2.2. Ishni bajarish tartibi
Tayanch 1 ga (6.1-rasm) tarelka 7 qo’yiladi, unga tajriba o’tkazilayotgan prujina o’tkaziladi. Prujina ustidan tarelka 7 o’rnatilib, vint 4 dagi gayka 5 buraladi. Sinashdan avval dinamometrning shkalasi tekshirib ko’riladi. U "0" ga qo’yilgan bo’lishi kerak.
Prujinani vintga o’rnatilgan trapesiyasimon shakldagi tishli gayka yordamida qisamiz. Silindrik prujinaning ishini aniqlash uchun dinamometr 2 dan foydalanamiz, u cho’zilishga 5 ishlaydi (Masalan, dinamometrning 0, 200, 400, 600, 800, 1000). Dinamometrning har bir qiymatlarida qisilish o’lchash lineykasi orqali o’lchanadi. O’lchashlar dinamometrning har bir qiymatida uch proyeksiyada (taxminan 1200 burchak ostida). Olingan natijalar 6.2-jadvalga kiritiladi va uning o’rtacha qiymati aniqlanadi. Qisish o’lchov birligi lineyka 8 bilan mm da aniqlanadi. Prujinaning qisish kuchi esa dinamometr bilan aniqlanadi; kgs da.
Prujinaning geometrik parametrlari:
D – prujina simining gorizontal diametri; mm;
nv – ishchi o’ramlar soni; (dona);
D – prujinaning tashqi diametri (mm).
6.1-jadval
Lokomotiv
|
Prujina
|
Simning diametri, mm
|
Prujina diametri, mm
|
O’ramlar soni,
dona
|
Ozod turgan holatidagi balandligi, mm
|
Statik yuklama, H
|
Bikirligi,
H/mm
|
Statik
egilishi, mm
|
TE3,2TE10L, TE7
TEP60,
TEP70
2TE116,
2TE10V
TEP70
|
Bittalik
Oxirgi
O’rtacha Tashqi
O’rtacha Ichki
|
40
38
38
36
23
16
|
200
205
185
224
193
136
|
4.5
6.5
5.5
5.5
–
–
|
236
394
305
397
369
349
|
43000
46000
46000
30900
11000
5650
46000
|
1070
490
840
245
87
45
827
|
40
94.3
55
126
126
126
57
|
6.2-jadval
O’lchamlar №
|
F, kgs
|
0
|
200
|
400
|
600
|
800
|
1000
|
L1, mm
|
|
|
|
|
|
|
L2, mm
|
|
|
|
|
|
|
L3, mm
|
|
|
|
|
|
|
Sr
qiymat
|
|
|
|
|
|
|
Hisob ishlarini bajarish tartibi
Jadvaldagi ma'lumotlar asosida quyidagi formula yordamida prujina amortizatorining bikirligini aniqlaymiz:
J1=d4G/8PrD, (6.6)
Jumum=(J1+J2+J3+J4+J5)/5 (6.7)
bu yerda: d – prujina o’ramining diametri;
D – prujinaning tashqi diametri;
G= MPa–po’lat uchun siljish moduli.
6.1-rasm. Silindr prujinaning bikirligini aniqlash qurilmasi.
1-tayanch; 2-dinamometr; 3-ilgak; 4-vint; 5-gayka; 6-prujina; 7-tarelka; 8-lineyka.
3. Hisobot tarkibi
Ish natijasi hisobot bilan rasmiylashtirilib, unda ishning maqsadi va tarkibi, prujinaning bikirligini aniqlash uchun stendning sxemasi keltiriladi. Rasmiylashtirilgan va imzolangan hisobot o’qituvchiga tekshirish va himoya uchun taqdim etiladi.
4. Nazorat savollari
4.1. Prujinalarning qanday turlari mavjud?
4.2. Prujinalarning turini tanlab olish nimaga bog’liq?
4.3. Lokomotivning harakatlanishida prujinali osma qanday ishlaydi?
4.4 Prujinaning bikirligi qanday aniqlanadi?
6.2-rasm. Prujinaning bikirligini aniqlash stendining umumiy ko’rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |