6-LABORATORIYA ISHI: TARMOQNI SOZLASH. TIZIMNI
BOSHQARISH.
Lokal tarmoqni sozlash.
Lokal hisoblash tarmog'i kompyuterlarni bir bir joyga to'plagan holda ularning
o'rtasida ma'lumot almashishini, ularni bir chop etish qurilmasiga ulanishini va
internetg a ulanishini ta'minlab beradi. Biz ushbu mavzuda Lokal hisoblash tarmoqni
sozlashni ikki aspektini ko'rib chiqamiz: qurilmalarni sozlash va dasturiy ta'minotni
sozlash.
Qurilmalarni sozlash. Har bir tizimda yoki lokal hisoblash tarmog'ining uzellarida
tarmoq platalaridan iborat bo'ladi NIC (network interface card). Har bir tarmoq
platalari tarmoqqa kabel yoki simsiz ulanish vositasida ulanadi, ikkala holatda ham
har bir tizim markaziy hub ga ulanadi. Agar tarmoq, masalan internetga ulangan
bo'lsa, unga router yoki gateway kerak bo'ladi.
Kopmyuterlarni ulash. Hozirgi kunda lokal hisoblash tarmog'i bazasidagi
zamonaviy ethernet tarmoqlari, kompyuterlar yoki markaziy uzel bilan ulanishga
ega. Uzellar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: passiv (hub) va kamutativ (switch). Passiv
ulanishda (hub) barcha tizimni birgalikda ulab, barcha tizim uchun ma'lumot uzatish
tezligi bir xil bo'ladi. Switch orqali ulanganda har bir tizimning o'zining routeri
ma'lumot uzatish qobilyatiga qarab moslashadi. Quyuda oddiy 4 ta kompyuterning
bitta hub orqali ulanishi ko'rsatilgan (5.1-rasm). Ushbu ulanish passiv holatda
ulangan.
Tizimni sozlash. Apparat ta'minotni sozlab bo'lgandan keyin, har bir tizim tarmoqqa
ulangan tarmoq adapteri haqida ma'lumotga ega bo'lgan holda sozlanishi kerak.
Odatiy holda Fedora OT tarmoq menegerini, tarmoq adapterlari haqida ma'lumot
olish uchun ishlatadi.
Tarmoq adapterni haqida, tizim quyidagi ma'lumotlarni bilishi kerak:
tarmoq IP addresi;
tarmoq maskasi, IP address uchun;
asosiy marshutizator IP addressi;
DNS tizimi IP addresslari;
Tizimning tarmiqdagi nomi hostname;
Tarmoq menegeri appleti. Fedora OT da tarmoq menegeri appleti ishchi oynaning
panelida o'ng yuqori qismida joylashgan bo'ladi.
Tarmoq menegeri appletini ustiga ikki marta bosish orqali tarmoq menegeri menyu
oynasi ochiladi, ushbu menyuda tarmoqni yoki simsiz tarmoqni yoqib/o'chirib
qo'yish mumkin.
Tarmoq menegeri appletini menyusidagi edit connection oynasini tanlab ikki marta
bosish orqali the network connections window oynasi ochiladi. Alternativ tarzda
terminal oynasida nm-connectioneditor komandasini terish ochmoqchi bo'lgan
oynamizni chaqirib olishimiz mumkin.
Tarmoqqa ulanish oynasida simli, simsiz va boshqa tarmoq ulanishlarni sozlash
imkoniyatini beruvchi ilova mavjud. Tizim yangi tarmoq qurilmasini
indentifikatsiya qlib, sozlashlarni amalga oshirgandan keyin, ushbu oynada
tarmoqning sozlanmalarini o'zgartirish mumkin bo'ladi. O'zimizning tarmoq
qurilmamizni sozlanmalarini o'zgartirish uchun edit oynasini belgilaymiz . nm-
connection-editor komandasi edit oynasini ochib beradi. IPv4 sozlanma oynasida
DHCP orqali avtanom tarzda IP sozlash yoki o'zimiz tomondan ma'lum bor
oralqidagi IP addres sozlanmalarni amalga oshirgan holda ulanishni tanlash
mumkin.