6-ma’ruza mikroprotsessor vositasida boshqariluvchi tiristor o’zgartgichli elektr texnologik qurilmalarni ish rejimlari va tahlili



Download 425,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi425,78 Kb.
#799554
  1   2   3
Bog'liq
6 (6)



6-MA’RUZA 
Mikroprotsessor vositasida boshqariluvchi tiristor o’zgartgichli elektr texnologik 
qurilmalarni ish rejimlari va tahlili. 
Reja 
1.
Mikroprotsessor vositasida boshqarailadigon elektr texnologik qurilmalar. 
2.
Ularning ish rejimlari va boshqarish usullari. 
Elektr yuritmalarni mikroprotsessor(MP)li boshqarish raqamli dasturiy boshqariladigan 
dastgohlarda(CHPU), sanoat va transport robotlarida, avtomatik liniyalarda, metallurgiya, 
kimyo va mashinasozlik sanoatida keng qo’llaniladi. Elektr yuritmalarni mikroprotsessorli 
boshqarishning qator avfzalliklari bor:
-
Tizimni egiluvchanligi, yani dasturiy vositalar yordamida boshqarishning turli usullarini 
qo’llash mumkinligi; 
-
Rostlash aniqligini ta’minlay olishi; 
-
Real vaqtda ishlayotgan rostlagichlar parametrlarini o’zgartirish mumkinligi; 
-
Boshqarish xarakteristikalar chiziqli ko’rinishga o’tkazish mumkinligi va bu bilan chiziqli 
bo’lmagan funktsiyalarni ham ishlatish mumkinligi
-
Apparaturalarni unifikatsiyalash. 
Elektr yuritmalarni boshqarish mikroprotsessorli tizimni (MPS) faqat bir qismi holos. MPS 
quyidagi masalarni hal qilish uchun ishlatiladi: 
∙ traektoriyali masalalarni echish (RDB gastgohlari va sanoat roborlari); 
∙ elektroavtomatikani boshqarish; 
∙ boshqarish ob’ekt holatini xarakterlovchi datchiklar signaliga ishlov berish; 
∙ EY , quvvat o’zgartgichi va boshqa jihozlarni diagnostika qilish. 
Boshqarishni MPli vositalarini qo’llash analogli texnika elementlaridan butunlay voz kechish 
degani emas. Diskret va analogli qurilmalardan foydalanish ulushi tizimni texnik-iqtisodiy 
ko’rsatgichlari bilan belgilanadi(narhi, o’lchamlari, ishonchliligi va h.q.). Shuning uchun xozirgi 
payitda elektr yuritmalarda analogli-raqamli strukturaga ega bo’lgan EY tizimlari keng 
qo’llaniladi, bunda tokni rostlash konturi asosiy chegaralovchi qism hisoblanadi. Lekin to’la 
raqamli tizimdan iborat EYlar ham mavjud. 
14.1 - rasm. Mikroprotsessorli boshqariladigan elektr yuritmani sxemasi: 
Tiristorli o’zgartgichli o’zgarmas tok EYni raqamli dastueiy boshqarish tizimining sxemasi 14.1 
–rasmda keltirilgan. Sxemada asosiy funktsional uzellari quyidagilardir:
MikroEVM – mikroprotsessor MP; SIFU – impuls – fazali boshqarish tizimi; 


US – sinxronozatsiya qurilmasi; TP – tiristorli o’zgartgich; DST – tiristorlarni holati 
datchigi; IP – siljishning o’lchov o’zgartgichi; PPK – “siljish – raqamli kod” o’lchov 
o’zgartgichi; M – dvigatel; LPU – mantiqiy kommutatsiya qurilmasi; FSB – fazani siljituvchi 
blok; RI – impulslar regulyatori. 
Katta hajmdagi hisoblashlarni bajarish algoritmlari apparatli amalga oshiriladi. Ularga 
quyidagilar kiradi: tezlik kodini shakllantirish, tiristorlarni boshqarish ilpulslarining fazalarini 
siljitish, TP – tiristorli o’zgartgichni ajratib boshqarish. Boshqarishni quyidagi funktsiyalari 
dasturiy bajariladi: PPK – “siljish – raqamli kod” o’zgartgichini axborotlarini qabul qilish va 
ularga ishlov berish; N
u
boshqarish signal kodini hisoblash. Tezlik va holat konturlari (P, PI, 
PID) standart sozlash regulyatorli yordamida dasturiy boshqariladi. Dvigatel M ni boshqarish 
uchun reversiv tiristorli o’zgatgich TP qo’llanilgan. Ko’priksimon sxemali TP tiristorli 
o’zgartgich yaxshi dinamik ko’rsatgichlarga ega, qrama-qarshi ulangan tiristorlarni bir vaqtda 
ishlashini LPU – mantiqiy kommutatsiya qurilmasi va DST – tiristorlarni holati datchigi bartaraf 
etadi. SIFU – impuls – fazali boshqarish tizimi va US – sinxronozatsiya qurilmasi birgalikda TP 
– tiristorli o’zgartgichni boshqarish impulslarining fazalarini siljitib beradi.
US – sinxronozatsiya qurilmasi FSB – fazani siljituvchi blokka keluvchi raqamli kodni 
shakllantirib beradi. RI – impulslar regulyatori kuchlanish fazalari bo’yicha tiristorlarni ochilish 
impulslarini shakllantirib turadi. IP – siljishning o’lchov o’zgartgichi sifatida BE-178 
fotoelektrik datchik qo’llaniladi. Tezlik kodi N
c
ni hosil qilish uchun datchik signali PPK –
“siljish – raqamli kod” o’lchov o’zgartgichida ishlov beriladi, uning ishlash rejimi dvigatelni 
aylanish tezligiga bog’liq bo’ladi.
Mikroprotsessorli boshqariladigan elektr yuritmani 10
4
dan kam bo’lmagan rostlash diapazonini 
ta’minlab beradi va 20 dan 35 Gts gacha oraliqda ishlashni amalga oshiradi. 
SIFU – impuls – fazali boshqarish tizimini ishini tezkorligini oshirish uchun tashki qurilma, PT – 
dasturlangan taymer qo’llaniladi. Taymer bu ayrishga ishlaydigan hisoblagich bo’lib, uning 
boshlangich qiymati dasturiy yo’l bilan o’rnatiladi. Hisoblagichni ko’rsatgichi 0 bo’lganda uning 
chiqishida impulsli signal hosil bo’ladi va bu signal SIFUni ishlashga undaydi. 
Keng – impulsli o’zgartgich (SHIP) sxemasi 14.2 – rasmda keltirilgan. 
14.2 -rasm: Keng – impulsli o’zgartgich (SHIP) sxemasi. 
Keng – impulsli o’zgartgich - SHIP “Kod – impuls davomiyligi” interfeys moduli bilan
boshqariladi. Dvigatel valini siljish burchagi teskari aloqali fotoimpulsli datchik (FID) bilan 
o'lchanadi, uning impulslari soni burilish burchagiga proportsional bo'ladi. Datchiklar dvigatel 
valining bir aylanishiga 1000, 1024, 2000, 2048 va undan ortiq impulslar soniga ishlab 
chiqariladi. Bunday datchikni MP mikroprotsessor bilan bog’lash uchun MSID – interfeys aloqa 
moduli xizmat qiladi, uning yordamida datchikni impulslari soni mikroprotsessorni aloxida 
yacheykasiga joylashtiriladi. 
Qadamli dvigatelli EYni RDB sxemasi ko’rib chiqamiz.


14.3 -rasm: Qadamli dvigatelli EYni RDB sxemasi. 
Sxemada (14.3 -rasm) quyidagi belgilanishlar ishlatilgan: 
ML – magnit lenta; MG – magnit golovka; US – signal kuchaytirgichi;
SU SHD – qadamli dvigatelni boshqarish bloke; SHD – qadamli dvigatel; S – dastgoh ctoli; VP
- vintli uzatma. 
Dastgoh stoli xarakatining dasturi birlik impulslar ketma-ketligi ko’rinishida ML magnit 
lentaga yoziladi (unitar kod), axborot MG magnit golovka yordamida o’qiladi. Zamonaviy 
MPda dastur magnit diskka yoki boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yoziladi. Stol xarakati 
yo’nalishiga qarab impulslar US signal kuchaytirgichilarning kanallarini biridan SU SHD 
qadamli dvigatelni boshqarish blokiga keladi. Dvigatel impulslar komandasiga ishlov berib, VP 
vintli uzatma yordamida dastgoh C stolini u yoki bu tomonga xarakatlantiradi. Impulslar soni 
xarakat uzunligini, impulslar chastotasi esa – stolni siljish tezligini belgilaydi. Stolni boshqa 
yo’nalishdagi xarakati uchun shinga o’hshash alohida EY qo’llaniladi. 

Download 425,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish