Suv ayirgichlarida trassalash. Suv ayirgichlardan yurish, temir yo`l tekislik hamda qisman baland-past tumanlarda ko`proq qo`llanilib, suv ayirgichlar chizig`i tekis va keng, rejada qulay ko`rinishga ega hamda otmetkalari nisbatan kam o`zgarib turadigan joylarda rejalashtiriladi. Geologik va gidrologik sharoitlar bunday suv ayirgichli chiziqlarda temir yo`l qurilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Suv ayirgich uchastkalardagi trassalar tuproq ishlari hajmi nisbatan kamligi, vodiyli yurishga nisbatan kamroq miqdordagi suv o`tkazish inshootlari, trassa suv ajratish chizig`i bo`yicha yotqizilganida, ular umuman bo`lmasligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |