda qanday namoyon bo'ladi?
Axloqiy qadriyatlar turli xalqlarning madaniyati, turmush tarzi, mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, e’tiqodi, psixologiyasi, diniy qarashlari, milliy manfaatlari, mafkurasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu esa axloqiy qadriyatlar milliy, mintaqaviy qiyofa kasb etishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun turli xalqlarda axloqiy qadriyatlarga, ularni belgilash mezonlariga yondoshish, ularga amal qilish darajasi ham aynan bir xil bo‘lmaydi. Axloqiy qadriyatlarning milliy jihatlari ana shu tariqa shakllanadi. Har bir millat o‘z qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-avaylovchisi va kelajak avlodlarga yetkazuvchisi hamdir. Milliy axloqiy qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o‘zi mas’uldir. Ushbu mas’ullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan axloqiy burchning alohida shaxslarga emas, butun millatga xos namoyon bo‘lishini anglatadi. Hatto mustamlakachilik sharoitida yashagan xalqlarda ham milliy axloqiy qadriyatlar butunlay yo‘qolib ketmaydi
6. «Ommaviy madaniyat»ning g'ayriaxloqiy ko'rinishlari haqida gapiring.
Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (subyektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir. «Pop-art» chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e’zozlashadi; ma’naviy dunyoni emas, maishiy-iste’molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma’naviy pozitsiyasi - ma’naviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma’nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi.
Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida o‘rin tutadi. «Pop-muzika»ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», ta’bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda. Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngilochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqslar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib etadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy»liklarini ta’kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika» chilar san’atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi. «Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she’riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy she’riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma’naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.
Mutaxassislar «ommaviy madaniyat»ning kishini ijtimoiy muammolardan, jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan uzoqlashtirish, chalg‘itishga qaratilganini qayd etishadi. AQSHlik sotsiologlar R.Mitz va Leo Gurkolarning fikriga ko‘ra, ommaviy madaniyat kishilarda fikrlashni emas, balki siyqa, bema’ni, hayot realligidan uzoq syujetlar, miflar bilan yashashni shakllantiradi. Unda o‘ta sodda, siyqa qarashlar yangilik, badiiy-estetik kashfiyot sifatida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |