6-ma’ruza: windows, linux operatsion tizimlari reja: Windows operatsion tizimi Linux operatsion tizimi



Download 21,96 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi21,96 Kb.
#509842
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-MA’RUZA: WINDOWS, LINUX OPERATSION TIZIMLARI

REJA:
1. Windows operatsion tizimi
2. Linux operatsion tizimi

Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.


Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri
WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo.
Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha.
Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi.
WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.
Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin.
Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashuvi- Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.
Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo.
WINDOWS ishlatilgan holda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:

· protsеssor — Pentium-100 mgts va undan yuqori;

· tеzkor xotiraning hajmi — 16 Mbayt va undan katta;

· tizimning standart o‘rnatilishi uchun qattiq diskda (vin­ chеstеrda) 195 Mb bo‘sh joy bo‘lishi kеrak, lеkin tizim­ning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo‘sh joy zarur bo‘lishi mumkin;

· kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;

· monitor — VGA yoki undan ham yuqori aniqlikka ega bo‘lgan qurilma;

· kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi yoki o‘nga mos boshqa qurilma.

Agar kompyutеrda WINDOWS OT o‘rnatilgan bo‘lsa, u kompyutеr yoqilishi bilan ishga tushib kеtadi va natijada ekranda quyidagi ko‘rinish (5.1- rasm) paydo bo‘ladi:


WINDOWS ekranining asosiy qismlari:
ish stoli — asosiy soxa;
masalalar panеli («Pusk» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi qismida joylashadi.
Ish tugagach, sichqonchani «Pusk» tugmachasida bosib «Zavеrshеniе raboto‘» bo‘limini tanlash kеrak, hosil bo‘lgan savol-javob oynasida «Vo‘klyuchit kompyutеr» (Kompyutеrni uchirish) buyrug‘ini tanlab, «Da» (Ua) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik WINDOWS tizimiga o‘z ishini to‘g‘ri tugatish va vaqtinchalik fayl­larini bеrkitishi uchun imkon bеradi.
Windows OT versiyalari

Ishlab chiqarilgan yili

Nomi

So’nggi versiyasi

Qo’llab-quvvatlash tugallanish sanasi

Tizim ichki brauzerining so’nggi versiyasi

Oilasi

1985-yil 20-noyabr

Windows 1.0x

1.04 (1987-yil aprel)

2001-yil 31-dekabr

Tizim ichki brauzeri mavjud emas

MS-DOS uchun qobiq dastur

1987-yil 1-noyabr

Windows 2.0
Windows 2.1x

2.11 (1989-yil 13-mart)

2001-yil 31-dekabr

1990-yil 22-may

Windows 3.0

3.00a (1990-yil 31-oktabr)

2001-yil 31-dekabr[2]

1992-yil 18-mart

Windows 3.1

3.11

2001-yil 31-dekabr

Internet Explorer 5

1992-yil 1-oktabr

Windows for Workgroups 3.1

3.11 (1993-yil 31-dekabr)

2001-yil 31-dekabr

1993-yil 27-iyul

Windows NT 3.1

3.10.528 SP3 (1994-yil 10-noyabr)

2001-yil 31-dekabr

Windows NT

1994-yil 21-sentabr

Windows NT 3.5

3.50.807 SP3 (1995-yil 21-iyun)

2001-yil 31-dekabr

1995-yil 30-may

Windows NT 3.51

3.51.1057 SP5 (1996-yil 19-sentabr)

2001-yil 31-dekabr

1995-yil 24-avgust

Windows 95

4.00.950C (4.03.1214) (1997-yil 26-noyabr)

2000-yil 31-dekabr (as.) (Retail)
2001-yil 31-dekabr (SBL) (ext)

Internet Explorer 5.5

Windows 9x

1996-yil 29-iyul

Windows NT 4.0

4.00.1381 / SP6a SRP (2001-yil 26-iyul)

2002-yil 20-iyun (as.)
2003-yil 30-iyun (SBL)
2004-yil 31-dekabr (ext)

Internet Explorer 6

Windows NT

1998-yil 25-iyun

Windows 98

4.10.2222A (SE) (1999-yil 5-may)

2002-yil 30-iyun (as.)
2004-yil 31-mart (SBL)
2006-yil 11-iyul (ext)

Windows 9x

2000-yil 20-aprel

Windows 2000

5.0.2195 / 5.0 SP4 Rollup 1 v2 (2005-yil 13-sentabr)

2004-yil 31-mart (retail)
2005-yil 31-mart (SBL)
2005-yil 30-iyun (as.)
2010-yil 13-iyul (ext)

Windows NT

2000-yil 14-sentabr

Windows ME

4.90.3000 (2000-yil 14-sentabr)

2003-yil 31-dekabr (as.)
2004-yil 30-iyun (SBL) (Retail)
2006-yil 11-iyul (ext)

Windows 9x

2001-yil 24-avgust (RTM)
2001-yil 25-oktabr (sotuv)

Windows XP

5.1.2600.5512 SP3 (2008-yil 21-aprel)

2004-yil 30-sentabr (RTM)
2006-yil 10-sentabr (SP1/SP1a)
2008-yil 30-iyun (retail)
2009-yil 14-aprel (SP2/SP3 as.)
2010-yil 13-iyul (SP2)
2010-yil 22-oktabr (SBL)
2014-yil 8-aprel (ext)

Internet Explorer 8

Windows NT

2003-yil 28-mart

Windows XP 64-bit Edition

5.2.3790

2006-yil 25-iyul

2003-yil 24-aprel

Windows Server 2003

5.2.3790.3959 SP2 (2007-yil 13-mart)

2009-yil 30-iyun (RTM)
2010-yil 13-iyul (as.)
2015-yil 14-iyul (ext)

Windows Server

2005-yil 25-aprel

Windows XP Professional x64 Edition

5.2.3790.3959 SP2 (2007-yil 13-mart)

2008-yil 30-iyun (retail)
2009-yil 31-yanvar (SBL)

Windows NT

2006-yil 8-noyabr (RTM)
2007-yil 30-yanvar (sotuv)

Windows Vista

6.0.6001 / SP2 Build 6002 (2009-yil 25-may)

2010-yil 13-aprel (RTM)
2010-yil 22-oktabr (retail)
2011-yil 12-iyul (SP1)
2011-yil 22-oktabr (SBL)
2012-yil 10-aprel (as.)
2017-yil 11-aprel (ext)

Internet Explorer 9

2007-yil 16-iyul

Windows Home Server

5.2.4500 (2007-yil 16-iyul)

2013-yil 8-yanvar (ext)

Windows Server

2008-yil 27-fevral

Windows Server 2008

6.0.6002 / SP2 build 6002 (2009-yil 25-may)

2011-yil 12-iyul (SP1)
2015-yil 13-yanvar (as.)
2020-yil 14-yanvar (ext)

2009-yil 13-iyul (RTM)
2009-yil 22-oktabr (sotuv)

Windows 7

6.1.7601 / SP1 Build 7601 (2011-yil 22-fevral)

2013-yil 9-aprel (RTM)
2015-yil 13-yanvar (as.)
2020-yil 14-yanvar, 2023-yil 10-yanvar (ext)

Internet Explorer 11

Windows NT

2009-yil 13-iyul (RTM)
2009-yil 22-oktabr (sotuv)

Windows Server 2008 R2 yoki Windows Server 7

6.1.7601 / SP1 Build 7601 (2011-yil 22-fevral)

2015-yil 13-yanvar (as.)
2020-yil 14-yanvar (ext)

Windows Server

2011-yil 6-aprel

Windows Home Server 2011

6.1.8400

2016-yil 12-aprel (ext)

2012-yil 1-avgust (RTM)
2012-yil 4-sentabr (sotuv)

Windows Server 2012

6.2.9200 (2012-yil 26-oktabr)

2018-yil 9-oktabr (as.)
2023-yil 10-oktabr (ext)

2012-yil 1-avgust (RTM)
2012-yil 26-oktabr (sotuv)

Windows 8

6.2.9200 (2012-yil 26-oktabr)

2016-yil 12-yanvar (ext)

Windows NT

2013-yil 21-avgust (RTM)
2013-yil 17-oktabr (sotuv)

Windows Server 2012 R2

6.3.9600 (2013-yil 17-oktabr)

2018-yil 9-yanvar (as.)
2023-yil 10-yanvar (ext)

Windows Server

2013-yil 21-avgust (RTM)
2013-yil 17-oktabr (sotuv)

Windows 8.1

6.3.9600 (2013-yil 17-oktabr)

2018-yil 9-yanvar (as.)
2023-yil 10-yanvar (ext)

Windows NT

2015-yil 15-iyul (RTM)
2015-yil 29-iyul (sotuv)

Windows 10

21H1 (2021-yil 18-may)

2025-yil 17-oktabr (as.)

Microsoft Edge / Internet Explorer 11 (muvofiqlik uchun qoldirilgan)

2016-yil 29-sentabr (RTM)
2016-yil 12-oktabr (sotuv)

Windows Server 2016

1607 (10.0.14393) (2016-yil 26-sentabr)

2022-yil 11-yanvar (as.)
2027-yil 11-yanvar (ext)

Internet Explorer 11

Windows Server

2018-yil 14-avgust (RTM)
2018-yil 2-oktabr (sotuv)

Windows Server 2019

1809 (10.0.17763) (2018-yil 11-noyabr)

noma’lum

2021-yil 2-mart (RTM)
(hali sotuvga chiqmagan)

Windows Server 2022

Beta (2021-yil 2-mart)

noma’lum

2021-yil 24-iyun[3]

Windows 11

?

noma’lum

?

Windows NT

Download 21,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish