TOPSHIRIQ:
Aylanma aktivlar tarkibini shakllantirish. Aylanma aktivlar hisobini avtomatlashtirish asoslari bilan tanishing.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
“TMZlar” bo‘limi
“Bo‘linmalar” ma’lumotnomasi. Bu ma’lumotnomaga ma’lumotlar korxonada har xil bo‘limlar, sex, bo‘linmalar va hokazolar bo‘lsa, va ularni taqsimlash zaruriyati bo‘lsa to‘ldiriladi. Masalan, “Sex №1”, “Savdo-sotiq bo‘limi” va hoqazo. Ma’lumotnomada guruhlar va podgruppalar yaratish imkoniyati bor. Yangi bo‘linmani qo‘shish uchun “Ma’lumotnoma: Bo‘linmalar” oynasida “Yangi element qo‘shish” tugmachasini bosing.
O‘ng oynada yangi satr qo‘shiladi. “Kodi” grafasi avtomatik tarzda to‘ldiriladi, “Nomlanishi” grafasida bo‘limning nomlanishini qo‘lda kiriting.
“Tovar-moddiy zaxiralar” ma’lumotnomasi.Bu ma’lumotnomada ma’lumotlar tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi bo‘yicha kiritiladi.
Keraklik payti TMZ ma’lumotnomasiga “AV/NMA” ma’lumotnomasiga guruh qo‘shganga o‘xshab, guruh qo‘shiladi.
“TMZ” ma’lumotnomasini oching.
Panelning chap tarafidagi oynasida TMZning kerakli guruhini tanlang, “Yangi element qo‘shish” tugmachasini bosing. “Tovar-moddiy zaxiralar” oynasi ochiladi.
Maydonlarni to‘ldiring:
Kodi Avtomatik tarzda to‘ldiriladi Nomlanishi Oq mato (qo‘lda to‘ldiriladi)
Turi Material (ma’lumotnomadan tanlanadi)
Hisobga oluvchi schyot (1010) Xom-ashyo va materiallar (ma’lumotnomadan tanlanadi)
O‘lchov birligi metr (ma’lumotnomadan tanlanadi)
“Saqlash” va “OK” tugmachasini bosing.
“Saqlash joyi” ma’lumotnomasi.Ma’lumotnomaga tovar-moddiy zaxiralari saqlash joyi bo‘yicha kiritiladi. Masalan, “Ombor №1”, “Ombor №2” va hokazo.
“Ma’lumotnoma: Saqlash joyi” oynasiga yangi element qo‘shing.
“Saqlash joyi” oynasida maydonlarni to‘ldiring:
Kodi Avtomatik tarzda to‘ldiriladi Nomlanishi Ombor №1 (qo‘lda to‘ldiriladi)
MJSh “Xodimlar” ma’lumotnomasidan xodim tanlanadi
“Saqlash” va “OK”ni bosing.
“O‘lchov birligi” ma’lumotnomasi. Bu ma’lumotnoma tizimli elementlardan iborat. Kerakli o‘lchov birligi ro‘yxatda mavjud bo‘lmasa, yetarsiz elementni qo‘shish mumkin. Buning uchun “Ma’lumotnoma: O‘lchov birligi” oynasida yangi element qo‘shing.
Ro‘yxatda yangi satr yaratiladi. “Kodi” grafasi avtomatik tarzda to‘ldiriladi. “Nomlanishi” grafasida o‘lchov birligini qisqartirilgan nomini qo‘lda kiriting. “To‘liq nomi” grafasida to‘liq nomini qo‘lda kiriting. Satrni mustahkamlash uchun hamma grafalarni kiritib bo‘lganingizdan keyin “Enter” tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |