6-ma`ruza: Multimedia tushunchasi va vositalari. Reja: Multimedia tushunchasi tasnifi. Multimedianing texnik dasturiy vositalari



Download 1,08 Mb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#800770
  1   2
Bog'liq
6-maruza kril


6-ma`ruza: Multimedia tushunchasi va vositalari.
Reja:
1. Multimedia tushunchasi tasnifi.
2. Multimedianing texnik - dasturiy vositalari.
3. Ta'lim jarayonida mul'timedia texnologiyalaridan foydalanish.
4. KOMPYUTER Grafikasining turlari


Tayanch tushunchalar:Multimedia tushunchasi. Multimedianing texnik ta'minoti. Multimedianing dasturiy ta'minoti. Multimedia komponentlarini solishtirish. Multimedianing qo‘llanilishi. Media sohalar. Raqamli audio. Audio fayllar. Audio va videoni tahrirlash.

1.1. Multimedia tushunchasi tasnifi


Mul'timediya tushunchasi 90 yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning o‘zi nima degan savol tug‘iladi? Ko‘pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil kilishmokda. Mul'timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia (multimedia - ko‘p muxitlilik) - bu kompyuter texnologiyasiningturli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog‘liq soxasidir.
Multimedia foydalanuvchiga fantastik(virtual haqiqiy) dunyoni yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok yetadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo‘lib o‘tadi.
Multimedia - kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar, xatto videofilmlar bilan ishlashdir.
Multimedia
Multimedia- bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo‘lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani (multiplekatsiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi.
Multimedia amaliyotdagi ish tartibi - bu apparat-dasturiy muxit bo‘lib, kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir.1
Birinchidan - foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya'ni inson va kompyuter o‘rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilmni eslatadi.
Multimedia mahsuloti - tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulotdir.
Multimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o‘zida insonga tushunarli, ko‘p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) kombinatsiyasida xavola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko‘rsatilgan shaklda, ko‘chirib o‘tkaza oladi hamda ularning hohlagan kombinatsiyasini yarata oladi.
Undan tashqari multimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o‘zi dizayn bilan shug‘ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o‘z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin. Multimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy vositalarining rivojlanishi sabab bo‘ldi. Oxirgi yillarda kompyuterning tezligi va xotira qurilmalarning sig‘imi keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib, tashqi xotira qurilmalarining texnik ko‘rsatgichlari yaxshilandi. Multimedia texnologiyalarining rivojlanishiga videotexnika yo‘nalishi, lazer disklar, shuningdek yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni xosil qilish texnologiyalarining rivojlanishi katta xissa qo‘shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va saqlash maqsadida tez va samarali o‘zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi.
1.2. Multimedianing texnik - dasturiy vositalari
Multimedia vositalari- bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Тасвирларни яратувчи ва улар билан ишловчи воситалар
 рақамли фотоаппарат
сканерлар

1-расм. қўл сканери(а), барабанли сканер(б), планшетли сканер(в), рулонли сканер(г), проекцион сканер(д), лазерли сканер(е), 3D сканерлар(ж)
дигитайзерлар
Tasvirlarni ko‘rish va ular bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMaster lar kiradi.
Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalari
Ovozli fayllarni kompakt diskka yozish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, videokonferensiyalarni o‘tkazish, o‘yinlar o‘ynash, audio CD larni eshitish uchun ovoz platasi yoki audioadapter (audio - bu «ovoz», adapter esa -manbadagi ma'lumotni kompyuterga o‘tkazuvchi texnik qurilma) deb nomlanuvchi karta zarur bo‘ladi.Ushbu tovushni qayta ishlovchi tovush platasi, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar hamda audio ma'lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofon, ovozli kompakt-disk proigrыvatellari, ovoz kolonkalari va b. qurilmalarga ulanadi. Tovushplatasiga, shuningdek, magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar ham ulanishi mumkin
2-rasm. Audio adapter va uning bosh plataga ulanishi Video yozish va video tahrirlash vositalari Video bilan to‘laqonli ishlash uchun video ma'lumotni komp'yuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama videokarta zarur. Unga video kamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin.
Aksariat hollarda video elementlarni monitorda ifodalay olish yetarli bo‘ladi.
Shunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy komp'yuterda mavjud bo‘lgan video adapter va monitor yetarlidir.
3-rasm. Video adapter va uning bosh plataga ulanishi
Маълумот ташувчилар
CD-R(Compact Disc-Recordable - yoziluvchi kompakt disk), CD-RW (Compact DiskRewritable- 1000 martagacha qayta yozish mumkin bo‘lgan disk) - lazerli (kompakt) diskga 650 Mbayt (700 Mbayt) hajmdagi ma'lumotni yozish mumkin.
DVD (Digital Versatile Disk) disklar bir yoki ikki taraflama ma'lumot yozish imkoniyatini beradigan tarzda tayyorlanadi. Taraflari soniga qarab DVDlar DVD-5, DVD9, DVD-10, DVD-14, DVD-18 turlarga bo‘linadi va mos ravishda 5, 9, 10, 14, 18 Gb ma'lumotni saqlaydi.
HD DVD (yuqori aniqlikdagi raqamli universal disk) -DVD disklarga nisbatan yuqori aniqlik va hajmga ega. HD DVD disklar DVD disklarga qaraganda 5 marotiba ko‘proq axborotni saqlaydi. HD DVD disklardagi axborotlarbir qatlamli diskda 15Gb, ikki qatlamli diskda 30Gb ni tashkil qiladi.
Blu-ray Disc, BD (ingl. blue ray - xavorangnurva disc
- disk;) - optikdisktashuvchiformatibo‘lib,
raqamliaxborotlarnihamdayuqorianiqlikdagivideomateria
llarnikattazichlikdayozishimkoniniberadi. Blu-ray Disc
dagiaxborotlarnio‘qishdaqisqato‘lqinlilazer (405 nm)
danfoydalaniladi. Ushbudisklardagiaxborothajmibirqatlamlidiskda
25Gb, ikkiqatlamlidiskda 50Gbnitashkilqiladi.
Manipulyatorlar
Kompyuterni boshqarish uchun sodda, qulay va ommmabop bo‘lgan
qurilmalardan biri bu manipulyator (sichqoncha) hisoblanadi.

“Virtual borliq” vositalari


Virtual borliqqa kirishning eng oddiy yo‘li bu kompyuter ekrani hisoblanadi va bu borliqda sichqoncha, klaviatura, djoystik yordamida ishlash mumkin. Bulardan tashqari virtual borliqni yaxshiroq his etish uchun boshqa qurilmalarni ham ishlatish mumkin. Ular: Turli oynali ko‘zoynak - bu qurilma tasvirni ul o‘lchamda (hajmli) ko‘rishga yordam beradi. Bir muncha murakkabroq ishlaydigan ko‘zoynak ham mavjud bo‘lib, uning ishlash prinsipi quyidagicha: ekran orqali ko‘zoynakning bitta ko‘ziga tasvir yuboriladi, ikkinchisi esa qorong‘u bo‘lib turadi. So‘ngra tasvir keyingi ko‘zga o‘tadi, shu tarzda tasvir ketma-ket ko‘rsatiladi va ko‘zoynak ekranida uch o‘lchamli tasvir illyuziyasi hosil bo‘ladi.
Virtual borliq shlemi(Head Mounted Display) - o‘ylab topilgan virtual borliqni to‘liq his etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Tasvir hajmini ko‘rsatish uchun shlem ichida ikkita uncha katta bo‘lmagan ekran joylashgan bo‘lib, tasvir ham ikkiga bo‘linadi va ikkala ko‘z uchun alohida tasvir yaratiladi. Ushbu shlem 360 gradus sohadagi barcha tasvirlarni vizual ko‘rish imkonini beradi, hattoki bosh burilgan vaqtda mos ravishda tasvir joylashuvi ham o‘zgaradi.
5-расм. Виртуал борлиқ шлеми
А хборотли қўлқоп – виртуалл ик ошириш
мақсадида ишлатилувчи қўлқоп бўлиб, у ёрдамида
виртуал борлиқдаги предметларни ушлаш, суриш ва
ҳаракатга келтириш мумкин4
.
VR-костюм - виртуал борлиқнинг
энг тўлиқ тўпламли
қурилмасиҳисобланади. Тананинг барча
нуқталаридаги ҳаракатни кузатиб
борувчи кўпгина магнитли
сенсорлардан иборат комбинзон.
Multimedia tizimining dasturiy muhitini ham ikkiga bo‘lish mumkin: amaliy va ixtisoslashtirilgan. Amaliy dasturlar foydalanilayotgan yoki loyihalashtirilgan amaliy dasturlar.
Ixtisoslashtirilgan dasturlarga multimedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga grafik muharrir, videotasvir muharriri, tovushli axborotni xosil qilish va muharrirlash vositalari kiradi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish