Matnli bloklar Ko'pincha hujjatlar bilan ishlaganda qo'shimcha matnli bloklardan foydalaniladi. Ular to'g'ri to'rtburchakka yoki hujjatning ixtiyoriy chegarasiga joylashgan matn ko'rinishida bo'ladi. Umumiy galereyada bunday bloklar "Надпись" ko'rinishida belgilanadi. Tez-tez takrorlanadigan matn bo'laklarini matn bloklari ko'rinishida saqlash qulaydir . Hujjatga matnli blokni "Вставка" bandining "Текст" guruhidagi "Надпись" sohasi yordamida qo'yish mumkin.
12-rasm. Matnli blokni tanlash
Siz, ochilgan galereyada bir qancha har xil standart matnli bloklarni ko'rasiz. Ulardan biriga sichqoncha tugmasini bossangiz, natijada u hujjatga qo'yiladi.
Tayyor bloklarni tahrir qilish va qaytadan galereyada saqlash mumkin. Buning uchun tayyor blokli tugmacha yordamida matnni hujjatga kiriting, kerakli o'zgartirishlar bajarib, uni yangi element shaklida galereyada "Надпись" tugmasini bosib, "Сохранить выделенный фрагмент в коллекцию надписей" bandini tanlang va kerakli parametrlarni berib, saqlang. Agar siz yangi blokni eskisi bilan almashtirmoqchi bo'lsangiz u holda bloklarni saqlash oynasida uning avvalgi nomini, toifasini va kolleksiya nomini ko'rsating. Tayyor blokning nomini o'zgartirish uchun galereyada uni toping va unda sichqonchaning o'ng tugmasini bosing. Hosil bo'lgan kontekst menyudan "Изменить свойства" bandini tanlang va unga yangi nomni kiriting . Agar siz ixtiyoriy shakldagi matnli blokni galereyaga qo'shmoqchi bo'lsangiz, unda "Надпись" tugmasini bosing va "Нарисовать надпись" bandini tanlang. Matnli blokni chizing va unga matn kiriting. Keyin "Сохранить выделенный фрагмент в коллекцию надписей" buyrug'i yordamida blokni saqlang.
Hujjatlarni tasvirlash masshtabini boshqarish Asosan Word 2007 dasturida hujjatlarni tasvirlashda 100 foizli masshtab ishlatiladi. Bu qiymatni bir necha usullar bilan o'zgartirish mumkin. Bu usul faqat "Вид"bandining"Масштаб" guruhi orqali amalga oshiriladi."Масштаб" tugmachasi bir nomli oynani chaqiradi. Bu oyna hujjatni ko'ruvchi masshtabni o'rnatadi. Boshqa tugmachalar"Однастраница" va"Поширинестраницы" qayd etilgan masshtablarni o'rnatish uchun mo'ljallangan. Holat satrining o'ng qismida hujjatni tasvirlash va dinamik masshtabni o'zgartirishning qulay regulatori mavjud.