2. Emulsiyalar hosil qilishda emulgatorlar qanday rol o‘ynaydi ?
Kolloid sistemalar kabi bu yerda ham barqaror emulsiyalar hosil qilish uchun boshqa moddalar ishtirok etishi zarur, bunday moddalar mayda tomchilar sirtiga adsorbilanib, yana o‘zaro urilib, qo‘shilib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Stabilizator, ya’ni emulsiyalarni barqaror qiluvchi modda emulgator deb ataladi Ko‘pgina emulgatorlar sirt – aktiv moddalar bo‘ladi, ya’ni ular har ikkala suyuqlik chegarasidagi sirt tarangligini kamaytiradi. Buning natijasida emulsiya hosil bo‘lishi ancha yengillashadi, chunki bunda ma’lum sath hosil qilish uchun kam ish sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, emulgatorlar tomchilari qo‘shilib ketishiga qarshilik qiluvchi, mexanik jihatdan mustahkam himoya qobig‘ini hosil qilishi zarur. Ba’zan himoya qobig‘i yuqori dispers qattiq modda kukuni zarrachalaridan hosil qilinadi, lekin ular ko‘pincha yuqori molekulyar birikmalarning iviqsimon pardasidan iborat bo‘ladi.
Konsentrlangan emulsiya hosil qilish uchun ko‘proq miqdor emulgator qo‘shish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |